Leykostitlar miqdorini sanash:
Mikroskop bilan sanoq kamerasida sanash.
Avtomat yoki yarim avtomat elektron hisoblagichlar yordamida sanash.
Materialni tayyorlash:
1. Noksimon pipetka yordamida barcha probirkalarga 0,4 ml dan sirka kislota eritmasini
quyib chiqing.(bemorlar soniga qarab)
2. Har bir probirkaga tartib raqami qo’yib, bu raqamning bemor yo’llanmasidagi raqamga
to’g’ri kelishiga ishonch hosil qiling.
3. Pipetkaning 20 mkl darajasigacha kapillyar qon oling va unda navo pufakchalari yo’qligiga
ishonch hosil qiling.
4. Pipetkaning tashqi tomonidagi qonni arting.
5. Pipetkadagi qon avvalgi darajaning o’zida turganiga ishonch hosil qiling.
6. Qonni (1:20 nisbatda suyultirilgan) sirka kislotali probirkaga puflab tushiring va pipetkani
eritmada uch marta chayib oling.
7. Hosil bo’lgan aralashmani kamida bir daqiqa davomida yaxshilab aralashtiring. Probirkani
tiqin bilan berkitib, ag’dargan holatda, silkitib turgan ma’qul.
8. Qoplag’ich oynani hisob kamerasi ustiga qo’ying va uni sal bosib turib, ozgina
narakatlantirgan va bosgan holda oynada kamalak rangli nalqa (Nyuton nalqasi) paydo
bo’lgunicha, uni ishqalab kameraga yopishtiring.
9. Hisob kamerasining bir tomonini to’ldirish uchun pipetkani kichik burchak ostida tutib,
qoplag’ich oyna chetiga tekkizing. Kamerani toshirib yubormang.
10. Leykostitlar cho’kishi uchun kamerani kamida 1 daqiqa davomida tinch holda saqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |