1-Mavzu: Turizimda axborot texnologiyalari, mazmun va mohiyati
Reja
Axborot texnologiyasi.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining turizmdagi ahamiyati.
Turizm tashkilotining axborot ta’minoti
Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi.
Inson turli a’zolari yordamida axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan idrok etadi, xotirasida saqlaydi, boshqalarga uzatadi. Umuman, insonning kundalik hayoti va faoliyati turli xil axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog‘liq. Hozirgi kunda axborotni qayta ishlovchi universal vosita sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Ushbu ishlarni kompyuterda amalga oshirish uchun axborot texnologiyalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |