O’zbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishda menejment kafedirasi


II BOB KOMMUNAL SOHA KORXONALARINING MODDIY TEXNIK BAZASI VA ULARNING EKSPLUATATSIYASI AMALDAGI HOLATLAR TAHLILI VA TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI


Download 112.05 Kb.
bet10/16
Sana16.06.2023
Hajmi112.05 Kb.
#1496285
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Baratov Shahobiddin kurs ishi

II BOB KOMMUNAL SOHA KORXONALARINING MODDIY TEXNIK BAZASI VA ULARNING EKSPLUATATSIYASI AMALDAGI HOLATLAR TAHLILI VA TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
2.1. “Afrosiyob-Kommunalchi” хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining tashkiliy tuzilmasi va texnik iqtisodiy tahlili

“AFROSIYOB-KOMMUNALCHI” Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati O’zbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” to’g’risidagi qonun asosidatashkil etilgan bo’lib, Toshkent shahar Mirobod tumani Nukus”ko’chasidagi ko’p qavatli uylar xususiy uy-joy mulkdorlari, (kelgusida mulkdorlar) birlashmasini ifoda etadi.


Shirkat notijorat tashkilot hisoblanadi, u faqat o’ziga tegishli bo’lgan mulkka , bank idoralarida hisob raqamlariga, shirkat nomi aks ettirilgan dumaloq muxrga va burchak tamg’asiga, hamda o’z belgisiga ega.
Shirkat tashkil etishdan asosiy maqsad- ko’p qavatli uy-joylar mulkdorlarining umumiy mulki hisoblangan uy-joylardan, yer hududlaridan, to’g’ri foydalanish,saqlash va uy-joy fondini ta’mirlash ishlarini olib borishni birgalikda ta’minlash hisoblanadi.
Shirkat faoliyatining asosiy yo’nalishlari:
-ko’p qavatli uy-joylarda umumiy mulkni saqlash yuzasidan birgalikda qarorlarni qabul qilishni ta’minlash;
-mulkdorlarning ko’p qavatli uy-joylarini, yer hududlarini saqlash, texnik, sanitary, ekologiya va yong’inga qarshi holatini yaxshilash ishlarini amalga oshirilishini ta’minlash;
-umumiy mulkni va yer hududini obodonlashtirish, saqlashga sarflanadigan va boshqa umumiy xarajatlarni mulkdorlar o’rtasida taqsimlash, a’zolik badallari
va to’lovlarni o’z vaqtida kelib tushishini ta’minlash asosida va mazkur mulkdorlar o’rtasidagi kelishuv bilan tartibga solinadi.
Alohida ko’p kvartirali uydagi joy mulkdorlar shirkat a’zoligidan chiqqan taqdirda, bu ko’p kvartirali uyni kapital ta’mirlash uchun joy mulkdorlari tomonidan mablag’larni maqsadli jamg’arish hisobiga to’plangan shirkat pul mablag’larining bir qismi yangi tuzilayotgan shirkatga belgilangan tartibda o’tkazilishi kerak.

Download 112.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling