O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali «Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi»
Download 227.2 Kb.
|
loyiha ishi
MUNDARIJATa’limning tashkiliy–metodik tamoyillari. Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o‘z ifodasini topgan: 33 KIRISH I bob TA'LIM SIFATINI BOSHQARISHNING AHAMIYATI. 1.1.Ta'lim sohasidagi islohotlar, modernizatsiyalash va integratsiyalash jarayonlari. Global o‘zgarishlar davrida ta'lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o‘zgarish sur'atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot soxalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo‘naltirilgan har xil g‘oya, qarashlar, uni targ‘ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta'sir ko‘rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi. Ta'lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o‘rnida yangi, ya'ni hozirgi zamonda ta'lim-tarbiya soxasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikatsiya tizimi, pedagogik texnologiyalarni joriy etgan xolda ta'limni amalga oshirishga, ta'lim soxasiga yangi innovatsiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e'tibor berilmokda. Uning yutuqlarini esa dunyo e'tirof etmoqda. Masalan, ta'lim sohasida innovatsiyalarni joriy etishga bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasini ikkinchi o‘rinni olganligi ham bunga dalildir. Mustaqillik yillarida “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi3, Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g‘oya va mafkuralar xilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta'lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondoshuv madaniyatiga ega bo‘lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta'lim-tarbiya soxasida muhim o‘rin to‘tadi. Bu borada e'tibor berilishi zarur bo‘lgan vazifalar sifatida qo‘yidagilarn aytib o‘tish mumkin. Birinchidan,mamlakatimizda demokratik jamiyat ko‘rish vazifalarini amalga oshirishda ta'lim-tarbiyani tubdan isloh etish va uni modernizatsiyalashtirish muhim rol o’ynaydi. Ikkinchidan, globallashuv davrida o‘qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifalari o‘zgaradi. Uni boshqaruvchanlik faoliyatiga yangicha talablar quyiladi. Boshqarish - bu yo‘naltirish, vazifa quyish, o‘rganish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlashni hamda maslaxat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko‘rsatma berishlari o‘z ichiga oladi. Ta'lim-tarbiyada donishmand va mo‘tafakkirlarning, xalqimizning milliy ma'naviy qadriyatlariga tayanish muhim ahamiyaiga ega. Uchinchidan, ta'lim-tarbiya jaryonidagi o‘zgarishlar tinglovchilar yoshlar oldiga ham muhim vazifa kuyadi. Ular izlash, keraqli bilimlarni mustaqil kidirib topish, axborot to‘plash va ularni ishlata bilishlari bilan bog‘liq. Umuman olganda globallashuv davrida ta'lim-tarbiya jarayoni zamon kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qo‘rish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta'lim soxasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya soxasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani xal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy tusik bo‘lmoqda. Shu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muxabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi. Download 227.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling