O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti “Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasi
Download 42.05 Kb.
|
Qurilish materiallarining asosiy xossalari-kompy.info
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Issiqlik-fizik xossalar Issiqlik o’tkazuvchanlik.
Kimyoviy chidamlilik - korroziya. Material kislota, ishqor, tuz eritmalari va gazlar ta’siriga qarshilik ko’rsatish xususiyati kimyoviy chidamlik deyiladi. Kimyo, neft-gaz, metallurgiya va sh.k. sanoat tarmoqlarida, sho’rlangan yerlarda ishlatiladigan materiallar va konstruksiyalar agressiv suyuqlik va gazlar ta’sirida buziladi.
Materiallarning ko’plari kislota, ishqor, tuz eritmalari, mineral o’g’itlar ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Masalan, tabiiy tosh materiallari (ohaktosh, marmar, dolomit va boshqalar) kislotalar ta’sirida tezda buzilsa, bitumlar va plastmassalar esa bu muhitga chidamlidir, ammo ular ham to’yingan ishqor eritmalarida buzilish xususiyatiga ega. Mahsus tarkibli qoplama va polbop keramik plitkalar va quvurlar, plastmassalar, bitum va qatronlar agressiv muhit ta’siriga anchagina chidamli materiallardir. Materiallarning kimyoviy chidamliligini aniqlash uchun uni kukun holatida yoki namunalar tayyorlab agressiv muhit ta’siriga qo’yiladi va ma’lum vaqtdan so’ng etalonga nisbatan tarkibi, massasi, mustahkamligi va shaklining o’zgarishiga qarab chidamlilik darajasi aniqlanadi. 1.5. Issiqlik-fizik xossalar Issiqlik o’tkazuvchanlik. Materiallarning bir yuzasi issiq, ikkinchi yuzasi sovuq bo’lsa, undan issiq oqim o’ta boshlaydi. Materiallarning issiqlikni kam yoki ko’p o’tkazishi issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti haroratlar farqi (t1-t2) 10C bo’lgan holda, qalinligi 1 m, yuzi 1m2 bo’lgan namunaning bir yuzasidan ikkinchi yuzasiga o’tkazilgan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, devordan soat vaqt ichida o’tgan issiqlik miqdori Q ni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Q.[S.(t1-t2).]a , bu yerda: Q-issiqlik miqdori, kJ: S-namunaning yuzi, m2; -issiqlik o’tish vaqti, soat; (t1-t2)-material yuzasidagi haroratlar farqi, 0S; a-devorning qalinligi, m. Bu formuladan aniqlaymiz; Q.a[S.(t1-t2).], (Btm.0S) Agar a1m, S1m2, t1-t210C va 1 soat bo’lsa, u holda Q bo’ladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik materialning g’ovakligi va tuzilishiga bog’liq. Masalan, organik zich materiallar (plastmassalar, bitumlar) uchun 0,25-0,35, noorganik zich materiallar uchun 5,0 Vtm0S gacha bo’lishi mumkin. Havoning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitiyenti nihoyatda kam bo’lgani uchun (=0,02) material issiqlik o’tkazuvchanligi g’ovaklarning havo, gaz yoki suv bilan to’lganligiga bog’liq bo’ladi. Chunki suvning si 0,58, muzniki esa 2,3 Vt/m.0S teng bo’ladi. Harorat ko’tarilganda ko’pchilik materiallarning si ortadi, faqat ba’zi materiallarniki (metallar, magnezitli olovga bardoshli materiallar) kamayadi. Download 42.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling