O`zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti


Download 253.63 Kb.
bet1/4
Sana03.04.2023
Hajmi253.63 Kb.
#1322972
  1   2   3   4
Bog'liq
Azambek Kurs ishi



O`zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi
Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti

Muhandislik Qurilish Infrastruktura fakulteti


Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari
texnologiyasi kafedrasi
47-19 guruh talabasi
Qum va shag’al to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonasini loyihalash mahsuldorligi 27 ming m3
Tushuntirish xati

Rahbar _________________


_______________________
Toshkent - 2023
Kirish
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari vaezgu g’oyalari bilan bugunmamlakatimizning barcha shahar vatumanlarida keng ko’lamdagi qurilish – bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlariningjadallik bilan olib borilayotganligi, qurilishtarmog’i va hajmi yil sayin rivojlanibborayotganligi sohani yanada taraqqiyettirishni taqoza etmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirzoyoyevning 2022-yil 20-fevraldagiPQ-4198-sonli “Qurilish materiallarisanoatini tubdan takomillashtirish vakompleks rivojlantirish chora-tadbirlarito’g’risida”gi qarori qurilish materiallarisanoatini boshqarish tiziminingsamaradorligini oshirish, mahalliy homashyoni chuqur qayta ishlashni tashkiletishni rag’batlantirish, ilg’ortexnologiyalarni joriy etish va eksporthajmini kengaytirish, tarmoqqainvestitsiyalarni jalb qilishga qaratilganbo’lib yuqoridagi so’zimizning yaqqolmisoli bo’la oladi.

Hozirgi kunda dunyoda eng rivojlanayotgan sohalardan biri bu qurilish sohasi desak, adashmagan bo`lamiz. Ushbu ma`lumotni asoslash o`rnida, jahon yalpi ichki mahsulotining 15 foizi qurilish infratuzilmasining barqaror rivojlanishiga berilgan ahamiyatini keltirsak bo`ladi. Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va undagi investitsiyalarni boshqarish, hamda takomillashtirish bo'yicha butun dunyo bo'yicha keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda.


Qurilish sohasi bo`yicha nafaqat butun dunyo balki, yurtimiz O`zbekiston Respublikasi ham jadal rivojlanib bormoqda, ayniqsa, beton va temir-beton mahsulotlari bo`yicha yangidan -yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Mustaqillik davrlarida yurtimizda aholi sonining ko`payishi natijasida turar-joy binolari, sanoat hamda jamoat binolariga bo`lgan talab yanada ortdi. Buning natijasi o`laroq shaharda qurilish sur`atini ko`payishi ham avj oldi. Qurilish materiallari, beton va temir-beton mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish ham o`z o`rnida zarur edi. Davlat ma'muriyati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan birgalikda qurilish materiallarini ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirish bo'yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Buning amaldagi tadbiqi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 20 fevraldagi "Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4198-sonli qarorini ko`rishimiz mumkin.
Bundan tashqari, mazkur qaror bilan Respublika iqtisodiyot va sanoat vazirligiga yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish, ichki bozorni mahalliy qurilish materiallari bilan to'ldirish va ularni eksport qilish geografiyasini kengaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.
Mustaqillikdan oldingi davrga nazar soladgan bo`lsak, beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqaruvchi il korxonalar tashkil etilganligini guvohi bo`lsak bo`ladi. "1-sonli temir-beton buyumlar" temir-beton buyumlarining birinchi zavodlaridan biri 1948-yilda tashkil etilgan bo'lib, u 1962-yildan keyin Toshkent IESni qurish uchun beton-ohak bloki sifatida qayta ishlangan. Temir-beton buyumlar fabrikalaridan yana biri 1952-yilda foydalanishga topshirilgan - "2-sonli temir-beton buyumlar zavodi" tashkil topgandan boshlab O'zbekistonda mahalliy iqtisodiyot uchun tayyor temir-beton buyumlar ishlab chiqarishni boshladi.
1966 yildagi voqealar temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarishga, hamda, turar-joy binolarini qurishga bo`lgan talablarni yanada orttirdi.
Uy joysiz, boshpanasiz qolgan aholiga qisqa fursat ichida turar-joy binolari hamda sanoat binolari qurish kerak edi. Buni amalga oshirish uchun imkon qadar ko`p qavaqtli binolar qurilishini tashkil etish lozim edi. Shu bilan bir qatorda barpo etiladigan binolarga bo`lgan mustahkamlik talabi ham yuqori qilib belgilangan edi. Beton hamda temir-beton mahsulotlariga bo`lgan talablar yuqori bo`lganligi sababli, ularnig musthakamligini oshirish bilan bir qatorda, ularning vazni ham oshgan edi. Yuqori qavatli binolarni barpo etishda mustahkam orayopmalar, stropil balkalarga bo`lgan talab ham ortib bordi. Sanoat binolari uchun temir-beton stropil balkalari ishlab chiqarishda 1.462.1-3/89 seriyasi bo`yicha ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi kunda ham ushbu seriya hamda GOST 20372-2012 ga asoslangan holda ishlab chiqariladi. Temir-beton stropil balkalar ikki xil turda ishlab chiqariladi: Ikkinishabli storopil balkalar hamda Bir nishabli storopil balkalardir.
Ko`p qavatli sanoat hamda turar-joy binolari uchun beton va temir-beton ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tsexlarga bo`lgan talablar oshgandan so`ng ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar ham ortib bormoqda. Agar oldin yirik korxonalar eksportidan oladigan valyuta tushumlarining 50 foizi markaziy bankga sotilgan bo‘lsa, endilikda ushbu valyuta tushumining to‘liq summasi korxona ixtiyorida qoldiriladi. Bu korxonada qo‘shimcha valyuta mablag‘lari shakllanishi, korxonani texnik va texnologik qayta jihozlash, faoliyatini yanada kengaytirish, zarur import xomashyosini sotib olish hamda banklar oldidagi valyuta qarzdorligini qaytarish imkonini beradi.
Hozirgi rivojlangan sharoitda zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish iqtisodiyotidagi istiqbolli yo`nalishlardan biridir. Har yili aholi sonining oshishi yangi turar-joy hamda sanoat binolariga bo`lgan talabni oshirmoqda.
Ayrim qurilish materiallarining kamchiliklari, sifat nazorati yo`qligi, qo`yilayotgan talablarga javob bermasligi yangidan yangi, har tomonlama ilg`or jahon standart talablariga javob bera oladigan zamonaviy qurilish materilallarini ishlab chiqarishga undamoqda. Bunda ularga qo`yiladigan asosiy talablarga: yuqori mustahkamlik, chidamlilik, ekologik toza mahsulotlik talabi, yong`inga chidamlilik hamda, kiyo va biologic ta`sirlarga bardoshlilk va eng asosiysi qimmat bo`lmagan tannarx kiradi.
Shu bilan bir qatorda zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, ularni rivojlantirish bilan bir qatorda qurilish usuli ham rivojlanib bormoqda. Temir-beton mahsulotlaridan foydalangan holda qurilishning hozirgi davrda ikki xil usuli mavjud bo`lib, ular: zavodlarda ishlab chiqarilgan va keyinchalik qurilish maydonchalariga o'rnatilgan temir-beton konstruktsiyalar; hamda prefabrik-monolit, unda zavod ishlab chiqarishining prefabrik beton elementlari va tuzilmalarning monolitik qismlaridan foydalanishdir. Ushbu qurilish usulining ikki turi ham samaralidir. Temir-beton zavodlarida ishlab chiqarilib, so`ngra, qurilish maydonida montaj qilinadigan konstruktsiyalarning asosiy afzalliklaridan biri bu zavod tomonidan berilgan kafolat hamda, konstruksiyaning sifat nazorati talablariga javob berishi va montaj qilish jarayonida vaqtdan yutishdir. Prefabrik-monolit temir-beton konstruksiyalarining afzalliklaridan biri bu konstruksiyaning bitta bo`lib ishlashi, nostandart bo`lgan o`lchamdagi orayopma yoki shu kabi konstruksiyalarni qurishdagi qulayligidir. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda siz bilan zavod sharoitida quyiladigan konstruksiyalardan biri bo`lmish, stropil balkalarni hamda ularni ishlab chiqaruvchi temir-beton korxonasini loyihalashni ko`rib chiqamiz.

1.Texnologik qism



Download 253.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling