O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti,,Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti Fuqaro va sanoat binolari arxitekturasi fanidan
Download 1.3 Mb.
|
Hayitova S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: Xayriddin Nizomov
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi Qarshi Davlat Universiteti Ijtimoy fanlar fakulteti Tarix 2-mutaxassislik 2-kurs 3-guruh talabasi Hayitova Sevaraning O’zbekiston madaniyati va san’ati fanidanMUSTAQIL ISHIMavzu: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK MINIATYURA SAN’ATITekshirdi: Xayriddin NizomovREJA: 1.Miniatyura san’atining vujudga kelish tarixi 2. Sharq miniatyurasining mashhur namoyondalari 3. Mustaqillik yillarida miniatyura san’atining rivoji 4. XXI asr o’zbek miniatyurasiMiniatyura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham Miniatyura atamasi qoʻllanadi.Badiiy miniatyuraning kitob va portret miniatyurasi kabi sohalari keng tarqalgan. Kitob miniatyurasida rasmlar rangli qilib tempera, guash, yelim, akvarel va boshqa boʻyoqlar bilan qoʻlda bevosita qoʻlyozma kitoblar varaklariga ishlanib, undagi naqshlar shu kitoblarning bezaklari bilan uygʻunlashgan. Miniatyura qadimdan maʼlum boʻlgan. Qadimiy Misr papiruslariga xira boʻyoqlar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilib rang tasvir usulida ishlangan. Antik davr miniatyuralar (IV-VI asrlar) shakllar va nurhavo holati toʻgʻri berilganligi bilan diqqatga sazovor. Bu usul Vizantiya miniatyurasi (diniy qoʻlyozmalar)da X asrgacha hukm surgan. XIII-XV asrlar gotika miniatyurasida naturani haqqoniy ifodalashga intilish kuchaydi, rasmlar matn bilan izohlandi, shakllar jonlandi, manzara, interyer, meʼmoriy hoshiyalarga keng oʻrin berildi. Fransiyada yirik miniatyura ustalaridan A. Bonevyo, Jakmar d’Edenlar samarali ijod qildi. Oʻrta asrlar gʻarb miniatyurasi mahalliy maktablarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Miniatyura qoʻlyozma kitoblarning moʼjaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida XII-XIII asrlarda Sharqda keng tarqalgan. Avval ilmiy qoʻlyozmalar -tabobatga oid Dioskoridning "Dorilar" risolasining arab tiliga tarjimasi, Abu Rayhon Beruniyning "Osar ul-boqiya" -"Oʻtmishdan qolgan yodgorliklar", Qazviniyning "Nujum" - "Yulduzlar" , keyinchalik badiiy asarlar -Haririyning "Maqomot", "Kalila va Dimna", "Tarixi Tabariy" kabi asarlarga rasmlar ishlangan. Badiiy adabiyot, asosan, epik sheʼriyat — masnaviy, dostonlar jumladan, Firdavsiyning "Shohnoma“, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiyning “Xamsa"lari, Jomiy, Saʼdiy, Hofiz Sheroziylarning qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan miniatyuralar alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musavvir sifatida Sharqda Moniydan soʻng Junaid Bagʻdodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, Gʻiyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhur. XIV asr oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyinchalik u Hirot miniatyura maktabinmng shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan. Amir Temur qurgan bogʻlardagi koʻshklar ham devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar saroylarida alohida kutubxonalar tashkil etilib, u yerda mohir xattot va kitobat ahli, jumladan, musavvirlar ham faoliyat koʻrsatgan. Mirzo Boysungʻur kutubxonasida 40dan ziyod xattot, 70 dan ortiq musavvirlar ijod qilgani maʼlum. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida ham kitobat sanʼati va miniatyura taraqqiyotiga katta eʼtibor berilgan. Temuriylar, Shayboniylar, Boburiylar davri miniatyura asarlari jahonning eng nufuzli muzey, kutubxona va shaxsiy toʻplamlarida saqlanadi. Kamoliddin Behzod (1455 -1535) - 1468 yildan 1506 yilgacha Hirotda ishlagan va Hirotning yirik rassomchilik maktabi ustalaridan biri bo‘lgan fors rassom-miniatyurachisi. G‘arbda “Sharq Rafaeli” deb tan olingan. Behzod qiziqarli ijodiy hayot kechirdi. U ko‘plab yozuvchi va shoirlarning kitobiga bezak solgan. Uning miniatyuralari Chester Beytining Londondagi kutubxonasida saqlanadi, Amir Temurning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Ali Yazdining “Zafarnoma” asariga chizilgan 8 ta miniatyurasi milliy kutubxonada saqlanadi.Behzodning ko‘plab illyustratsiyalari Navoiy, Nizomiy asarlariga yaratilgan. U, shuningdek, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, shoirlardan Xotiriy, Jomiylarning portretlarini chizgan. Uning sahnaviy janrdagi suratlarida Navoiy va Bobur kabi shoirlarning tasvirini uchratish mumkin.Kamoliddin Behzodning tasviriy san’at dunyosining rivojlanishiga hissa qo‘shgan betakror bo‘yoqli asarlari hanuz dunyoni hayratga soladi. Buyuk rassom tomonidan yaratilgan asarlar ko‘plab san’at namoyondalari uchun har doim ilhom manbai va o‘rnak bo‘lib xizmat qilgan. Sulton Muhammad, Qosim Ali, Mavlono Darvesh Muhammad kabi rassom-olimlar Sharq miniatyura maktabi rivojiga munosib hissa qo‘shishgan. Kamoliddin Behzod ijodi nafaqat milliy san’atimiz rivoji, balki xalqimizning keyingi ma’naviy taraqqiyotida ham muhim o‘ringa ega bo‘ladi. XX asrning 80-yillarida O’zbekiston madaniy hayotida shonli sana bo’lib qoldi. Tasviriy san’atning yangi turi toshqog’ozdagi lokli miniatyura rangtasviri yuzaga keldi.Xalq san’atining barcha turlarini saqlash, rivojlantrish va tiklash maqsadida O’zbekistan Rassomlar uyushmasining badiiy fondi tomonidan tashkil qilingan xalq san’ati ustalarining “Usto” birlashmasida badiiy bezaklar eksperimental ilmiy-ishlab chiqarish ustaxonasi ochildi. Ustaxonaga dastlab Niyozali Xolmatov, so’ng O’zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov rahbarlik qildi. Yosh ustalarning dastlabki lokli miniatyura asarlari paydo bo’ldi. Biroq bo’yoq tayyorlash va undan foydalanish jarayoni, bo’yoqning zarur komponentlari va erituvchilarini aniqlash, zarhal bezaklar siri noma’lum edi.Yanada aniqrog’i tasviriy san’atning yangi turiyuzaga kelgani haqida emas balki asli bo’lgan turi tiklangani haqida gapirish zarur. Mustaqillik yillarida o’zbek amaliy san’ati jumladan miniatyura san’atiga e’tibor kuchaydi. Bir qancha miniatyurachi rassomlar guruhi shakllandi. Shulardan biri miniatyurachi rassom Bahodir
Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling