O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi


Download 495.4 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi495.4 Kb.
#1610943
  1   2   3   4
Bog'liq
ekspert


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Mustaqil ish
Mavzu: EKSPERT TIZIMLARNING ASOSIY TURLARI VA ISHLATILISH SOHALARI
Guruh:020-19
Bajardi: Mametov.O
Tekshirdi: Jo’rayev.U

Reja.
1. Kirish
2. Intellektual va ekspert sistemalarning tuzilishi va asosiy qismlari.
3. Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish.
4. Ekspert tizimlardan foydalanish
5. Xulosa

Kirish: Ekspertdegan so`z sizga nimani anglatadi, ekspert deb atalgan inson qanday ish- larni bajaradi? Ekspertning bajaradigan ishlarini kompyuter amalga oshira olsa biz qanday afzalliklarga erishishimiz mumkin? Bu muammolar ustida do`stlari- ngiz bilan birgalikda bosh qotiring va biror bir yechimga kelgandan so`ng qu- yidagi material bilan tanishishni davom ettiring. Ma’lum muammo sohasidagi masalalarni yechishga mo`ljallab yaratilgan intellektual sistema ekspert Sistema- si deyiladi. Ekspert sistemalari bilimlarini to`ldirish manbai bo`lib, shu soha eks- pertlari xizmat qiladi. Barcha ekspert sistemalarning ishi konkret muammo sohasidan olingan qat’iy ekspert ma’lumotlariga asoslanadi.
2
Faraz qilaylik, quyidagi masalani yechish uchun ekspertlar guruhi yig`ildi: d aryo bo`yida joylashgan korxonalardan istalgani oqizgan bo`lishi mumkin bo`l gan neft dog`lari daryoda kuzatildi. Asosiy maqsad qaysi korxona neftni oqiz ganini topish va ifloslanish sabab, oqibatlarini bartaraf etishdir. Eng avvalo, bund ay masalani yechuvchi ekspert sistemasi hisoblashni bilishi kerak. Neft oqizil- gan joyni taxminan bilish uchun neftni suvga aralashish vaqti, daryo oqi- mi tezligi va yo`nalishi kabi ma’lumotlarni ishlatish kerak. Bunday ma’lumotlar yig`ilib, neft oqizilgan joy taxminan aniqlangandan keyin maxsus qoidalardan, masalan E1 va E2, foydalanib, aybdorni aniq topish mumkin. Bu qoidalar ev- ristik qoidalar deyiladi. Evristik qoidalar oddiy qoidalar asosida emas, balki ekspertning amaliy bilimiga asoslanadi.
E1 qoida: AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1 km oraliqdagi yuqorida bir korxona joylashgan bo’lsa, u holda shu korxona neftni daryoga oqiz- gan .
E2 qoida: AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1km oraliqdagi yuqorida bir necha korxona joylashgan bo`lsa, u holda eng ko’p neft ishlatuvchi korxona neftni daryoga oqizgan. Maqsadga erishish uchun ko`rib chiqilayotgan variantlar sonini kamaytirishga xizmat qiluvchi va fikrlash samarasini oshiruv- chi soddalashtirishlar qo`llaniladi. Ekspert sistemalarida evristik qoidalar asosi- da ishlatiladigan soddalashtirish mexanizmi evristik qidiruv mexanizmi deyi- ladi. Quyida evristik qidiruv mexanizmi keltirilgan.Evristik qidiruv mexanizmi suvni ifloslantirgan eng ehtimoli ko`p bo`lgan aybdorni aniqlaganidan keyin, ilga- ri surilgan gipotezani tekshirish uchun ekspert sistema boshqa qoidalar to`plami- ni ishlatishi mumkin. Eng avvalo korxona neft quvuri sistemasidagi nosozliklar qaraladi. Bunday evristik qoida foyda keltirishi mumkin: AGAR fabrika neft qu- vurining 1-uchastkasidagi bosim suv bosimidan kichik bo`lsa, U HOLDA 2 yoki 3-
3
uchastkalarni tekshirish kerak. Bunday qoidani faqat shu sohani biluvchi inson, ya’ni ekspert aytishi mumkin.
Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz:
• tibbiy diagnostika va davolash;
• kimyoviy analiz va sintez;
• molekulyar biologiya va gen injenerligi;
• sanoatda rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil qilish;
signallarni qayta ishlash;
• qurilmalar nosozligi diagnostikasi;
• geologik razvedka;
• avtomatlashtirilgan loyixalashning intellektual sistemalari;
• o`lchov sistemalari: ko`rish, boshqarish, ma’lumotlar taxlili;
• texnologik jarayonlarni boshqarish.
Intellektual va ekspert sistemalarning tuzilishi va asosiy qismlari.
Yuqoridagi olgan bilimlaringizdan foydalangan holda intellektual sistemalar
i- ning tuzilishi qanday bo`lishi mumkin deb o`ylaysiz? Qanday ma’lumotlar intellektual sistemalarning samarali ishlashiga yordam beradi? Nima qilganda insoniyatning kompyuterlarda saqlanayotgan bilimlarini yanada foydali ravishda ishlata olishimiz mumkin? Bu muammolar juda ham muhim va balki siz yangi ori- ginal yechimlar taklif qilarsiz deb o`ylaymiz.
Intellektual va ekspert sistemalar uch asosiy qismdan tuzilgan: faktlar va
ev- ristikalar haqidagi bilimlar bazasi, xulosa va yechim mashinalari, insonning ma- shina bilan muloqotini ta’minlovchi sistema.
4
Xulosa va yechim mashinasi sistemaning bir qismi bo`lib, bilimlar bazas idagima’lumotlarga qoida va mantiqni tatbiq etish imkonini beradi. Masalan, qoi-dalar asosida ko`rilgan ekspert sistemalarida “AGAR U HOLDA” qoidasi ikki xil yo`lda tahlil qilinishi mumkin:
• to`g`ri yo`nalishda yoki ma’lumotlar asosida, ya’ni muammoni yechish uchun yangi ma’lumotlar yoki shartlar qaraladi, hamda mos xulosa va oqibatlar tek- shiriladi.
• teskari yo`nalishda yoki maqsad tomonidan, ya’ni muammoni yechish uchun nazariy oqibatlar ishlab chiqiladi va uning xaqligini aniqlaydigan shartlar tekshi- riladi.
Insonning mashina bilan muloqotini ta’minlovchi sistema shunday bo`lis hi ke- rakki, unda faqat ekspert emas, balki yangi xodimlar ham ishlay olsin. Bunda qulaylik yaratuvchi “menyu”, piktogrammalar, sichqonchadan foydalanish yo`llari ishlatiladi.
Bilimlar bazasi bilimlarni belgilar shaklida saqlaydi. Aniqrok aytganda, unga
sonlar jadvali, kattaliklar qiymati diapazoni va hokazolar kirishi mumkin. Le-kin bilimlar bazasining asosini faktlar va evristikalar tashkil etadi. Bilimlar ba- zasidagi faktlar tarkibiga ob’ektlarning bayoni, ularning belgilari va ekspert siste- masini ishlatish sohasiga mos keluvchi sonli qiymatlar kiradi. Masalan, texno- logik jarayonlarni boshqarish sistemasi uchun bilimlar bazasi tarkibiga konkret korxonaning yoki uning bir qismining bayoni, alohida komponentlar xarakteris- tikalari, datchiklardan olingan qiymatlar, zaxiralar sostavi va hokazo kirishi mum- kin.Evristikalar yoki qoidalar konkret muammoni yechish uchun faktlar asosida xulosa chiqarish yo`lini bildiradi. Bu bilimlar asosan oldingi tajribaga asosla- nadi va undan ekspertlar doim foydalanishadi. Lekin ko`pincha u sir tutiladi.
5
Bilimlarni shunday jarayon sifatida tavsiflash mumkinki, bu jarayonda ekspert sis- tema yaratuvchilari tomonidan informatsiya “qidirib topiladi va boyitiladi”. Texno- logik jarayonlarni boshqarish sistemalari uchun bu bilimlar bunday qoidalar turku- mini o`zida saqlashi mumkin: zavodni yoki biror podsistemani profilaktik re- mont qilish kerak bo`lsa, joriy narxlarga ko`ra qancha zaxira hajmi saqlash mumkin, yoki nosozliklarni diagnostika qilish qoidasi va ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar va hokazo. Ekspert sistemalarning laboratoriyalar yoki butun firmalar mutaxassislari uchun ahamiyati bir qancha aspektlarda namoyon bo`ladi:
a) ekspert bilimlarni yig`ish, aniqlash, kodlashtirish va tarqatish;
b) inson imkoniyatlaridan yuqori bo`lgan muammolarni yechish;
c) bir inson qamrab olish mumkin bo`lmagan bilimlar hajmini talab qilu
vchi
muammolarni yechish;
d)bir necha sohalar bo`yicha ekspert bilimlar talab qilinadigan muammolarni yechish;
e) kollektivning eng nozik qadriyati - kollektiv xotirani saqlash;
f) yangi texnologiyani qo`llash hisobiga yuqori rakobatbardoshlikni ta’minlash.
6


Kompleks bilimlar bazasini yaratish mashinaning xatosiz ishlashi va bir necha ekspertlarning bilimi sintezi asosida keng imkoniyatlar ochadi. Agar bilim- lar bazasi bir necha soha informatsiyasini birlashtirsa, bunday bilimlar yig’indisi qo`shimcha qiymatga ega bo`ladi. Ekspert sistemalarning yuqorida qayd etil- gan "kollektiv xotira"ni saqlash nuqtai nazaridan ham ahamiyati katta. Ko`p korxonalar yuqori malakali mutaxassislarni yo`qotish muammosiga duch kela- dilar. Bunga ularning boshqa ishga o`tishi, yoki yuqori lavozimga ko`tarilishi, yoki o`limi, yoki pensiyaga chiqishi sabab bo`lishi mumkin. Bir qancha firmalar o`zlarining eng qimmatli xodimlari ekspert tajribalarini saqlab qolish uchun eks- pert sistemalarini qo`llay boshladilar. Bu bilimlarni saqlab qolish va ishdan ket- gan ekspert o`rnini yangisi bilan oson to`ldirish imkonini beradi. Iqtisodiy po- zitsiyadan esa ekspert sistemaning axamiyati shundaki, u firmaning raqobatbar- doshligini oshiradi. Bu shuni bildiradiki, ekspert sistemani birinchi bo’lib qo’l- lagan kompaniya uni qo`llamaganlardan albatta oldinga chiqib oladi.
7
Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan soha- laridan biridir. ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diag- noz qo'yadi. Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladi- gan masalalarga yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dastur- laridan farq qilib, ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada ma- salani hal etadi, bu tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlan- magan masalalarning yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoi- dalar yordamida masalani aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydi- gan tizimlarga juda ham to'g'ri keladi. ETlarning afzal shundaki, ular bilimlar- ni to'play olish, uzoq vaqt saqlash, eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlar- ga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas- sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxas- sislarning malakasini oshirish imkonini beradi. Sun'iy intellektning mashina sa- noati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifa- tini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshi- rish yaxshi natijalar bermoqda.

Download 495.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling