O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar
Download 38.53 Kb.
|
Akademik yozuv 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Mustaqil ish Taqriz
- Anotatsiya
- Muallif: RUSTAMBEK MANNONOV Dasturlash mantiqqa asoslangan ijodkorlikdir.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI «TT va KT» fakulteti AKADEMIK YOZUV 2-MUSTAQIL ISH Bajardi: Mannonov Rustambek Qabul qildi: Yoʻldasheva Ra'no QARSHI-2023 1-Mustaqil ish Taqriz: Maqola garchi ilmiy bo‘lsa-da, sodda uslubda yozilgan. Hatto, rus yoki ingliz tilini yangi o‘rgangan o‘quvchi ham qiynalmasdan tushunadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarinig inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq qilinishi, axborot oqimining keskin ravishda ortib borishi, axborot almashinuvi, boshqaruv va texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish ko‘lamini kengayib borishi, umuman aytganda, jamiyatni axborotlashuvi jarayonining jadallashib borishi, har bir mutaxassisdan informatika usul va vositalarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan bo‘lishligini talab etmoqda. U qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan bo‘lib, ushbu vazifalar orasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z kasbiy faoliyatlarida samarali foydalana oladigan darajada tayyorlash vazifasi alohida o‘rin egallaydi. Ushbu maqolada dunyoning yetakchi sohalaridan biri bo’lgan dasturlash sohasi haqida malumot berilgan.hattoki dasturlash tillari haqida va ularning mazmuni ochib berilgan. Anotatsiya : Ushbu maqolada dasturlash nima va uning afzalliklari, qiyinchiliklari, qiziqarli jihatlari haqida bayon qilingan. Bu maqolada kitobhon dasturlash qanday soha va uning imkoniyatlari haqida bir qancha malumotga ega bo’ladi. Maqola Ko'pchilik doʻstlarimdan sohamni dasturlashga oʻzgartirsammikin degan fikrlarni eshitaman. Ayniqsa, chet elga chiqqanlarning koʻpchiligi bunday hayolga borgan. Ular uchun bu sohaning baland-pastini sohani oʻzgartirishdan avval bilish faqat foyda keltiradi degan oʻy bilan ushbu maqolani yozishga qaror qildim. Dasturlash — bu sizning biror bir muammoni hal qilish uchun kompyuterning ulkan imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. Buning uchun siz kompyuterga buyruq bera olishingiz kerak. Lekin bu eshitilganchalik oson ish emas. Kompyuter masalani hal qilishda har qanday insondan tez lekin u insonchalik "farosatli" emas. Masalan, Ukangiz yoki singlingizga juda oddiy tuyulgan choy damlashni 2 ogʻiz soʻz bilan buyurasiz. Kompyuterga bunday sodda buyruq ketmaydi: choy damlash qanaqa jarayon ekanligini tushuntirishingiz, vazifani bajarish jarayonida qanday detallardan qay tarzda foydalanishni ikir-chikirigacha tushuntirishingiz kerak. Menimcha, nima demoqchiligimni tushundingiz. Dasturchi ham yaxshi ijodkor, ham kuchli mantiqli boʻlishi kerak. Rassom yoki haykaltarosh kabi ijodkor ahlining ilhomi kelmay siqilib, ichkilikka berilganini kinolarda yoki hayotda koʻrgan boʻlsangiz kerak. Dasturchilarda xuddi shunaqa holat koʻp boʻladi: Ishni topshirish muxlati juda yaqin lekin katta qismi hali tayyormas; Kutilmagan muammo chiqdi va uni umuman yechimini topolmayapsiz; Koʻpchilik dam olish kunlari dam oladi, yozda oromgohlarga ketadi. Sizda bunday imkoniyat judayam kam boʻladi. Sababi: tinimsiz oʻz ustingizda ishlashingiz, yangi narsalarni oʻrganishingiz kerak. Hindistonning bir shaharchasidagi yigit ham sizning raqobatdoshingiz. Bu soha umuman chegara bilmaydi. Juda qoʻrqitib yubormadimmi?)) Endi yaxshi tomonlarini aytsam: Hech biror narsa yaratib koʻrganmisiz? Agar yaratmagan boʻlsangiz, xafa boʻlmangku, lekin bu dunyoga hali kelmapsiz; Borgan sari bilimingiz ortib borayotganini, ustozim Shranet tariflari bilan aytganda, kompyuterning xudosiga aylanib borayotganingizni sezasiz. Menimcha, agar ushbu xususiyatlar sizda boʻlsa, siz dasturlash sohasiga oʻtishni eplaysiz: Maktab paytingizda matematika, informatika yoki fizika kabi fanlarga qiziqqan va yaxshi oʻqigan boʻlsangiz; Qandaydir gʻoyangiz boru, uni oʻzingiz amalga oshirishni istaysiz; Tasavvur qiling, bu soha "moda"dan qoldi va unaqa katta oylik ham toʻlanmay qoʻydi. Shundayam oʻzgartirishni istasangiz (bunday deyishimga sabab dasturlashni boshlaganingizdan anchagacha yaxshi maosh olishdan umidingizni uzing); Umuman olganda, agar siz dasturlashni sevsangiz, bu erkaliklarini koʻtarish unchalik qiyinmas (ichib-chekish ham shartmas). IDE — bu siz anglayotgan «g'oya» degani emas )) IDE(Integrated development environment) — dasturlash tillari uchun muhit hisoblanadi, ko'pchilik bu tushunchani aynan shundayligicha biladi, lekin bu ta'rifning ma'nosi nimaligini unchalik tushunmaydi. Bu maqolada aynan shu IDE abreviaturasini tushuntirishga bag'ishlanadi. Dasturlash muhiti deganda, siz yozayotgan kodlarni aynan qayerga yozish kerakligi tushuniladi. Misol uchun, oddiy «Блокнот» ham IDE vazifasini bajarishi mumkin. IDE sifatida, dasturlar yoki dasturlar yig'indisi ishlatiladi. Zamonaviy va mashhur dasturlash muhitlariga quyidagilarni misol qilish mumkin(maqolada Windows tizimi nazarda tutilgan): PHPStorm — asosan PHP dasturchilar uchun; VisualStudio — .Net dasturchilar uchun; NetBeans — asosan java, php dasturchilar uchun; PHPDesigner — asosan web(PHP) dasturchilar uchun; PyCharm - asosan python dasturllash tili uchun; Android Studio - android platformasi uchun dasturlar yaratilinadi. Agar hali ham tushunarsiz bo'lsa, boshqa mavzuda misol keltiraman. Siz kompyuter tuzatuvchi ustasiz, siz o'z ishingizni qilishingiz uchun yaxshi sharoit kerak: elektr toki bilan ta'minlagan xona, kerakli qurilamalarga(tester, payalnik, otvyorka..) ega bo'lishingiz, har hil turdagi ulanuvchi va ulovchi simlar bo'lishi, kompyuterning asosiy ehtiyot qismlarining nusxasi va boshqalar. Umuman olib qaraganda, bunday sharoit bo'lmasa ham usta bo'laverasiz, lekin biror kompyuterni tuzatish uchun ancha vaqt kerak bo'lib qoladi(kerakli jihozlarni kimdandur so'rash kerak bo'ladi, tok o'chib qolsa, uni kelishini kutish). IDE ham shunday, qanchalik yaxshi va qulay muhit bo'lsa, ishingiz ham shuncha tez va sifatli bitadi. Mukammal dasturlash muhitlarida, dasturchilar uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo'ladi, ya'ni biror loyihani tuzish uchun qo'shimcha dasturlar kerak bo'lmasligi lozim, misol uchun quyidagi imkoniyatlar bo'ladi: — matn muharriri; — kompilyator/interpretator; — loyihaning barcha qismlarini avtomat yig'uvchi(Сборщик); — xatolarni aniq ko'rsatuvchi funksiyasi; — kod sintaksislarini yozishda yordam beradigan kutubxona; — kodni ishlatib ko'rish uchun sharoit(emulyatorlar, brauzerlar); — terminal(konsol uchun); — versiyalar bilan ishlovchi modul(github); — katalog ierarxiyasi; Bunday dasturlash muhitlari, dasturchilarni biroz dangasa qilib qo'yadi degan gap rost, lekin tez biror loyihani tuzmoqchi bo'lsangiz, bularsiz ancha vaqt ketib qoladi. Dasturlash muhitlari ham, boshqa dasturlarga o'xshab pullik yoki bepul bo'lishi mumkin, pullik muhitlar: — PHPStorm; — VisualStudio; — RAD Studio; — KomodoIDE; — PHPDesigner; … Bepul dasturlash muhitlari: — KomodoEdit — VS Express; — NetBeans; — Aptana Studio; — Eclipse; … Dasturlash tiliga qarab, kerakli IDE tanlanadi, o'zimni oladigan bo'lsam, web uchun Sublime matn muharirirni ishlataman(nimagadir o'rganish bo'lib qolgan), .Net dasturlash uchun VisualStudio. Oxirida, boshqa sohalarda ham ishlatilgan savolni bermoqchiman, dastlab dasturlash tili tuzilganmi yoki dasturlash muhitimi? yoki, dastlab dasturlash tili tuzilganmi yoki kompilyator? Muallif: RUSTAMBEK MANNONOV Dasturlash mantiqqa asoslangan ijodkorlikdir. Download 38.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling