O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti “Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasi


Download 42.05 Kb.
bet3/12
Sana23.04.2023
Hajmi42.05 Kb.
#1388405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qurilish materiallarining asosiy xossalari-kompy.info

Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo’lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o’rganish differentsial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi. Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganini bildiradi. Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g’ovaklarning o’ta kichikligini (1-2.10-7sm gacha) bildiruvchi ko’rsatkich. Materialda mikrog’ovaklar buyumning kirishishi natijasida hosil bo’ladi va ular o’zaro tutash yoki har tomonlari berk bo’lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi bog’lovchi (portlandtsement, gips, bitum, polimer), o’ta mayda to’ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo’shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish buyum va konstruktsiyalarning barcha xossa va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning hosil bo’lish sharoitiga bog’liq bo’ladi.

Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g’ovaklar-yirik, ko’zga ko’rinadigan holatdagi ko’rsatkich bo’lib, u mikrostruktura, mayda-yirik to’ldirgichlar va boshqa to’ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar majmuasidan iboratdir. Makrostruktura kompozit (konglomerat), uyachali, mayda g’ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo’lishi mumkin. Kompozitlarga betonlar, qurilish qorishmalari, keramika, silikaltsitlar, polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb yuritiladi. Mayda g’ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo’shilmalar aralashtirilib kuydirilgan keramika, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko’pikbetonlar, ko’pik plastmassalar, mahsus qog’ozdan yasalgan turli shakldagi bo’shliqli buyumlar kiradi. Qatlamli strukturaga o’rama, listli, taxtasimon, qatlamli to’ldiruvchi asosidagi plastmassalar (tekstolit, shishaplast, qog’ozplast) kiradi. Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k. uchun mayda va yirik to’ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi.




Download 42.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling