O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura qurilish institute


Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati


Download 98 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi98 Kb.
#1502027
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektrolitlar.

Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati
Tajriba natijalari ko‘rsatadiki, kuchli elektrolitlarning dissotsilanishi massalar ta’siri qonuniga buysunmaydi. Kuchli elek-trolitlar eritmalar ionlarga to‘liq dissotsialanadi (α=1).
Kuchli elektrolit eritmalar spektrlarini o‘rganish eritmada dissotsilanmagan molekulalar yo‘qligini tasdiqlaydi. Kristallarni rentgenografik o‘rganish (masalan, KCl ni), ular ionli kristall panjaraga ega ekanligini ko‘rsatadi. Kristall modda eritilganda kristall panjara emiriladi va ionlar eritmaga utadi. Lekin elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash kuchli elektrolit eritmalarida to‘liq dissocilanish mavjudligini tasdiklamadi, chunki eritmalarni elektr o‘tkazuvchanligi faqat elektrolitning dissotsilanish darajasiga bog‘liq bo‘lmay, ionlarning harakat tezligiga ham bog‘liqdir.
Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Kuchli elektrolit eritmalarida ionlar soni juda ko‘p va ular bir-biri bilan shunday yakin masofada joylashganki, ular orasida elektrostatik tortishish va itarilish kuchlari vujudga keladi. Buning natijasida har qaysi ion o‘z atrofida qarama-qarshi zaryadli ionlardan iborat «ion atmosferani» hosil qiladi va u eritmada ionlar harakatiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa elektr o‘tkazuvchanlikni kamaytiradi. Shuning uchun elektrolitning elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchab topilgan dissotsilanish darajasi birdan kichik bo‘lib, uni effektiv yoki ko‘rinma dissocilanish darajasi deyiladi .
Effektiv dissotsilanish darajaning qiymati, ionlar orasida o‘zaro ta’sir kuchi bo‘lgani uchun guyo elektrolit elektr tokini xuddi hamma molekulalar ionlarga dissotsilangandek utkazishini («ion juftlari» hosil bo‘lishini ) ko‘rsatadi. Ionlar orasidagi kuchlar eritmaning osmotik bosimiga, muzlash va qaynash temperaturasiga, ionlarning kimyoviy reaksiyaga kirishish qobiliyatiga va boshqa xossalariga ham ta’sir qiladi.
Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
Kuchsiz elektrolit xossasini xarakterlovchi qonunlarning matematik ifodasini kuchli elektrolitlarga kullash uchun ionlar «aktivligini» yoki «aktiv koncentratsiyasini» aniqlash kerak. Ionlarning aktivligi deb, eritmaning ma’lum xossalariga javob beradigan ionning effektiv koncentratsiyasi tushuniladi. Ionning aktivligi-aion ionning koncentratsiyasi SION ga to‘g‘ri proporsional

aION=fSION
bu yerda: f-proporcionallik koeffitsienti (uni aktivlik koeffitsienti ham demak), aION, SION lar bilan ifodalanadi.
Odatda, aktivlik koeffitsienti birdan kichik va faqat juda ham suyultirilgan eritmada birga teng bo‘ladi. Bu holda aION= SIONAgarda f<1 bo‘lsa, ionlar aktivligi ularning koncentratsiyasidan kichik bo‘ladi



Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling