O‘zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 1.94 Mb.
|
1 2
Bog'liqilxom
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti “Operatsion tizimlar” fanidan Mustaqil ish №2 Mavzu: Real vaqt operatsion tizimni o’rnatish Bajardi: Sayfullayev I Tekshirdi: Raximov R SAMARQAND-2023 Reja: I.Kirish II.Asosiy qism. 2.1.Real vaqt tushinchasi ahamiyati. 2.2.Real vaqt tizimining ishlash tamoyillari. 2.3.Qnx operatsion tizimini virtual boxda o’rnatish. III. Xulosa IV. Foydalanilgan saytlar. Kirish Borliq umumiy tarzda qaralganda doimo harakatda va o’zgarib borishda undagi har bir harakat va o’zgarish vaqtni o’tishi bilan chambarchas bog’lik. Real vaqt tushinchasini kirib kelishiga sabab insoniyat mavjud o’zgarishlarni: texnologik jarayonlarni , axborotlani uzatib qabul qilinishini, jarayonlarni boshqarishni tashkil etishi qonuniyatlarini o’rganish zaruriyati kelib chiqdi. Agar biror bir jarayonni o’rganishda yoki boshqarishda olinayotgan yoki uzatilayotgan vaqt jarayonni borish vaqtidan katta bo’lsa natijaga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun real vaqt deyilganda jarayonni borishini kuzatish va boshqarish imkoniyatini beruvchi vaqt tushiniladi. Misol uchun kompyuterga biror bir tashqi informatsiyani kiritish yoki chiqarish qurilmasi, yoki informatsiyalarni saqlash qurilmasi, boshqarish singnalni qabul qiluvchi bajarish mexanizmi ulansa kompyuter avtomatik tarzda bu qurilmalarda jaryonlarni borish tezligiga qarab mos ketma ketlikni o’rnatib ishini tashkil etadi. Ba’zi hollarda operator ularni operatsion tizimni tashkiy qurilmalarga moslash uchun ular bilan informatsiya almashinuvi vaqt oraligini o’rnatadi(prerivaniya). Bundan ko’rinib turibdiki informatsion tizimlarda real vaqt muxim ahamiyatni kasb etadi. To’xtalish(prerivaniya) real vaqt tizimlarida muxim ahamiyatni kasb etib, kompyuterlarda operatsiyalarni bajarilish ketma ketligini tashkil etishda ishtirok etadi. Kompyuterga bir necha tashqi qurilmalar ulangan bo’lsa kompyuter tizimi avtomatik tarzda ularga to’xtalish kodlarini o’rnatadi. Ba’zi xolarda bu to’xtalish kodlarini foydalanuvchi qo’lda o’rnatishi lozim bo’ladi. To’xtalish(prerivaniya) biror operatsiyani bajarilish davomida protsessorga signal berib yangi operatsiyani bajarish lozimligini bildiradi. Operatsiya bajarib bo’linishi bilan boshkarishni o’z xoliga qaytaradi. Operatsion tizimlarda shartli belgilanishi ―IRQ”. To’xtalish(prerivaniya) kodlari asosan kompyuter BIOS da o’rnatiladi. Texnologik jarayonlarin boshqarish tizimlarini tashkil etishda ham real vaqtni e’tiborga olish shart. Biror bir texnologik jarayonni boshqarish uchun undan olinayotgan informatsiya takti jarayondagi bo’layotgan o’zgarishlar vaqtidan katta bo’lishi shart. Aks xolda jarayonni avtomatik boshqarish tizimini tashkil etib bo’lmaydi. Masalan oddiy yoqilg’i quyish tizimini olaylik. Yoqilg’ini quyish davomida doimo uni hajmini o’lchab borish zarur. Agar o’lchash tezligi yoqilg’ini quyish tezligidan kichik bo’lsa bu tizimni ishlatish ma’noga ega bo’lmaydi. Quyish portsiyalari oralik vaqtidan o’lchash vaqt oraligi bir necha marotaba kichik bo’lishi shart. Rasm 9. Benzokolonka Rasm 10. Quyish tizimi. Informatsion avtomatik boshqarish tizimlarida real time processing termini keng qo’llaniladi. Agar tashkil etilayotgan tizimda informatsiya almashinuvi, qayta ishlash vaqti jarayonni borish vaqtidan katta bo’lsa bu tizimlar otkaz beradi. Ya’niy to’g’ri natijaga erishib bo’lmaydi. On-line termini ba’zi xollarda real vaqt tizimiga mos keladi. Lekin ba’zi hollarda bu termin real vaqtga mos kelmaydi. Masalan online tizimida bilet sotib olish, omborxonadagi mollar to’g’risida informatsiya olish yoki ma’lumot qo’shish. Bu xollarda jarayonni bajarilishida vaqt muhim ahamiyatni kasb etmaydi. Chunki informatsiyani olish yoki uzatish kechiksa ham jarayon buzilmasdan davom etaveradi. Faqat o’zgargan ma’lumotni olish, yoki informatsiyani kechroq kirtilishi mumkin. Lekin natijaga erishiladi. Real vaqt tushinchasi tez boradigan jarayonlar uchun qo’llaniladi. Masalan samalyotlarni uchishidagi avtopilot tizimi real vaqt tizimlariga misol bo’la oladi.. Bu jarayonda informatsiya almashinuvi real vaqtlarda bo’lishi shart. Agar tizim otkaz bersa avtopilotni ishlatib bo’lmaydi. Avtopilot tizimida oldindan kiritib qo’yilgan trayektoriya buyicha algoritmlar asosida samolyot harakatini avtomatik tashkil etiladi. Samalyot bort kompyuteri tashqi datchiklardan informatsiya olib, olingan real trayektoriyani xotiradagi trayektoriyaga solishtiradi va og’ishlar kuzatilsa zaruriy boshqarish signallarini ishlab chiqib samalyotni boshqarish tizimiga ta’sir kursatib samalyotni belgilab qo’yilgan trayektoriyaga yo’naltiradi. Agar tizim real vaqtlarda faoliyat olib bormasa avtopilot tizimi ma’noga ega bo’lmay qoladi. Rasm 11.Avtopilot qurilmasi. Hozirga kelib avtopilot tizimlarini avtomobillarga ham o’rnatish masalasi hal etilmoqda. Bu tizimlar yuqorida ko’rib o’tganimizdek real vaqt tizimlariga kiradi. Rasm 12. Avtopilot avtomobilda. Haydovchi o’rindagida haydovchini bo’lishi lozim bo’lib, ba’zi murakkab xolatlarda boshqarishni haydovchiga uzatiladi. Temir yo’l transportida ham real vaqt tizimlariga asoslangan avtomatik boshqarish tizimlari keng qo’llanilmoqda. Avtomatik boshqarish tizimlarini asosiy qisimlaridan biri informatsiyalarni real vaqit tizimlarida oluvchi datchiklaridir. Yana bir misol sifatida ishlab chiqarishda robototexnikani qo’llanilishini keltirish mumkin. Agar robot ish faoliyati texnologik jarayonni borish tezligiga mos kelmasa natijaga erishib bo’lmaydi. Roboto texnika qo’llanilayotgan har kanday texnologik tizim rael vaqt tizimlarida tashkil etiladi. Agar bunga erishilmasa avtomatlashtirilgan texnologik tizimni qurib bo’lmaydi. Bu erda yana shuni ta’kidlash lozimki, hozirda texnologik tizimlarni tashkil etishda qo’llanilayotgan datchiklar informatsiyalarni katta tezliklarda uzata olish imkoniyatiga ega. Masalan xozirgi zamon enkoder datchigi burilish burchaklarini o’lchashda keng qo’llanilmoqda. Ular bir aylanani 600-1200 bo’lakga bo’lib olish va natijani katta tezlikda ikkilamachi qurilmaga berish imkoniyatiga ega. Rasm 13. Enkoder Enkoderni ishlash printsipi maxsus diskdan yorug’likni o’tishi bilan burilish burchagini kodlashga asoslangan. Bu diskni ko’pincha Grey diski ham deb ataladi. Rasm 14. Grey sanash diski. Real vaqt tizmlari telekommunikatsiya tizimlarida ham muxim ahamiyatni kasb etadi. Axborotlarni masofadan qabul kilish, qayta ishlash va masofaga uzatish ham real vaqtlarda amalga oshiriladi. Agar real vaqt tizimlari joriy etilmasa oddiy video-telekonferentsiyalarni ham tashkil etib bo’lmaydi.Bu jarayon ham murakkab bo’lib bir vaqtni o’zida video informatsiyalarini almashinuvini tashkil etish vazifasi turadi. Kompyuter tizimlari or1ali video informatsiyani uzatish va qabul qilish o’zini murakkab tizimiga ega bo’ldi. GPRS(General Packet Radio Service) tizimi ham real vaqt tizimlarida faoliyat yuritadi. Undagi informatsiya almashinuvi ham real vaqtlarda olib boriladi. Informatsiyani uzatilishi internet tizimi bilan radio aloqa tizimini birgalikda tashkil etilishi bo’lib, informatsiyalar paket rejimida uzatiladi va qabul qilinadi. GPS (angl. Global Positioning System) tizimi sputniklar navigatsiyasi bo’lib, real vaqt tizimlarida masofa, vaqtni aniqlab xarakatdagi predmetni oniy xolatini aniqlashga qaratilgan. Er shari atrofida aylanayotgan 31 ta sputnik L1=1575,42 MGts i L2=1227,60 MGts chastotada radio signal yuborib turadi. Erdagi predmet kordinatasini aniqlash tizimi bir vaqtda uchta sputnikkga murojat qilib uch o’lchamli fazoda kordinatasini aniqlaydi. Rasm 15. Er atrofida GPS yo’ldoshlarini aylanishi. Rasm 16. GPS ni ishlash printsipi. Real vaqt tizimlari fakat tez boruchi jarayonlada qo’llaniladi deyish to’g’ri emas.Masalan yer osti suvlarini nazorat qiluvchi sistemani olib qaraylik. Jarayon tez boruvchi jarayon emas. O’lchash ishlarini ma’lum vaqt ketma ketligida ham tashkil etish mumkin. Lekin undagi informatsiyani olinishi real vaqt tizimlariga kiradi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling