IQTIBOS KELTIRISH. PARAFRAZA
Iqtibos (arab. — ziyo olmoq), sitata — biror asardan soʻzma-soʻz
olingan
parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan
fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida
qoʻllaniladi. Iqtibos, asosan, ilmiy (koʻpincha gumanitar)
va rasmiy nutqda
ishlatiladi hamda qoʻshtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi;
shuningdek, manbaga havola qilinadi. Bunday koʻchirmalar foydalanuvchining fikri
bilan qiyoslanganda uning mohiyatini toʻgʻri tushunish imkonini beradi. Masalan,
badiiy
adabiyotning, soʻzning gʻoyaviy-estetik taʼsir kuchi, ahamiyatini quroldan
ham kuchliroq ekanligi toʻgʻrisidagi fikrni mustah-kamlash maqsadida P.
Tursunning "Adabiyot zambarakdan zoʻr" yoki A. Qahhorning "Adabiyot atomdan
kuchli" degan soʻzlarini yoki boʻlmasa, "tigʻ yarasi bitar, ammo til yarasi bitmas"
maholini iqtibos sifatida qoʻllash mumkin. Iqtibosdan koʻp hollarda epigraf va shior
oʻrnida ham qoʻllaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, Iqtibosda orfografiya
va punktatsiyani oʻzlashtirish, soʻz (soʻzlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda
koʻp nuqta bilan belgi qoʻyiladi).
Parafrazing - bu mualliflarning plagiatdan qochish
uchun foydalanadigan
vositalaridan biri. To'g'ridan-to'g'ri takliflar va xulosalar bilan bir qatorda,
o'zingizning yozishingizga qo'shilishi mumkin bo'lgan
boshqa odamning ishidan
adolatli foydalanish. Ba'zan, siz so'zma-so'z keltirish o'rniga kotirovkalarni
parafrazlash orqali ko'proq ta'sir o'tkazishingiz mumkin.