O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay


Download 13.06 Kb.
bet2/5
Sana26.10.2023
Hajmi13.06 Kb.
#1725675
1   2   3   4   5
Bog'liq
ecology

Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay

oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan

ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir.

Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish

tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari

qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-

qog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning ko`pchilik

yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini

iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat

berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida O`zbekistonda ham

alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta

ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l

hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat

qiladi.

Insoniyatning tabiatga, ekologiyaga ta’siri.

Global muammolar - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi

zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro

terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan

va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi

tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan

mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof

muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli

resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan

va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi.


Download 13.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling