O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidai tatu qarshi filiali
Download 92.25 Kb.
|
Diniy sektalar1
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAI TATU QARSHI FILIALI “TT va KT” fakulteti Raqamli iqtisodiyot yo’nalishi RI-11-22 guruh talabasining Dinshunoslik fanidan SEMINARI Bajardi: Negmatova Sevinch Qabul qildi: Dilrabo Mamatqulova YANGI DINIY HARAKATLAR VA SЕKTALAR REJA: 1. “Yangi diniy harakatlar” tushunchasining mazmun-mоhiyati va ular ilgari surayotgan g’оyalar. 2. Islоm dini dоirasida yuzaga kеlgan yangi diniy harakat va оqimlar. 3. O’zbеkistоn Rеspublikada faоliyati aniqlangan nоrasmiy diniy jamоalar: «Ma’rifatchilar», «Shohidiylar» va «Baxshillоchilar». “Yangi diniy harakatlar” tushunchasining mazmun-mоhiyati va ular ilgari surayotgan g’оyalar. Yangi diniy-siyosiy harakatlar va mafkuralar turli diniy aqidalarga tayanadi. Ularning bоsh maqsadi nafaqat hоkimiyatga ta’sir korsatish, balki ozlarining hоkimiyatini ornatishdan ibоratdir. Buni ayrim mamlakatlarda, хususan Yaqin Sharq va Оsiyoda: (Erоn, Pоkistоn, Afg’оnistоn, Saudiya Arybistоni) va bоshqa mamlakatlar misоlida korish mumkin. E'tirof etilmagan harakatlar va mazhablar quyifagilar: Murjiiylar - alohida bir yo'nalish bo'lib emas, balki mazhablar ichida tarkib topganlar. Ular asosida yana bir qancha kichik-kichik oqimlar, ya'ni firqalar vujudga keldi. Ular bu dunyodagi inson holatini muhokama qilishni "orqaga surib" (irja’), ya'ni insonning xatti-harakatini, uning imonini yolg'iz Allohning O'zigina biladi va faqat Uning O'zi inson ustidan hukm qilishi xos deb hisoblaydilar. An-Naubaxtiy murjiiylarni 4 xil toifaga bo'ladi: 1) jahmiylar yoki xurosonliklar; 2) g'aylaniylar yoki suriyaliklar; 3) masiriylar yoki iroqliklar (Abu Hanifa ham); 4) shukkak (shubhalanuvchilar), bug'riylar, an'anaviy xashviylar. . Bunday jug'rofiy bo'linish oqibatida (ya'ni Xuroson, Iroq, Suriya) oliy hukmronlik masalasida ham asta-sekin fikrlarning tafriqalanishi boshlanadi. Shunday qilib, VIII asrning 1-yarmida u yoki bu g'oya tarafdorlari o'z yo'nalishlarini yanada aniqroq belgilab, xorijiylar, jabariylar, qadariylar qatoriga qo'shiladilar. Bu toifadagilar iymon masalasida bir to'xtamga kelmaganlar. Al-Ash'ariy fikriga ko'ra, bu haqda 12 xil toifa bo'lganligi qayd qilinadi. Mo'taziliylar - Kalomda birinchi yirik yo'nalish vakillari hisoblanib, Damashq va Bag'dod xalifaligi hayotida, VII-IX asrlarda muhim o'rin tutganlar. Al-Hasan al-Basriy (vafoti 728 yil) davrasidan shogirdlari Vosil ibn Ato (vafoti 728 yil) va Amr ibn Ubayd (vafoti 761 yil)larning ajralib, alohida bo'lib chiqishlaridan bu nom qolgan. Ularning boshqa: al-adliyyun, al-adliyia, ahl al-adl, ahd ad-adl vat-tavhid kabi nomlari mo'taziliylarning manbalariga binoan besh asosning birinchi ikkitasi tufaylidir. Bu besh asos Abul Xuzayl al-Allaf (vafoti 841 yoki 849 yil) tomonidan quyidagi so'nggi holiga keltiriladi: 1. Al-adl (adolat) — ilohiy adolat insonning irodasini aniqlaydi va Allohning faqat yaxshilik (al-aslah) qilish qobiliyati va asrlar davomida tarkib toptan narsalar tartibining buzilishiga yo'l qo'ymaslik sifati. 2. At-tavhid- qat'iy Allohning yagonaligiga sig'inish, politeizm va atropoforfizmni inkor etadi. 3. Al-va'd val-vaid — xorijiylar bilan ajratilgan xususiyatlari, ya'ni Xudo mo'minlarga jannat, kofirlarga do'zax va'da qilgan bo'lsa, o'z va'dasida turishi lozim, ya'ni Payg'ambar (S.A.V.) shafoatlari-yu, Allohning Rahmon, Rahim sifatlari ham yordam bermasligi kerak. Chunki inson xatti-harakati uchun to'liq javob berishi lozim. 4. Al-manzila baynal-manzilatayn (Oraliq holat) — gunohi kabira qilgan musulmon mo'minlar qatoridan chiqariladi (murjiiylar fikriga qarshi), kofir bo'lib qolmaydi (xorijiylar fikriga ko'ra), balki oraliq hayotda bo'ladi. Shu fikrda bo'lganliklari uchun birinchi mo'taziliylar Xasan al-Basriy davrasidan chiqadilar, chunki ularni munofiq, deb hisoblaydilar. 5. Al-amr bil-ma'ruf van-nahiy anil-munkar («Yaxshilikka da'vat, yomonlikdan qaytarish») - barcha usulda, hatto qilich bilan bu hukmning bajarilishi lozim. Jabariylar - Arabcha «jabr»dan olingan bo'lib, bu fikr tarafdorlari VII asr oxiri VIII asr boshida Islom ilohiyotida paydo bo'lgan ilk oqimlardan hisoblanadi. Jabariylar inson taqdirini Xudo mutlaq oldindan belgilab qo'ygan, hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo'l, bular faqat Xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni o'zlashtirib olish imkoniyatigagina ega, degan ta'limotni ilgari surgan. Iroda erkinligi tarafdorlari bo'lgan qadariylarga qarshi kurash olib borgan. Muhammad (S.A.V.)ning payg'ambarliklari, xalifalarni ilohiy va qonuniy deb asoslashda, jihoddagi o'limning taqdir bilan bog'lanishida bu ta'limot katta o'rin tutadi. Shuning uchun hokimiyatni boshqargan umaviylar jabariylarni qo'llab-quvvatlaganlar, ularga qarshilarni ta'qib ostita olganlar. Jahmiylar - Abu Muxriz Jahm ibn Safvonning izdoshlari. O'rta asr ilohiyoti olimlari ularni murjiiylarga, ba'zan jabariylarga mansub qiladilar. Bu ta'limot Jahm ibn Safvon olamdan o'tgandan so'ng uning nomi bilan ataluvchi tarixga kirdi. Jahm ibn Safvon Abu Muxriz - mashhur ilohiyot olimi Xuroson murjiiy - jaxmiylarining sardori Al-Xoris ibn Surayjshshg kotibi, Xurosondagi Umaviy hokimi Nasr ibn Sayyarga qarshi qo'zg'olonda qatnashib asir tushadi va qatl (745 yil) qilinadi. U Al-Ja'd ibn Dirhamning shogirdi bo'lgan. Qadariylar - Taqdir so'zining inson o'z xatti-harakati, taqdirining hukmdori deb talqin qilishlik. Bu ilk ilohiyot oqimlaridan biridir. Bu yo'nalish taqdir va iroda erkinligi masalasida o'ziga xos ta'limotni ilgari suradi, ya'ni jabariylar ta'limotiga qarshi ravishda, inson o'z xatti-harakatining yaratuvchisi (xoliqi), deb tushuntiradi. Ular odillik Xudoning asosiy sifatlaridan biri, degan fikrga borib, gunohni u oldindan belgilab qo'ygan bo'lishi mumkin emas, Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog'liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga keladilar. Mushabbihalar yoki ahli at-tashbih - Arabcha "o'xshatuvchilar, o'xshatish tarafdorlari" yoki antropomorfistlar. Turli xil aqidaviy ta'limotlarning hosila nomi bo'lib, bu yo'nalish vakillari Allohni inson qiyofasi shaklida tasavvur qiladilar. As-sifatiya - Sifat (arabcha - belgisi, xususiyati, tabiati) atamasi, Allohning xususiyatlarini ifoda etishning biri bo'lib, mo'taziliylar tomonidan qo'llangan. Kalom ilmi rivojlanishining ilk bosqichida "Sifat" bilan bir qatorda "maani" (ma'nosi, mazmuni, g'oyasi) atamasi ham qo'llanilgan. Ba'zi mutakallimlar (mo'taziliy Abu Shaxsim al-Jubboiya, Ash'ariy al-Boqilloniy, Al-Juvayniy va Faxriddin Roziy) "Sifat" o'rnida "ahvol" atamasini ishlatganlar. Allohdagi insonlar nazdida ijobiy hisoblangan sifatlarni tan olish "isbat", degan nom oldi va bu g'oya tarafdorlari "sifatiya", deb ataldi. 8.2 Islоm dini dоirasida yuzaga kеlgan yangi diniy harakat va оqimlar. Diniy-siyosiy partiya va oqimlar quyidagilardan iborat: Salafiya - XX asr boshida Jamol ad-Din al-Afg'oniy va Muhammad Abdu asos solgan ilohiy harakat Salafiya diniy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy mohiyatlarga ega. U musulmonlar hayotini yangilashga qaratilgan bo'lib, Islom dunyosi uzra ko'plab musulmon mutafakkirlari va harakatlariga shakllovchi ta'sir o'tkazgan. "Salafiya" termini ko'pincha isloh, (reforma) va tajaddud (yangilanish) bilan sinonim sifatida ishlatilib, Islom dunyoqarashining asosiy fundamental konseptsiyalari tushunchalaridan birini tashkil etadi. Bu yo'nalish taqdir va iroda erkinligi masalasida o'ziga xos ta'limotni ilgari suradi, ya'ni jabariylar ta'limotiga qarshi ravishda, inson o'z xatti-harakatining yaratuvchisi (xoliqi), deb tushuntiradi. Ular odillik Xudoning asosiy sifatlaridan biri, degan fikrga borib, gunohni u oldindan belgilab qo'ygan bo'lishi mumkin emas, Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog'liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga keladilar. Mushabbihalar yoki ahli at-tashbih - Arabcha "o'xshatuvchilar, o'xshatish tarafdorlari" yoki antropomorfistlar. Turli xil aqidaviy ta'limotlarning hosila nomi bo'lib, bu yo'nalish vakillari Allohni inson qiyofasi shaklida tasavvur qiladilar. As-sifatiya - Sifat (arabcha - belgisi, xususiyati, tabiati) atamasi, Allohning xususiyatlarini ifoda etishning biri bo'lib, mo'taziliylar tomonidan qo'llangan. Kalom ilmi rivojlanishining ilk bosqichida "Sifat" bilan bir qatorda "maani" (ma'nosi, mazmuni, g'oyasi) atamasi ham qo'llanilgan. Ba'zi mutakallimlar (mo'taziliy Abu Shaxsim al-Jubboiya, Ash'ariy al-Boqilloniy, Al-Juvayniy va Faxriddin Roziy) "Sifat" o'rnida "ahvol" atamasini ishlatganlar. Allohdagi insonlar nazdida ijobiy hisoblangan sifatlarni tan olish "isbat", degan nom oldi va bu g'oya tarafdorlari "sifatiya", deb ataldi. Islоm dini dоirasida yuzaga kеlgan yangi diniy harakat va оqimlar. Diniy-siyosiy partiya va oqimlar quyidagilardan iborat: Salafiya - XX asr boshida Jamol ad-Din al-Afg'oniy va Muhammad Abdu asos solgan ilohiy harakat Salafiya diniy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy mohiyatlarga ega. U musulmonlar hayotini yangilashga qaratilgan bo'lib, Islom dunyosi uzra ko'plab musulmon mutafakkirlari va harakatlariga shakllovchi ta'sir o'tkazgan. "Salafiya" termini ko'pincha isloh, (reforma) va tajaddud (yangilanish) bilan sinonim sifatida ishlatilib, Islom dunyoqarashining asosiy fundamental konseptsiyalari tushunchalaridan birini tashkil etadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 92.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling