O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali «Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi»
Ta’lim jarayoninning metodologik asoslari
Download 227.2 Kb.
|
loyiha ishi
2.1.Ta’lim jarayoninning metodologik asoslari.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir qator asarlari, shuningdek, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida ilgari surilgan qarashlar; yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan Davlat dasturlari, meyoriy hujjatlar; o‘zbek xalq pedagogikasi g‘oyalari, Pedagogika fani konsepsiyasi, pedagogikaning nazariy asoslari va milliy Iftixor tuyg‘usini shakllantirish metodlariga yaxlit yondashish, mavzuga oid ilmiy pedagogik, falsafiy, siyosiy manbalar tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchiPrezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig‘ilishidagi ma’ruzasida: “Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik ma’rifaisevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy bog‘liq ravishda rivojlandi”, - deb ta’kidlashlari bejiz emas. Ta’limiy qadriyatlarni amaliyotga tatbiq etish eng qadimgi davrlardan boshlab O‘rta Osiyo zaminida amal qilgan ta’lim mazmuni, shakl, usul va vositalarining boy jamg‘armasini atroflicha puxta o‘rganishni talab qiladi.Ularni bilish, didaktik qadriyatlardagi zamonaviy ta’lim amaliyotiga mos hayotbaxsh g‘oyalarni yangi mazmun va shakllar bilan boyitgan holda amalda joriy etish,shu asosda ta’limiy qadriyatlarimizni mazmunan va shaklan rivojlantirish zarur. O‘zbekistonda esa didaktik qadriyatlarning rivojlanish va shakllanish davri eng qadimgi davrlarga to‘g‘ri keladi. Farzand tarbiyasining bosh mummosi hisoblangan bolani zakovatli, bilimdon qilib voyaga yetkazish tilagi sababli ota-bobolarimiz unga qanday qilib bilim berish, ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitish jarayonida bolaning shaxsiy xususiyat va fazilatlarini nazarda tutish, ta’lim metod va usullarini qo‘llash kabilrga e’tibor berishgan. Lekin, hozirga qadar Pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan “Pedagogika” va “ Pedagogika tarixi” darsliklarida didaktik qadriyatlarni o‘rgatishga yetarlicha e’tibor berilmay kelinmoqda. Bizningcha, buning asosiy sababi didaktik qadriyatlarning tizimli ravishda o‘rganilmaganligidadir. Bugungi kunda “qadriyat” so‘zini tez-tez qo‘llash oddiy holga aylandi. Qadriyatlar maxsus fan hisoblangan “Aksiologiya” tarkibida o‘rganilmoqda. “Aksiologiya” (yunoncha qadriyat, ta’lim) falsafa fanining bir bo‘limi bo‘lib, u qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etadi. Endilikda faqat o‘tmish bilan bog‘liq hodisalarigina emas, balki yangi davr Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, mustaqillik sharoiti va imkoniyatlari asosida shakllanayotgan ijtimoiy- ma’naviy hodisalar ham qadriyat deb atalmoqda. Olima M.O. Inomovaning talqiniga ko‘ra, - “Qadriyat- bu inson yoki jamiyatning u yoki bu ehtiyojini qondiradigan va ular manfaatiga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar bo‘lib, ular hayotga qimmatdorlik nuqtai-nazaridan yondoshishga asos bo‘la oladi. Umuman qadriyatlar jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan o‘tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan kishi ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma’naviy boyliklardir”. Qadriyatlar mazmuniga ko‘ra siyosiy, huquqiy, diniy, ma’naviy, axloqiy, umummadaniy, umuminsoniy, turmush va mehnat qadriyatlari kabi turlarga bo‘linadi. Umummadaniy qadriyatlar turiga mansub bo‘lgan pedagogik, didaktik, ta’limiy, tarbiyaviy qadriyatlar atamalari pedagogika fanida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Didaktik ta’limiy qadriyatlar atamasi mazmunini yoritib, pedagog olim Sh.Mardonov unga shunday ta’rif beradi: “Ta’limiy qadriyatlar shaxsga ilmiy nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma’naviy- axloqiy sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ijtimoiy pedagogik axamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obektiv va subektiv omillar majmuidir” Ta’limiy qadriyatlarning boy xazinasini o‘rganish bunday ming yil avval ham mutafakkirlar tomonidan ta’limga olid muhim g‘oyalar ilgari surilganini o‘rsatadi. Xususan, olim Abu Rayhon Beruniy “Aql haqidagi risola”, “Kitobi axloq” kabi asarlari orqali boshlang‘ich ta’limni nazariy- amaliy rivojlantirishga muyyan hissa qo‘shgan. U bolalarga bilim berishni nisbatan erta (5-6 yoshdan)boshlash, bunda o‘qituvchi o‘z fanini yaxshi bilishi, pokiza va rostgo‘y bo‘lishi zarurligini uqtirgan. O‘rganilgan manbalar didaktik qadriyatlarning boy tuzilmaga ega ekani, ularni davrlar bo‘yicha tayanilgan didaktik tamoyillar, o‘qitish metodlari, o‘qitish vositalari o‘qitish shakllari asosida chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanida ta’limiy- tarbiyaviy qadriyatlarni o‘rganish muammosi ilmiy- metodik jihatdan kengqamrovli tadqiqi etilmagan. M.O. Inomova. “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash”. T.:2000 y Shunga ko‘ra, “Pedagogik aksiologiya” fanini ilmiy asosda yoritishga katta e’tibor berilmoqda.Xususan, X.I.Ibragimov va Sh.A. Abdullayevalarning pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurti magistrantlari uchun yozilgan (“Istoriya pedagogika i obrazovaniya”) (Pedagogika va ta’lim tarixi) darsligi ana shunday ishlardan xisoblanadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar nafaqat shaxs shakllanishiga, shuningdek, jamiyatda zamonaviy ta’lim sifatiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qadriyatlarga alohida e’tibor qaratildi va iqtisod va ijtimoiy sohada, jamiyatning ma’naviy-axloqiy yangilanishida muhim yutuqlarga erishdi. Natijada, jamiyatda yangi ijtimoiy muhit, yangi ma’naviy va axloqiy qadriyatlar shakllandi. Jamiyat o‘z rivojining har bir bosqichida ta’lim oldiga aniq maqsadlarni qo‘yadi va ma’lum bir vazifalarni yuklaydi. Shunga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish va uning mazmuniga, ta’limdagi yakuniy natijaga nisbatan talablar qo‘yilgan. Boshqacha aytganda, davlat va jamiyat ta’limga nisbatan ma’lum bir siyosatni olib borib, jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlarga muvofiq yosh avlodni shakllantiradi. Ta’lim — ijtimoiy faoliyat sohasi sifatida bugungi kunda jamiyatdagi, umuman jahon tamadduni qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonida shaxs rivojlanishi uchun shart sharoit yaratishga qaratilgan. Shuning uchun ta’lim va bilish faoliyati, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiylashtirish uyg‘unlashuviga aylanib bormoqda. Ta’lim tizimiga, xususan, Kadrlar tayyorlash davlat dasturi asosiga ham qadriyatlarni shakllantirish singdirilgan. Ta’lim maqsadi — har bir shaxs, jamiyatni rivojlantirish va global miqyosda moddiy, madaniy ma’naviy qadriyatlarni saqlash hamda rivojlantirishdir. Mustaqil va erkin fikrlovchi shaxsni, vatanparvarlik, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq fuqaro, malakali mutaxassisni shakllantirish uchun shart-sharoitni ta’minlash talab etiladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ishtirok eta oladigan, mamlakat, oila taqdiriga mas’ul shaxsni shakllantirish, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish -kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturning asosiy ustuvor tomonlaridir. Ta’limda va mustaqil amalga oshiriladigan o‘rganishda malaka oshiriladi, bilim orttiriladi. Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashda umum e’tirof etilgan qadriyatlar qabul qilinadi va ishlab chiqiladi. Keng ma’noda tarbiya — bu, maxsus tashkil qilingan, shaxsni rivojlantirish uchun avloddan-avlodga ijtimoiy tarbiya tajribasini yetkazish jarayonidir. Tor ma’noda esa, tarbiya — bu katta yoshdagilarning bolalarni jamiyat hayotining aniq bir vaziyatiga kiritish, uning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma faoliyatdir. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va kommunistik mafkura hukmronligi sharoitida rasmiy jamoatchilik ongi individuallikning ko‘rinishlariga nisbatan inson huquqlarini tan olmagan. O‘ziga xoslik bir tomonlama — o‘z-o‘zini o‘ylash, xudbinlik deb tushunilgan. Bu o‘sha davr tuzumiga qulay va ma’qul edi. Ushbu sharoitdan kelib chiqib ta’lim jarayoni “o‘rtacha o‘quvchi”ga va bir xildagi o‘quv rejalari hamda dasturiga mo‘ljallanib qurilgan. Insonning o‘ziga xosligi irsiy qobiliyatlar asosida tarbiya jarayonida va ayni paytda o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarida shakllanadi. Ta’limda o‘ziga xoslikni hisobga olish har bir shaxsning imkon qadar yuqori rivojlanish imkoniyatlarini ochish, psixologik o‘ziga xosligining betakror va bebaholigini tan olishdan kelib chiqqan holda rivojlanish shart-sharoitlarini yaratishni bildiradi. Ta’limga individual yondoshuv bir odamni boshqalari bilan emas, bitta va aynan o‘sha shaxsni uning o‘z hayot yo‘lidagi turli bosqichlarida qiyoslashni talab qiladi. O‘ziga xoslikni namoyon etish, uning tiklanishi va rivojlanishi uchun oqilona shart-sharoit yaratish — ta’limning muhim vazifalaridan biridir. Agar ta’limning gumanitar tamoyillariga rioya etilsa, bolani bir paytning o‘zida ham tarbiya obekti, ham subekti deb tasdiqlash noto‘g‘ri. Bola o‘ziga ta’lim subekti sifatida qarashi mumkin. Ilgari ta’lim tizimi shunday tuzilgan ediki, hatto yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar o‘qituvchining o‘z shaxsiyatiniko‘rsatish vositasiga, pedagogik dastur va rejalarni amalga oshirish vositasiga aylangandi. Ta’lim oluvchini ta’lim jarayonida erkinlikka yo‘naltirilgan insonparvarlik pedagogikasi ta’lim faoliyatining barcha subektlari vositalari va maqsadlari uyg‘unlashuviga olib boradi. Bunday pedagogika tarbiya va pedagog, bola va guruh mohiyati ifodasi hisoblanadi. Ta’lim obekti esa faqat ta’lim materiali bo‘lishi mumkin. Yangilanayotgan jamiyat o‘z a’zolari o‘rtasida birgalikda harakatlanish, hamkorlik, bag‘rikenglik, o‘zaro yordamga asoslangan yangi munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy munosabatlarning bu qadriyatlari ta’lim jarayonida o‘z ifodasini topishi zarur. O‘qituvchi bolalarga nisbatan mehr va ishonch bilan yondoshsa, o‘quvchilar esa o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini amalda qo‘llashda erkin bo‘lgan faoliyat yuzaga kelganda o‘zaro tushunishga erishiladi. Ziddiyat va kurash barham topganda, bolalar kattalar maslahatiga quloq tutib boshlaganda o‘zaro tushunish paydo bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning har qandayvaziyatda, o‘qish yoki hayotiy masalalariga oid qiyin vazifalarni hal etishda chin do‘stga aylanadi. Hamkorlikdagi pedagogika o‘zaro tushunish, ishonch, bir-birini qo‘llab- quvvatlashni, ijodiy hamkorlikka tayyorgarlikni yuzaga keltiradi va yoshlarning aslqadriyatlarni anglashi hamda tan olishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida jismoniy, psixologik, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlovchi va yoshlarda o‘zini hamda boshqalarni himoya qilish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan choralar tizimini yaratish lozim. Shuningdek, aniq pedagogik harakatlar, shaxs rivojlanishining psixologik va ijtimoiy omillar muvofiqligi va kelishuvchi, katta yoshdagilar va bolalarning bir-biriga yuqori darajada ishonchli munosabatlari ham nazarda tutiladi. Albatta, bu bolani butun muammolar va qiyinchiliklardan qurshab turadigan sun’iy sharoit yaratish degani emas. Pedagogik himoya o‘quvshining butun qobiliyatini rag‘batlantirish, o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qila olishini rivojlantirish asosida hayotdagi og‘ir vaziyatlardan chiqishning aniq usullarini birgalikda izlab topish jarayonida amalga oshiriladi. Bu faoliyat ko‘rsatish (masalan, bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini saqlash hamda mustahkamlash), ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam, huquqiy himoya va maslahat yo‘nalishlarida himoyalanishning maxsus usullari hamda tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etishni nazarda tutadi. Shaxsning jamiyatga, ijtimoiy hayotga kirib borishi murakkab va ko‘p rejali jarayon. Bir tomondan u shaxsga jamiyatning faol va teng huquqli a’zosi sifatida ishlashiga imkoniyat yaratuvchi ma’lum bir qadriyatlar tizimini (meyor, namunalar, bilim, tasavvur) o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomondan -bu shaxsiy ijtimoiy tajribaga ega bo‘lish va o‘zini faol sur’atda qayta qurish jarayonidir. Ta’lim va kasbiy dasturlar o‘z asosiga xalqlarning boy, intellektual, ma’naviy-ahloqiy merosi, umuminsoniy qadriyatlar, fan, texnika, texnologiya va madaniyatning ilg‘or yutuqlarini singdirmoqda. Maktabgacha ta’lim darajasida bolalarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi uchun shart-haroit yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaviy tarbiyaning turli ko‘rinishlari uchun xilma-xil dasturlarni tanlash imkoniyatini ta’minlash, maktabgacha ta’limning barcha masalalari bo‘yicha malakali maslahat xizmatini olish, bolalarni maktabda muntazam ta’lim olishga tayyorlashni nazarda tutadi. Umumiy o‘rta ta’limning yangi tuzilmasi o‘quvchilarning intellektual va ahloqiy qudratini ochib berishga, xususan, o‘z imkoniyati, qobiliyatiga muvofiq ta’limga farqlangan yondoshuvni tatbiq etishga yo‘naltirilganlikni nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilarni kasbiy yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxislar markazlarining yaratilgan tarmog‘idagi iqtidorli bolalar va yoshlarni aniqlash, keyingi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri, ongli tanlash, o‘quvchilarning doimiy o‘zgaruvchan mehnat bozori va ta’lim xizmatiga bo‘lgan moslashishlarini ta’minlashi kerak. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dasturni amalga oshirish natijasi shaxsni erkin, aynipaytda mas’ul qilib shakllantirishda o‘quv-tarbiyaviy jarayonining mo‘ljali bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda inson bizning jamiyatimizda o‘z qobiliyatlarini, o‘zining ta’lim va kasb yo‘lini erkin tanlashni amalga oshira olishini, turli ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishini, ayni paytda ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklashgan holda jamiyat qonunlariga rioya etib mas’ulligini to‘liq his etishi lozim. Download 227.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling