Muhim
Maxsus qoplag’ich oynadan foydalanish va uni sanoq kamerasiga ishqalab to’g‘ri yopishtirish
juda muhim. Qoplag‘ich oyna noto’g’ri o’rnatilsa, bu kamera hajmini o’zgarib qolishiga
sabab bo’lib, natijani noto’g‘ri chiqishiga olib keladi.
Hujayralaring sanoq kamerasida notekis taqsimlanishi xatolar ko’p bo’lishining eng ko’p
uchraydigan sababidir. Sanashda xato kam bo’lishi uchun kameradagi hujayralar aralashmasi,
sanoq boshlangunga qadar, cho’kishi uchun, 1-2 daqiqa davomida tinch holatda qolishi kerak.
Bundan tashqari, sanashda xato qilish ehtimolini kamaytirish uchun, hujayralari chiziqlar bilan
bo’lib chiqilgan butun sona bo’ylab sanab chiqish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |