O’zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati xalq ta`limi bo’limiga qarashli 1-son iqtidorli bolalar litsey-maktabi
Download 1.72 Mb.
|
sinf-rahbar-ish-rejasi-tayyor-2019-yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota onalarni yig’ilishlarga qatnashishi
- 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari
- TASDIQLAYMAN”
Ota-onalar yig’ilishlari rejasi
Ota onalarni yig’ilishlarga qatnashishi
1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari a) Ta’lim muassasasi hududida: maktabga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, toza va orasta kiyingan holda kelish; hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat maxsus belgilangan joylarga tashlash; ustozlar va maktab mexmonlari bilan uchrashganda salom berish; o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik; ta’lim muassasasi mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash; maktabga «Ustav»da belgilangan o‘quvchilar formasida kelish; maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan o‘quv darsliklari bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, darsga to‘liq o‘quv darsliklari bilan qatnashishi, ma’naviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmasligi); b) Dars vaqti (sinf xonalari)da: dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish; uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish; dars vaqtida o‘rinsiz gaplashmaslik; jihozlarni asrab-avaylash, partalarga yozmaslik; qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik; ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik. Navbatchi o‘quvchi tomonidan o‘quvchilar davomatini aniqlash va darsga kelmagan o‘quvchilar haqida o‘qituvchiga ma’lumot berish.v) Tanaffusda: tanaffusdan unumli foydalanish; o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga solish; navbatdagi dars bo‘ladigan xonaga ko‘chish; pedagog ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash; sinf navbatchisi tanaffus vaqtida sinfda bo‘ladi, sinf xonasida tozalik va tartib saqlaydi, mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng sinf xonasini toza holatga keltiradi. g) Maktab oshxonasida: taomlarni olishda «Navbat» tartibiga rioya qilish; tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish; ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik. issiq va suyuq ovqatlarini tanavvul etishda ehtiyotkorlik ko‘rsatish; oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni shu yerda iste’mol qilish; ovqatlangandan so‘ng stolni tozalab qo‘yish. d) Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazida: kutubxona va ARM xodimlari bilan hushmuomalada bo‘lish; kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik; qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik; kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish. e) Sport majmualarida: sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish; sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish; mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish; sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish. j) Shuningdek, turli davralarda: o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan o‘quvchilik odobi haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish: ko‘cha-ko‘yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish, jamoat transportlarida keksa va yosh bolali yo‘lovchilarga joy berish; doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash; o‘z maktabi manfaati, uning sha’ni va nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish. “TASDIQLAYMAN” Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling