O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti “Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasi
Download 42.05 Kb.
|
Qurilish materiallarining asosiy xossalari-kompy.info
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rtacha zichlik
1.3. Fizik xossalari
Zichlik (gsm3, kgm3) - absolyut zich materialning hajm birligidagi massasidir. Agar materiallar massasini m, zich holatdagi hajmini Va deb belgilasak, unda: PmVa Absolyut zich materiallar juda kam bo’lib, ularga kvarts, shisha, po’lat, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Amaliyotda bunday qattiq materiallarning zichligi tarozilar va hajm o’lchash asboblari yordamida aniqlanadi. Suyuq holatdagi materiallar (suyuq shisha, moyli bo’yoqlar, polimerlar) zichligi piknometr yoki areometrlar yordamida topiladi. Ayrim qurilish materiallarining zichligi (gsm3) quyidagichadir: Bitum................................................................ 0,9-1,2 Suv (40S da)...................................................... 1,0 Granit ............................................................... 2,6-2,9 Shag’al ..............................................................2,7-2,9 Yog’och .............................................................1,35-1,6 Sopol g’isht ...................................................... 2,5-2,8 Kvarts qumi ...................................................... 2,6-2,7 Portlandtsement .............................................. ..2,9-3,1 O’rtacha zichlik - m(kgm2), material tabiiy holatdagi massasining hajmiga bo’lgan nisbatidir. Agar material massasini m, tabiiy holatdagi hajmini V deb belgilasak, unda mmV Ba’zi qurilish materiallarinig o’rtacha zichligi (kgm3) quyida keltirilgan: Og’ir (oddiy) beton .....................................2100-2600 Engil beton ..................................................1200-1800 Granit ..........................................................2600 Oddiy g’isht ................................................1700-1900 Oyna shishasi ..............................................2650 Shishaplast ..................................................2000 Ko’pik polimer (minora) .......................... 15-20 Qarag’ay yog’ochi ......................................400-600 Mineral paxta ..............................................200-400 Po’lat ...........................................................7850 G’ovaklik - (P) material to’la hajmidagi (V) g’ovaklar (Vp) hajmi bilan belgilanadi: PVpV yoki P(1-m).100% Materiallar g’ovaklari havo, gaz yoki suv bilan to’la bo’lib, katta oraliqda bo’ladi (0 dan 98% gacha). G’ovaklik materiallarning asosiy xossalarini ifodalovchi ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatgichlar orqali materiallarning mustahkamligi, o’rtacha zichligi, namlanuvchanligi, issiqlik o’tkazuvchanligi, sovuqqa va kimyoviy muhitlarga chidamliligi va boshqa xossalari to’g’risida tushuncha hosil qilish mumkin. Yopiq g’ovaklarning ko’pligi material chidamliligini belgilaydi. Uning g’ovaklari haqidagi to’liq ma’lumotni simob porometriyasi usulida olinadi. Bu usulga ko’ra materiallarning differentsial va integral g’ovakligi, ya’ni g’ovaklarning xarakteri va radiusi to’g’risida xulosaga kelish mumkin. Solishtirma yuza (S, sm2g) materialga adsorbtsiya qilingan suv bug’i (yoki gaz) bilan uning g’ovaklari ichki yuzasini monomolekulyar qoplama massasiga proportsionaldir, boshqa so’z bilan aytganda 1 g material kukuni zarrachalarini bir qator o’zaro zich qilib joylaganda tashkil etgan yuzani tushunmoq kerak: S(a1.NM).m , bu erda: a1-bir adsorbtsion molekula bilan qoplangan yuza; suv molekulasi uchun a110,6.10-16 sm2; N6,06.1023 Avagadro soni, M- adsorbtsiya qilingan gaz molekulyar massasi (suv bug’i uchun M18). Download 42.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling