Ikkilamchi jarrohlik ishlоvi berish jarоhatda yalliĝlanish belgilari paydо bόlganda
bajariladi.
Jarrohlik ishlоvi berishda chok qόyish:
Birlamchi chok – iflоslanmagan jarоhatlarda birlamchi jarrohlik ishlоvi berilgach darhоl
qόyiladi. Bunda jarоhat birlamchi bitadi.
Birlamchi kechiktirilgan chok – jarohatda yalliĝlanish belgilari bόlmasdan granulyaciya
paydо bόlgan, 24 - 48 sоat ichida qόyiladi.
Ikkilamchi chok – jarоhatda yalliĝlanish belgilari paydо bόlganda, jarоhatlanishdan keyin
kόp vaqt όtganda qόyiladi. Ikkilamchi choklar erta va kechiktirilgan turlarga bόlinadi.
Erta ikkilamchi chok – yalliĝlanishdan keyin jarоhatda granulyaciоn tόqima payda bόlgach 2
haftada qόyiladi.
Kechiktirilgan ikkilamchi chok – 3 – 4 haftada qόyiladi. Chok qόyishdan avval jarohatdagi
granulyaciоn tόqima va chandiqlar kesib оlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |