18.05.2023.
Amaliyotimning beshinchi kunida 9-sinf o’quvchilari uchun Python
dasturlash tilida Funksiyalar mavzusi haqida dars mashg’uloti o’tildi. Dars doirasida
o’quvchilarga Qiymat qaytaruvchi funksiyalar va
Moslashuvchan funksiyalar
haqida ma’lumot beriladi, undan tashqari *args va **kwargs usullari haqida so’z
yuritiladi.
Dars – Muqaddas.
Sana: 18.05.2023.
Sinf: 7– “A”.
Fan: Informatika va axborot texnologiyalari.
Mavzu: Python dasturlash tilida funksiyalar
Funksiya – bu ko'p marta ishlatiladigan dastur bo'lagi. Funksiyalar ma'lum
buyruqlar blokini ko'rsatilgan nom bilan saqlash va shu blokni dasturning istalgan
joyida,
istalgan
miqdorda
bajarish
imkonini
beradi.
Biz
oldingi
darslarimizda
len va
range Python funksiyalari bilan tanishgan edik.
Funksiyalar
def zahira
so'zi
orqali
aniqlanadi.
Bu
so'zdan
so'ng
funksiya
nomi, undan so'ng qavs va shu qavs ichida bir necha o'zgaruvchilarni
ko'rsatish mumkin bo'ladi va oxirida ikki nuqta (:) yoziladi. Shulardan so'ng
funksiyani tashkil qiluvchi buyruqlar bloki yoziladi. Quyidagi misolda
buning oson
ekanligini ko'rish mumkin.
Misol: (function1.py nomi bilan saqlang)
def sayHello():
print('Salom, Dunyo!') # funksiyaga tegishli blok
# Funksiya
oxiri
sayHello() #
funksiyani chaqirish
sayHello() # ya'na bir marta funksiyani chaqirish
Natija:
$ python function1.py
Salom, Dunyo!
Salom, Dunyo!
Agar funksiyalaringiz bir nechta argument qabul qilishi kerak bo’lsa-yu,
lekin siz argumentlar sonini aniq bilmasangiz, Pythonda istalgancha qiymat qabul
qiluvchi funksiya yaratish imkoniyati bor.
*args USULI
Agar funksiya qabul qiladigan parametrlar soni noaniq bo’lsa va
parametrlar yagona qiymatlar ko’rinishida
uzatilsa, funksiya yaratishda
argumentdan avval yulduzcha qo’yiladi.
**kwargs USULI
Agar funksiyaga kalit-qiymat ko’rinishidagi argumentlarni uzatish talab
qilinsa va bunday parametrlar soni noma’lum bo’sa, argument oldidan ikkita
yulduzcha qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: