O’zbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishda menejment kafedirasi
-jadval. “Afrosiyob-Kommunalchi” Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining 2021-yil moliyaviy-xo’jalik tahlili jadvali
Download 112.05 Kb.
|
Baratov Shahobiddin kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1-rasm. Shirkatning 2017 yilda qilgan asosiy harajatlari
- 2.3-jadval. Ko’p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilash uchun kerakli qurilish materiallari ro’yxati
- 2.3. “Afrosiyob-kommunalchi” хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatini takomillashtirishning xalqaro tajribalari tahlili
2.2-jadval. “Afrosiyob-Kommunalchi” Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining 2021-yil moliyaviy-xo’jalik tahlili jadvali
“Afrosiyob-kommunalchi” shirkatida kommunal xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari .Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotida ko’plab mamlakatlar moliya-iqtisodiy krizisni boshdan kechirayotgan taxlikali vaziyat vujudga keldi. Jahon moliya va Tovar bozorlarida vaziyatni barqarorlashtirish, bank tizimini hamda iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash yo’llari izlanmoqda. Shuni qayd etish joizki, avvalgi yillarda O’zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan aniq chora-tadbirlarning keng kompleksi iqtisodiyotimizni jahon moliya krizisi hataridan muayyan darajada himoya etishga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnomoligida kommunal sohada amalga oshirilayotgan islohotrlar, avvalo, xizmatlar sifatini, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan.Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda uy-joy mulkdorlari shirkatlari (UMSH) muhim o’rin tutadi. 2.1-rasm. Shirkatning 2017 yilda qilgan asosiy harajatlari Istiqlol yillarida kommunal xo’jalikni isloh qilish, uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko’rsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish bo’yicha yuzdan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonuniga binoan ko’p qavatli uylardagi davlat uy-joy fondining 98 foizi xususiylashtirildi.1999 yil 1 aprelda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining qabul qilinishi uy-joy kommunal sohasini isloh etish borasida yana bir muhim qadam bo’ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston ushbu hujjatni sobiq ittifoq respublikalari orasida birinchi bo’lib qabul qildi. Islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat hokimiyatining barcha tuzilmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, notijorat tashkilotlar hamda bu jarayonda faol ishtirok etadigan fuqarolarning yaqin hamkorligi va hamjihatliligiga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 12 apreldagi “ Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar ko’rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarori soha oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlashda muhim omil bo’lmoqda. Mamlakatimizda namunali shirkatlar ko’p .Biroq, ko’p xonadonli uylardagi liftlar yillab ishlamayotgani, yo’laklarning faqat birinchi qavatigina ta’mirlanayotgani, tomdan chakki o’tishi, sovuq suv faqat uchinchi qavatgacha ko’tarilayotgani, isitish tizimi yomon ishlayotgani, yerto’lalarda eski quvurlardan suv oqib yotishi, uy-joy massivlari oldidagi daraxtlarga shakl va ishlov berilmayotgani, hovlilardagi o’rindiqlarning sinib ketgani, bolalar maydonchalari yo’qligiga e’tibor bermaydigan va aholining murojaatlarini qanoatlantirmaydigan shirkatlar ham yo’q emas. Lekin amaliyot shuni ko’rsatadiki, UMSHning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi nafaqat mahalliy davlat boshqaruv organlari yoki uddaburon raisga, balki fuqarolarning tashabbuskorligi, faol ishtiroki, o’zlari yashayotgan uyning obod, ozoda va har tomonlama qulay bo’lishi uchun intilishiga ham bog’liqdir. Dastlab, shirkat tarkibiga director, buxgalter,santexnik,elektrik, farrosh,liftchi kirardi va to’planadigan barcha badal ularga ish haqi to’lashga ketardi. Aholi shirkatda shtatlar qisqartirilsagina, mablag’ni tejash mumkinligini tushundi.Hozirda shirkat raisi jamoatchilik asosida ishlamoqda, turli ishlarni bajaruvchilarni esa qo’shnilarning tavsiyasiga binoan ishga taklif qiladi.Biroq, bugun shirkat boshqaruvi uylarga xizmat ko’rsatishni tajribali boshqaruv tashkilotiga berish haqidagi masalani ko’rib chiqmoqda. 2.3-jadval. Ko’p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilash uchun kerakli qurilish materiallari ro’yxati
Bugungi kunda tajriba shuni ko’rsatadiki, 1 kv.m yumshoq tomni ruberoid va bitum materiallari bilan ta’mirlash 40 340 so’mni tashkil qilib, 1-2 yil davomida ta’mir talab etilmaydi. Polizol materiali bilan ta’mirlash 42 500 so’mni tashkil qilib, 5-7 yilgacha ta’mir talab etilmaydi.Shundan kelib chiqqan holda 2017 yildan ko’p qavatli turar-joylarning tom qismlarini yangi materiallar (polizol yoki bikrom) bilan ta’mirlash belgilab olingan. 2.3. “Afrosiyob-kommunalchi” хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatini takomillashtirishning xalqaro tajribalari tahlili Qirg’iziston Respublikasida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkalarining rivojlanishi Qirg’iziston Respublikasida uy-joy kommunalo xo’jaligi islohoti 1991-yilda “Uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, ko’p kvartirali uylarda mulkchilik huquqi o’zgarganidan so’ng boshlandi. Uy-joy ijarachilari ularning mulkdorlariga aylandi. 1996-yili kvartiralarga mulkchilik huquqidan tashqari binolarning umumiy mulkidagi (tomlar, zinapoya maydonchalari, zinapoyalar, mexanik va boshqa jixozlar) tegishli ulushga mulkchilik huquqi vujudga keldi.Mulkdorlarning birlashuvi haqidagi masala, o’z navbatida uylardagi umumiy mulkni boshqarish va saqlash usulini tanlashga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Qirg’iziston bo’yicha umumiy mulkni boshqarish va saqlash uchun to’lanadigan xarajatlari summasi 1kv.m uchun 0,85 so’mni tashkil etadi. O’rtacha ta’rifning eng yuqoridarajasi Bishkekda , u 1kv.m uchun 0,95 so’mga, eng past ko’rsatgich Qorako’lda -0,54 so’mga teng. UMSH larda turli davlatlarda a’zolik badallari turlicha.O’rtachasi 1 kv.m uchun 0,57 so’m a’zolik badallari miqdorining eng yuqori ko’rsatkichi Bishkek UMSH 1 kv. metr uchun 0.91 so’mni, eng quyi ko’rsatkich- Jalolobodda (0.31 so’m), Qorako’lda 0.5 so’mni tashkil etadi. Qirg’istonda UMSH lar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari: 1. Markaziy Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda umumiy mulkka bo’lgan mulkchilik huquqi berilmagan holda kvartiralar xususiylashtirishlishining tezkor surati; 2. Shirkatlarni shakllantirish paytida mulkdorlarning mutlaqo ixtiyoriy birlashuvi; 3. Butun uy-joyni UMSHga aylantirish bo’yicha davlat komissiyasining mavjud emasligi; 4. Nohukumat tashkilotlari – shirkatlarning xududiy assotsiatsiyalari kuchi bilan donorlar ko’magida UMSHlarni shkllantirish; 5. Qirg’iziston yil davomida UMSHlarni shakllantirish surati baland emas; 6. Dastlabki yillarda tashkil etilgan shirkatlarning aksariyati “idoraviy uy-joy”ga asoslangan; 7. Qirg’izistonga xos xususiyat -1-3 uyning bitta UMSHga birlashuvi. Rossiyadagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati tajribasi Rossiya Federatsiyasining 1991-yil 4-iyuldagi 1541-1-sonli “Rossiya Federatsiyasida uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonun e’lon qilinishidan boshlab o’tkazilgan uy-joy bepul xususiylashtirish jarayoni natijasida Rossiya Federatsiyasining uy-joy fondi mulkchiligining tizimi keskin o’zgardi.Hozirgi vaqtda uy-joy fondining 64% xususiy mulk bo’lib, ularning 40% ko’prog’I ko’p kvartirali uy-joy fondiga kiradi. Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo’llab-quvvatlash uchun zarur bo’lgan birinchi navbatdagi choralar qatorida quyidagilarni belgilash mumkin: -uy-joy mulkdorlari shirkatlariga amaldagi qonunchilikka ko’ra moliyalashtirish byudjet mablag’larini majburiy o’tkazish (dotatsiya, imtiyoz va subsidiyalarni); -uy-joyni boshqarish va unga xizmat ko’rsatishni monopoliyadan chiqarish, uy-joy kommunal xizmatlar ko’rsatish sohasida erkin raqobat muhitini yaratish; -UMSHlar tuzish tajribasini ommalashtirish va ijobiy misollar haqida ma’lumot tarqatish; -uy-joyni boshqarish sohasida mutaxassislarni tayyorlashni va UMSH yetakchilarini o’zini-o’zi bhoshqarish asoslariga o’qitishni tashkil qilish. Hozirgi vaqtda Rossiyada qariyb 5000 dan oshiq uy-joy mulkdorlari shirkatlari tuzilgan, ba esa mamlakatda umumiy shahar turar-joy fondining 1% dan ziyodini tashkil etadi.Bugungi tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tashkil etilish jarayonini jadallashtirish va ularga uy-joy fondini boshqarish uchun o’tkazish Rossiya shaharlarida aholining faollik darajasi hamda iqtisodiy sharoit va ma’muriy rag’batlantiruvlardan iborat omillar mavjudligi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasida shirkatlar qisqa muddatda ng emas, aksincha hokimiyat organlarining tashabbusi bilan va asosan kvartiralar mulkdorlarini tashkil etilishi hamda shirkat tashkil etilishining ma’muriy usuli va bundan aholi o’rtasida oldindan tushuntirish ishlari olib borilmaganligi shunga olib keladiki, kvartiralar mulkdorlari shirkatlarni o’zlarining manfaatlari uchun yaratilgan deb bilmadilar. Mulkdorlar shirkatlarni hanuzgacha yangi nom ostidagi sobiq JEKlar deb hisoblashadilar.Oqibatda ko’p kvartirali uylardagi umumiy mulkka nisbatan o’z huquq ba majburiyatlarini yaxshi bilmasligi, o’zlarining shirkatdagi amaliy rolini hamda uyga xizmat ko’rsatish sifatiga ta’sir ko’rsatish imkoniyatlarini to’liq anglamasligida namoyon bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi Respublikaning barcha shahar va tumanlari bo’yicha ko’p qavatli uy-joylarni tartibga keltirish bo’yicha PQ-2922-son qarori qabul qilingan. Bundan tashqari 2018 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida Respublika bo’yicha 416 ta qishloqlarda joylashgan 1227 ta(58%) ko’p qavatli uylarni ta’mirlash ishlari olib borilib, ularning hududida 4685 ta (98.5%) noqonuniy qurilmalar buzilgan. Tasdiqlangan dasturlar doirasida ko’p qavatli uy-joylarni saqlash va ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil qilish maqsadida vazirlik tizimida 90 ta “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tashkil etildi. Download 112.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling