O‘zbеkistоn rеspublikаsi sog‘liqni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot instituti anatomiya, klinik anatomiya (oxta) kafedrasi
Buyrakni olib tashlash — nefrektomiya
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik anatomiya va oxta
Buyrakni olib tashlash — nefrektomiya. K o‘ r s a t m a t l a r .O‘q otilgan jaroxatlar,
buyrakning shikastlanishi tufayli yorilishi, pielonefroz, gidronefroz, buyrak o‘smalari. Nefrektomiya operastiyasini bajarishdan oldin ikkinchi buyrakning mavjudligi va uning ishlayotganligig a ishonch xosil qilish lozim, chunki yagona buyrakni olib tashlash so‘zsiz o‘limga olib keladi Bemor sog‘lom yonboshi bilan yotadi, shu yonboshi tagiga bolish qo‘y il ad i. Sog‘lom tomondagi oyoq chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarida bukiladi, kasallangan tomonda esa to‘g‘rilanadi (yoziladi). O p e r a st i ya t ex n i k a s i . Bergmann — Izroil bo‘yicha kesib ochishda kesma orqani to‘g‘ri ushlaydigan muskul bilan XII qovurg‘a oral ig‘ida xosil bo‘lgan burchakdan yuqoriroq va medialroqda boshlanadi. Kesma shu burchak bisssktrisasi bo‘ylab qiyshaytirilib, nac ga va oldinga yo‘naltiriladi, yonbosh suyagining oldingi yukoridagi chikib turgan joyidan 3-4 sm balandrokda o‘tib, oldingi aksillyar chiziqqacha boradi. Keyin siydik yo‘liningpastki kismiii ochishga extiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa, kesma chov boylamiga parallel ravishda oldinga va pastga tomom davom ettiriladi. Kesma chizigi bo‘ylab, teri tori osti kletchatkasi va yuza fasstiya, orkaning keng muskuli, qorinning tashqi qiyshiq muskuli, orqa pastki tishsimon muskul va qorinning ichki qiyshiq muskuli, bel - ko‘krak fasstiyasining chuqur varag‘i va qorinning ko‘ndalang muskuli kesiladi. Oxirgi qavatni kesishdan avval ikkita nerv —qovurg‘a osti va yonbosh nervlar xolatiga e‘tibor qilinadi. Bu nervlar XII qovurg‘adan pastda, ko‘ndalang muskul ustida joylashgan va ular nervlaydigan muskullar atrofiyaga uchramasligi uchun bu nervlarni kesmaslik lozim. Qorin bo‘shlig‘i ochilib ketmasligi va chambar ichak shikastlanmasligi uchun parietal qorin parda tupfer bilan oldinga va yuqoriga itariladi. Jaroxatning yukori medial burchagida plevra xaltachasi past joylashganida, shuningdek XII qovurg‘a yo‘q bo‘lgan xolda qovurg‘a-diafragma sinusi tasodifan 108 kesilib, ochilib ketishi mumkin. Qorin parda yoki plevra jaroxatlanganda teshik uzluksiz ingichka ketgutli choklar bilan tikiladi. Buyraklar yukori joylashganda jaroxat kengaytiriladi yoki XII qovurg‘a rezekstiya qilinadi. Qorin devori kesilgandan keyin buyrak fasstiyasining orqa varag‘i kesiladi, uning tagida buyrakning yog kapsulasi ochiladi. Jaroxat qirg‘oqlari ilmoqchalar bilan kengaytiriladi va yog‘ kletchatkasi buyrakdan ajratiladi. Buyrak barcha tomondan ajratilgandan keyin u o‘ng qo‘l bilan qamrab olinadi va jaroxatga chiqariladi. So‘ngra extiyotkorlik bilan buyrak oyoqchasining oldingi na orqa yuzalaridan tupfer yordamida birin-ketin buyrak venasi, arteriyasi, so‘ngra buyrak kosachasining orqa devori va siydik yo‘lini ocha turib, yog‘ kletchatkasi olib tashlanadi. Siydik yo‘lini iloji boricha pastgacha ajratib, unga ikkita mustaxkam ketgut ligaturalar qo‘yiladi; operastiyadan keyin jaroxatga aloxidalab qo‘yadigan sochiqchalar yopiladi va qo‘yilgan ikkala ligaturalar orasida siydik yo‘li kesiladi. Siydik yulining kesilgan joyiga yod surtiladi. Xar bir buyrak tomirlari tagiga bir-biriga 1 sm uzoklikda ikkitadan ipak ligatura olib kelinadi. Birinchi bo‘lib, umurtqaga yaqin ligatura pastki kavak vena devorini qamrab olmaslik uchun extiyotkorlik bilan bog‘lanadi. Ikkinchi ligatura ham bog‘lanadi va ular bilan buyrak darvozasi oralig‘iga Fedorov qisqichi qo‘yiladi. Qon tomirlari quyidagi tartibda avval arteriya, so‘ngra vena bog‘lanadi. Qisqich branshlari ochiladi, agar qon ketmayotgan bo‘lsa, unda echib olinadi, ligaturalarning uchlari kesiladi va buyrak olinib joylashtiriladi. Qunt bilan gemostaz o‘tkazilgandan so‘ng buyrak o‘rindig‘iga rezina drenaj qo‘yiladi. Jaroxat drenajgacha qavatma – qavat tikiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling