Buyrak parenximasini kesish — nefrotomiya (nephrotomiya) K o‘ r s a t m a l a r :
buyrak karbunkuli, gidro- va pielonefroz, korall toshlar va organ parenximasida kichkina
toshlarning ko‘p bo‘lishi.
Fedorov bo‘yicha ochishda kesma XII qovurg‘a bilan orqani to‘g‘ri ushlaydigan muskul
oralig‘idagi burchak cho‘qqisidan, umurtqalarning bigizsimon o‘siqlaridan 7—8 sm tashqarida
boshlanadi va pastga qiyshiq yo‘naladi; yonbosh suyak qirrasiga etmasdan turib kesma
ko‘ndalangiga kindik tomonga yo‘naltiriladi.
Teri, teri osti kletchatkasi va yuza fasstiya kesiladi. So‘ngra qorin pardani
jarohatlantirmaslikka xarakat qilib, qorinning ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullari kesiladi va
jaroxatning orqa bo‘limida qorin parda orti yog‘ kletchatkasiga teshib kiriladi. Doka sochiqcha
yordamida tumtoq yo‘l bilan qorin xaltasi ko‘chiriladi va oldinga itariladi. Jaroxatning vertikal
bo‘limida yopiq anatomik pinstetlar bilan qorin parda orti yog‘ kletchatkasi so‘riladi, buyrak orti
fasstiyasi kesiladi va so‘ngra paranefral yog’ kletchatkasi siljitilib, buyrakning orqa yuzasi
ochiladi. Ikkala qo‘lning ko‘rsatkich barmoqlari bilan buyrak to‘qimadan ajratiladi va u
jaroxatga chiqariladi.
Operastiyaning o‘zi shundan iboratki, bunda buyrak parenximasi uning qavarib chiqqan
qirg‘ogi o‘rtasidan 1 sm orkada bo’ylamasiga kesiladi va tegishli manipulyastiya (toshlarni olib
tashlash, karbunkulni kesib ochish) tugatilgandan so‘ng organ to‘qimasi ketgut choklar bilan
tikiladi. Jaroxat qavatma-qavat tikiladi, rezina drenaj ko‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |