O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti


Download 0.57 Mb.
Sana09.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1255481
Bog'liq
1 mavzu







O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI


119 A guruh talabasi Muhammadjonov Ahrorjonning.
Akusherlik va Ginekologiya fanidan.
"Akusherlik va Ginekologiya startsionarining tuzilishi va ishni tashkil etish. Ayollarni jinsiy a'zolarinining klinik Anatomiyasi. Tug‘ruq yo‘llari. Homila tug‘riq ob'ektiv sifatida o‘rganish. Periniontal yordam asoslari. Homiladorlarni tekshirish usullari, Homiladorlik erta va kechki mudadatlarida tashxislash Tug‘ruq, Tug‘ruq davrlari Partogrammani olib borish Tug‘ruqnining 3 darvni faol olib borish, Chaqaloqlar holatini Apgar shkalasida baholash, Ensa oldingi turida tug‘ruq biomexanizmi, Chaqaloqlar birlamchi ishlov berish." mavzusida
Qayta topshirish
Ishi
Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi Reja: 1.Ayolning tashqi va ichki jinsiy a’zolari tuzilishi 2.Tashqi jinsiy a’zolar anatomiyasi 3.Ichki jinsiy a’zolar anatomiyasi 4.Qinning tozalik darajalari 5.Mo’tadil (normal) hayz ko’rish davri. 6.Estrogenlar 7.Ayol gigienasining xususiyatlari Ayolning tashqi va ichki jinsiy a’zolari tuzilishi. Ayollar jinsiy a’zolarinn tashqi va ichkn a’zolarga ajratish rasm bo’lgan. Tashqi jinsiy a’zolarga kov, katta va kichik jinsiy lablar, klishr, Qin daxlizi, qizlik pardasi, ichkn jinsiy a’zolarga esa Qin, bachadon, bachadon naylari va tuxumdonlar kiradi. Tashqi jinsiy a’zolar anatomiyasi. Kov teri osti kletchatkaenga boy, voyaga yetgan davrda jun bilan qoplanib, asosan yukori tomonda joylashgan uchburchak shaklidagi soxadir. Katta jinsiy lablar ikkiga teri burmasidan xosil bo’lgan, bo’larda yog kletchatkasi, yor va ter bezlari bo’ladi.


Oldingi va orqa tomonda ular oldingi va orqa bitishmalar bilan bir-biriga qushilgan. Katta jinsiy lablar jinsiy yoriq bilan bir-biridan ajralib turadi. Katta jinsiy lablar pastki uchdan bir qismining bag’rida qin daxlizining katta-katta bezlari joylashgan, ular vestibulyar bezlar deb ataladi, bu bezlardan ishlanib chiqadigan ishkoriy sekret qinga kirish yulini namlab turadi va urug’ suyukligini suyultirib beradi. Bu bezlarning chiqarish yullari kichik jinsiy lablar bilan qizlik pardasi o’rtasidagi egatchada ochiladi. Kichik jinsiy lablar ham ikkita teri burmachalaridan iborat, bo’lar shilliq parda ko’rinishida bo’lib, katta jinsiy lablardan ichki tomonda joylashgan. Normada jinsiy yoriq yopilib turadi va qinga infeksiya o’tishi va quruq bo’lib qolishdan saqlaydi. Klitor jinsiy yoriqning oldingi burchagida joylashgan, qon tomirlari va nerv chigallari bilan mul-kul ta’minlangan, ikkita g’orsimon tanadan tuzilgan. Qin daxliz kichik jinsiy lablar bilan cheklangan bushliqdir. Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi, daxliz katta bezlarining chiqarish yullari, qinga kirish yuli shunga ochiladi. Qizlik pardasi tashqi va ichki jinsiy a’zolarni bir-biridan ajratib turadigan biriktiruvchi tuqimadan iborat yupka tusikdir. Bu parda xalkasimon, yarimoysimon, tishsimon, kuraksimon shaklda bo’ladi. Birinchi jinsiy aloka paytida qizlik pardasi yirtilib, xar xil darajada qon ketadi. Bu pardaning qoldiqlari gimenal surgichlar deb ataladi, tug’ruq maxalida yana yirtilganidan keyingi qoldiqlari mirtasimon surg’ichlar deyiladi. Ichki jinsiy a’zolar anatomiyasi. Qin voyaga yetgan ayolda uzunligi 8-10 sm keladigan muskul va fibroz tuqimadan iborat naydir. Qinning oldingi, orqa, yon tomondagi ung va chap gumbazlari tafovut kilinadi. Ham masidan chukurrok bo’ladigan orqa gumbazida qin suyukligi, jinsiy aloka vaqtida esa urug’ suyukligi tuplanadi. Qin devorlari shilliq parda, muskul qatlami va urab turuvchi kletchatkadan tashqil topgan. Qinning shilliq pardasi kup qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, pushti rangda bo’ladi va Tug’ruq maxalida qinning chuzilishini ta’minlab beradigan bir talay kundalang burmalardan iborat. Qin bushligining kislota reaksiyali bulishi qin batsillalari yoki Dederleyn tayokchalari xayot faoliyati davomida xosil bo’ladigan sut kislotaga borlikdir. Ular qin shilliq pardasidagi epiteliy hujayralarining glikogenini sut kislotaga kadar parchalaydi. Bachadon sillik muskullardan tuzilgan noksimon shakldagi ichi bush a’zo bo’lib, oldingi-orqa yunalishda bir oz yassilangan

Uning tanasi, buyinchasi va buyi tafovut etiladi. Tanasining kavarik bo’ladigan ustki qismi bachadon tubi deb ataladi. Bachadon bushligi uchburchak shaklida bo’lib, ustki burchaklariga bachadon naylarining teshiklari ochiladi. Pastki tomonda bachadon bushligi torayib, bachadon buyinchasiga (bachadon tanasi bilan buyni o’rtasida qismi, uzunligi 1 sm atrofida bo’ladi) aylanadi va bachadonning ichki teshigi (bugizi) bilan tugallanadi. Bachadon buyni bachadonning pastki, tor qismi bo’lib, unda qin gumbaz- laridan pastrokka turtib chikib turadigan qin qismi va qin gumbazlaridan yukorirokda turadigan qin usti qismi tafovut kilinadi. Bachadon buyni silindrsimon shaklga ega. Bolalik davrida va jinsiy a’zolari rivojlanmay kolgan ayollarda bachadon buyni konussimon shaklda bo’ladi. Bachadon buynining ichidan uzunligi 1-1,5 sm keladigan buyin kanali (servikal kanal) utadi, uning ustki bo’limi bachadonning ichki teshigi, pastki bo’limi esa tashqi teshigi bilan tugallanadi. Bachadonning uzunligi 7-9 sm ni tashqil kiladi. Kengligi tubi soxasida 4,5-5 sm ni, devorlarining qalinligi 1-2 sm ni tashqil kiladi. Bachadon massasi 50 g dan 100 g gacha boradi. Bachadon devorlari uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavati silindrsimon bir qavatli xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan, bir talay naysimon bezlari bo’ladigan shilliq parda (endometriy) dir. Bachadon shilliq pardasining ikki qavati: muskulli qavatiga takalib turadigan bazal qavat va xayz sikli maxalida ritmik o’zgarishlarga uchrab turadigan yuza funksional-qavat tafovut kilinadi. Bazal qavat o’suvchi qavat bo’lib, funksional qavati shunday tiklanib, o’rni to’lib turadi. Bachadon devorining kattagina qismini o’rta muskulli (miometriy) qavat tashkil qiladi. Muskulli qavati sillik muskul tolalaridan tuzilgan bo’lib, uzunasiga ketgan tashqi va ichki doirasimon joylashgan o’rta qavatlarni tashkil kiladi. Bachadonning tashqi-seroz qavati (perimetriy) uni qoplab turadigan qorin pardasidan iborat. Bachadon kichik chanoq bushlig’ida qovuq bilan to’g’ri ichak orasida, chanoq devorlaridan teng masofada joylashgan. Bachadon tanasi oldnnga, simfizga biroz egilgan (bachadon anteverziyasi), buyniga nisbatan (bachadon antefleksiyasi) bu burchak oldinga ochilgan. Bachadon buyni orqaga qaragan, tashqi teshigi qinning orqa gumbaziga taqalib turadi. Bachadon naylari bachadonning o’ng va chap burchaklaridan boshlanib, yon tarafga chanoqning yon devorlari tomoniga qarab boradi. Ularning uzunligi o’rtacha 10-12 sm, yug’onligi 0,5 sm. Bachadon naylarining devorlari uch qavatdan: bir qavatli silindsimon xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan shilliq pardasi, o’rta-muskul va tashqi-seroz qavatdan tashqil topgan. Bachadon naylarning bachadon devori bag’riga utuvchi interstitsial qismi, hammadan ko’ra ko’prok toraygan o’rta qismi va voronka holida tugallanadigan keng ampulyar qismi tafovut qilinadi. Tuxumdonlar ayollarning juft jinsiy bezlaridir. Ular bodomsimon shaklda va oqish-pushti rangda bo’ladi. Voyaga yetgan ayolda tuxumdon uzunligi o’rtacha 3,5 sm ni, eni 2-2,5 sm ni, qalinligi 1,1-5 sm ni, massasi 6-8 g ni tashkil kiladi. Tuxumdonlar bachadonning ikkala tomonida, serbar boylamlar orqasida joylashgan bo’lib, bo’larning orqa varaqlariga birikkan. Tuxumdon murtak epiteliysi qavati bilan qoplangan, buning ostida biriktiruvchi tuqimadan iborat oqsil pardasi joylashgan bo’ladi. Yanada chukurrokda miya moddasi joylashgan, unda bir talay birlamchi follikulalar rivojlanishning xar xil bosqichlarida turgan follikulalar, sarik tanalar topiladi. Tuxumdonning ichki qavati asosan biriktiruvchi tuqimalardan tashqil topgan miya qavati bo’lib, undan bir talay tomirlar va nervlar utadi. Jinsiy jihatdan yetuklik davrida tuxumdonlarda oy sayin tuxum hujayralar ritmik ravishda yetilib borib, ururlanishga yaroqli bo’lib qoladi va qorin bushlig’iga chiqib turadi. Tuxumdonlar ichki sekresiya bezlari bo’lib, jinsiy gormonlar ishlab chiqarib turadi. Bachadon naylari, tuxumdonlar va bachadon boylamlari bachadon ortiqlari deb ataladi. Jinsiy a’zolarning boylam apparati va kichik chanoq, kletchatkasi. Ayollar jinsiy a’zolarining odatdagicha, tipik ravishda joylanishiga quyidagi omillar yordam beradi: jinsiy a’zolarning tonusi, jinsiy a’zolar orasidagi uzaro munosabat, diafragma, qorin devori va chanoq tubining kelishib ishlashi, bachadonni ko’tarib turadigan, mustahkamlaydigan va ushlab turadigan apparatlari. Bachadonning kutarib turadigan apparati boylamlardan iborat, bo’lar qatoriga dumalok, serbar juft boylamlar, voronka-chanoq boylamlari va tuxumdonlarning o’z boylamlari kiradi. Dumalok boylamlar bachadon burchaklaridan, bachadon naylarinnng oldingi tomonidan chiqib, chov kanali orqali o’tadi va qov birlashmasi sohasida birikib, bachadon tubini oldinga tortib turadi (bachadon anteverziyasi). Serbar boylamlar bachadonni kichik chanoqda ma’lum xolatda ushlab turadigan asosiy boylamlar bo’lib, qorin pardasining kushqavat varaqlari ko’rinishida bachadon qovurg’alaridan chiqib, chanoqning yon devorlariga boradi. Boylamlar varaqlari orasida bachadon yoni kletchatkasi bor. Serbar boylamlarning davomi bo’lmish voronka-chanoq boylamlari nay voronkasidan chanoq devorlariga boradi. Tuxumdonlarning o’z boylamlari orqa tomonda va bachadon naylarining chiqish joyidan sal pastroqda bachadon tubidan tuxumdonlarga birikadi. Mustaxkamlovchi apparatiga dumg’aza-bachadon boylamlari, asosiy boylamlar, bachadon-qovuq va qovuq-qov boylamlari kiradi. Dumgazabachadon boylamlari bachadon tanasining buyniga o’tish soxasida orqa yuzasidan boshlanib, ikkala tomondan turri ichakni urab utadn va dumrazaning oldingi yuzasiga birikadi. Bu boylamlar bachadonni buyiniga orqaga tortib turadi. Asosiy boylamlar bachadonning pastki bo’limidan chanoqning yon devorlariga karab boradi, bachadon-qovuq boylamlari ham bachadonning pastki bo’limidan boshlanib, oldingi tomonga, qovuqka karab boradi, sungra qovuq-kov boylamlari tarzida simfizga kadar davom etadi. Bachadonning tutib turuvchi yoki tayanch apparatiga chanoq tubining uch qavat muskullari va fassiyalari kiradi. Bachadon yon bo’limlaridan tortib, chanoq devorlarigacha bo’lgan kamgakni bachadon yoni parametral kletchatka (parametriy) egallab turadi, bundan tomir va nervlar utadi parametral kletchatkadan tashqari paravezikal (qovuq yoni), paravaginal (qin yoni) va pararektal (to’g’ri ichak yoni) kletchatkasi ham chanoq kletchatkasi tarkibiga kiradi. Jinsiy a’zolarning qon, limfa tomirlari va nerv tizimi. Jinsiy a’zolar qon va limfa tomirlari tarmog’i bilan mul-kul ta’minlangan. Ichki jinsiy a’zolarni qon bilan ta’minlab turadigan asosiy manbalar bachadon va tuxumdon arteriyalaridir, bo’larning oxirgi bo’limlari bir-biri bilan anastomozlar hosil qiladi. Jinsiy a’zolarning hamma arteriyalari bir nomdagi venalar bilan birga davom etib boradi. Jinsiy a’zolarning limfa yigib oladngan limfa tomirlari chov, yonbosh, beldumgaza, aorta limfa tugunlariga va boshqa tugunlarga boradi. Jinsiy a’zolar innervatsiyasi juda murakkab. Unda simpatik va parasimpatik nerv tizimi, shuningdek orqa miya nervlari ishtirok etadi. Jinsiy a’zolar faoliyatini oliy nerv markazlari idora egib turadi. Ayollar ichki jinsiy a’zolarining arteriyalari

Kichik chanoqdagi yumshok tuqimalar. Chanoq tubidagi muskullar kichik chanoq ichidagi a’zolarning normal joylashishi va topografii xolatining normal xolatda bo’lishida katta aham iyatga ega. Chanoq tubidagi muskullar turish vaqtida chuzilib, homila turilishini osonlashtiradi. Chanoq tubi muskul va fassiyalardan tashqil topgan, eniga chuzilgan bo’ladi, muskullar bir-biriga mingashib joylashgan xolatda kichik chanoq chikish yulini berkitib turadi. Agar tashqi jinsiy a’zodan va chot oraligidan teri ham da teri osti yoglari olib tashlangan deb faraz kilsak, u xolda bez chanoq tubining pastki birinchi qavat muskullarini kuramiz. Bu muskullar turt tomonidan urtaga (markazga) karab keladi va paylari bilan o’zaro birlashadi. Bu joy paylar markazi (centrum tendineum) deb ataladi. Chanoq tubi quyidagi uch qavat muskuldan iborat. a) pastki qavat uchta muskuldan, ya’ni m. constictor cuni, m. sphincter ani externus va bir juft m. transverses perinea superfacialis dan iborat. Bu uchala muskulning joylashish tartibi kishiga “sakkiz” (8) rakamini eslatadi. Bunday joylashish chanoq tubiga katta mustaxkamlik beradi. Chanoq tubining pastki qavatida, yuqorida aytib utilgan muskullardan tashqari, juft m. ischio cavernosus ham bo’ladi. Bu muskul kuymich dumbogidan klitorning govak tanasi tomon yunalgan bo’ladi. b) chanoq tubining urta qavati uchburchak fassial-muskul plastinkadan iborat bo’lib, kov ravogiga urnatib kuyilganga uxshaydi. Bu muskul plastinkani siydik-tanosil diafragmasi (diaphragma urfgenitale) deb ataladi, Siydik-tanosil diafragmasi ikkita muskuldan, ya’ni chot oraligidagi chuqur kundalang muskul (m. transverses perinei profundus) va siydik chiqarish kanali bilan qinni kisuvchi (m.sfmcter urethro vaginalis) muskullar to’plamidan iborat. Bular bir tomondan siydik chiqarish yulini va ikkinchi tomondan qinga kirish teshigini urab oladi. v) chanoq tubining ustki (chanoqka nisbatan ichki) qavatini orqa teshikni kutaruvchi muskul (m. levator ani) yoki chanoq tusigi (diaphragma pelvis) deb atalgan muskul tashkil kiladi. Bu muskul o’zining ikki oyogi bilan qinni va siydik chiqarish yulini ikki tomondan ham da tug’ri ichakni orqa tomondan ushlab turadi. Bu chanoq tubinig asosiy muskuli hisoblanadi, uning uchta shoxi bo’lib,bo’lar pubococsigio, iliococsigio, ishiococsigio deb ataladi. Har uchala shoxi dum suyagiga yopishadi. Tug’ruqda butning ikkinchi darajadagi yirtilishida shu muskul yirtiladi, albatta buni tikish kerak bo’ladi, aks xolda ichki jinsiy a’zolar topografiyasiga putur yetadi. Jinsiy a’zolar pastga joylashib, xatto bachadon pastga tushishi mumkin. Qinning tozalik darajalari. Qin tozalik darajasini aniqlash uchun ajralma 3 ta nuqtadan olinadi: uretradan, servikal kanaldan va qinning orqa gumbazidan. I-dar. tozaligi - qin ajralmasi kislotali reaksiyaga ega (pH=4.0-4.5); mikroskop ostida faqat epiteliy va qin Doderleyn tayoqchasi ko’rinadi. II-dar. Tozaligi – reaksiya kislotali (rN = 5,0 – 5,5); qin hujayralari va Doderleyn tayoqchalar kam III-dar. Tozaligi - reaksiya past ishqoriy (pH=6.0-6.5); qin tayoqchalari kam miqdorda; comma tariabill va anaerob streptokkok dominantlik qiladi; koklar va leykotsitlar ko’p miqdorda. IV-dar. tozaligi – reaksiya past ishqoriy, qin tayoqchasi yo’q; aralash bakterial flora, anaerob kokklar, batsilla, trixomanada, leykotsitlar ko’p miqdorda. Bakterioskopik usulda qinning tozalik darajasi o’rganiladi. Ma’lumki, bunda 4 ta tozalik darajasi farqlanadi. Bakteriologik usul qin mikroflorasining bakterial tarkibini ham sifat jihatidan, ham miqdor jihatidan baholashga yordam beradi. Mikroorganizmlarning avlodi, oilasi va turini aniqlash, ya’ni ularni bir-biridan differensiatsiya va identifikatsiya qilish bakteriologik tekshirishning eng qiyin va mas’uliyatli bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu bosqichda mikroorganizimlarning morfologik, tinktorial (bo’yalish), kultural (o’sish), fermentativlik va antigenlik xususiyatlari o’rganiladi. Bakteriologik ekish mikroorganizmlar spektrini maksimal darajada aniqlashga imkon beruvchi standart oziq muhitlarda o’tkazildi. Mo’tadil (normal) hayz ko’rish davri. Xayz (oy kurish) deb, ayollarning bachadonidan muntazam ravishda kon kelishiga aytiladi. Xayz balogatga yetish jarayonining dastlabki oylarida 12-15 yoshlar orasida kuzatiladi. Kizlar 16-17 yoshda tulik balorat yoshiga yetadilar. Xayz kon ketish sikli bo’lib, ma’lum bir muddat kariyb 3-6 kun davom etadi. Xayz ayolning bola turadigan yoshida kaytarilib, fakat homiladorlikda va kupincha bola emizish davrida xayz kurmaydi. Xayz klimaks davrida (45-55 yoshda) tuxtaydi. Xar gal xayz kurganda ayol 50-150 g gacha kon yukotadi. Xayz koni ishkoriy reaksnyali, kunrir rangda, Shilliq aralash bo’lib, unda ivish jarayoni past bo’ladi
Normal xayz boshkarilish tizimi. Hayz bosqichlari. A) Markaziy: 1. Miya pustlog’i. 2. Gipotalamus. 3. Gipofiz B) Periferii: 4. Tuxumdon. 5. Bachadon. Qiz bola birinchi marta xayz kurganda uning organizmida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tana shakli bir muncha dumaloklashadi, ayollarga xos ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi, ko’krak bezlari kattalashadi, qov ustida junlar paydo bo’ladi, tashqi va ichki jinsiy a’zolar to’lik yetiladi. Hayz sikli xayz kurishning birinchi kunidan to kelgusi xayzning birinchi kunigacha hisob kilinadi. Ko’pincha xayz sikli 28 kun, kamdan-kam ayollarda 21 yoki 30-32 kun davom kiladi. Xayz sikli mobaynida ayollar organizmida turli uzgarishlar kuzatiladi. Xayz sikli fiziologik jarayon bo’lib, oxirgi xayzning birinchi kunidan to keyingi xayzning boshlanish kunigacha bo’ladi. Hozirgi tushunchalarga asosan xayz siklini 5 ta omil boshkaradi: 1) bosh miya pustloki; 2) gipotalamus; 3) gipofiz; 4) jinsiy bezlar; 5) periferik a’zolar (bachadon, bachadon naychalari, Qin). Birinchi oliy bosqichga bosh miya pustlogi va ekstragipotalamik serebral tuzilmalar (limbik tizim, gippokamp, bodomsimon tana) kiradi. Bosh miya pustlog’i - xayz siklini boshkarish va tartibga solish vazifasini bajaradi. Bosh miya orqali tashqaridagi ta’sirotlar nerv tizimining pastdagi xayz siklida ishtirok etuvchi bo’limlariga uzatiladi. Tajriba va klinik kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, asabiy xolatlarda jinsiy a’zo tizimlarida bir kator uzgarishlar bo’lib, xayz siklining xolati va tartibi izdan chiqadi. Ammo xozirgacha bosh miya pustlogida yoki uning biror qismida xayz siklini boshkaruvchi markaz aniklanmagan. Ikkinchi bosqichi- gipotalamus, oralik miyaning bo’limi bo’lib, bir kator utkazuvchi nerv tolalari (aksonlar) tufayli, bosh miyaning turli bo’limlari bilan boglik bo’ladi. Shunga kura u markaziy nerv tizimining xayz siklini boshkarishda ham ishtirok etadi. Gipotalamusda barcha periferii gormonlar uchun, shular katorida tuxumdonlar uchun ham retseptorlar bor. Demak, gipotalamus organizmga atrof muxitdan uzatiladigan impulelarning bir-biri bilan borlanishlarini ta’minlaydi. Shu bilan bir katorda u ichki sekresiya bezlarning faoliyatida ham ishtirok etadi. Gipotalamusda stimullovchi (liberinlar) va bloklovchi (statinlar) gormonlar ishlab chiqariladi. Shuningdek folliberin va lyuliberin, gipofizga ta’sir kiladigan gonadotropin-rilizing gormon (GnRG), lyuteinlovchi rilizing gormon (LGRG) ishlab chiqariladi. Gipofiz - gipotalamus bilan murakkab anatomik faoliyati jihatidan bir-biri bilan murakkab ravishda boglikdir va uchinchi bosqichni tashqil kiladi. Gipofiz oldingi bo’lagining faoliyati gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonal sekresiya ta’sirida nazorat kilinadi. Gipofizning oldingi bo’lagi adenogipofiz, orqa bo’lagi esa neyrogipofiz deb yuritiladi. Adenogipofizda asosiy 6 ta gormonlar ishlab chiqariladi:follikulning yetilishini ta’minlovchi (FSG), sarik tananing tarakkiyotini ta’minlaydigan (LG), prolaktin (PRL), somatotrop (STG), tireotrop (TTG) va adrenokortiqotrop (AKTG) gormonlar. Xayz siklini boshkarishning turtinchi bosqichiga-periferik endokrin a’zolar kiradi (tuxumdon,buyrak usti bezi va kalkonsimon bezi). Tuxumdonlar jinsiy bezlar bo’lib, ikkita asosiy vazifani bajaradi. Bo’lar: 1) follikullarning siklli ravishda tarakkiyoti.ovulyatsiyasi yetilgan tuxum hujayrasining ajralishi. 2) tuxumdon ikki xil jinsiy gormon: estrogen va progesteron ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, qisman erkaklar gormoni - androgenlar ham ishlab chiqaradi. Tuxumdonda dastlab follikul yetila boradi, bu jarayonga FSG va LG gormonlari ham da oksitotsin reflektor ta’siri kushiladi va proteolitik fermentlarning ta’sirida follikul korin bushliriga yoriladi, ya’ni ovulyatsiya vujudga keladi.
Sarik tananing shakllanishi va tarakkiy etish jarayonida donador hujayralar kupayadi va tuxumdonning mezenxima stromasi kon tomirlari bilan birgalikda rivojlanadi, natijada sarik tana vujudga keladi. Sarik tana quyidagi bosqichlarni bosib utadi: 1-bosqich: proliferatsiya, 2-bosqich: kon-tomirlar bilan ta’minlash bosqichi, 3- bosqich:gullash bosqichi, 4-bosqich: sarik tananing sunish bosqichi. Xayz siklida bachadon Shilliq pardasidagi uzgarishlar. Xayz koni tuxtab bachadon Shilliq pardasida kayta kurish (bitish), ya’ni regeneratsiya jarayoni Graaf pufakchasi. Bachadon Shilliq pardasi (endometriy) 2 qavatdan: bazal va funksional qavatlardan iborat. Xayz bachadon Shilliq pardasining deskvamatsiya bosqichi bilan boshlanadi va 3-4 kun davom etadi. Bu fazada bez yullaridagi epiteliy asta- sekin xalok bo’ladi, Shilliq qavat qisman eriydi (autoliz), qisman parchalanib va yana qisman fagotsitoz natijasida Shilliq qavatning ustki spongioz qavati kuchib tushadi. Bazal qismi yakinidagi bir qismi saqlanib qoladi. Bazal qavatlari yuzasidagi kuchgan spongioz qavat urnida kolgan yara yuzasidan kon ketadi. Deskvamatsiya bilan birga regeneratsiya boshlanadi, shu tarika sikl boshlanadi. Xayz qoni tamom bo’lganidan keyin bachadonning yupka bazal qavatidan shilliq qavat tez fursatda o’sa boradi, bunda 4-5 kunda uning qalinligi 4 martagacha oshadi. Shilliq qavatning fakat o’zi qalinlashib kolmay, balki bagrila joylashgan bezlar ham uzunlashib kattalashadi va burma shaklini oladi, ammo bez epiteliy yetarli darajada kattalashib uzun tortishiga karamasdan sekret ajratmaydi, shunga kura bez bushliklarida xali suyuklik bulmaydi. Bachadon Shilliq pardasidagi bu xildagi uzgarishlarni proliferatsiya bosqichi deyiladi. 13-15 kunlarda bu fazaning yetilgan davri bo’ladi. Shundan keyin epiteliy hujayralarida sekresiya ajralishining dastlabki belgilari kuzatiladi. Bu faza endometriyda sekret ajratish bosqichi deyiladi. 16-kundan boshlab, bez epiteliysi yadrosida bulinish jarayoni tuxtaydi. Hujayralar buyiga uzunlashadi, ancha yiriklashadi, suyuklik (sekret) bilan tulishadi. Parmaga uxshagan bezlar yana kuprok egri-bugri bo’lib koladi. 19-20 kunlarda silindrsimon epiteliy uzunlashib arrasimon shaklga kiradi, bez bushligi tomonga kuprok usadn. Shilliq qavat qalinlashgan, xuddi homiladorlikdagi desidual hujayralarga uxshab ketadi. Shilliq qavatdagi hujayralar shishib kattalashadi. Bunda Shilliq tuqimasi 3 qavatga: kompakt, spongioz va bazal qismlarga bulinadi. Sekretor fazaning oxirini xayz kurish oldi, homiladorlikning boshlanish oldi deb hisoblasa bo’ladi. Bachadondagi xayz sikli tuxumdonning funksional xolatiga boglik. Agar biror sababga kura tuxumdon olib tashlansa yoki rentgen nuri bilan tuxumdon funksiyasiga ta’sir kilingan bulsa, ayol xayz kurmaydi. Xayz siklining 1 yarmida ovulyatsiyadan oldin, proliferatsiya fazasida tuxumdonda rivojlanayotgan follikuldan ajralgan follikulin gormoni asosiy vazifani bajaradi. Bu gormon follikulning ichki qavatidan ajraladi. Ovulyatsiyadan sung sarik tana gormoni (progesteron) bachadon Shilliq pardasida sekretor suyuklik chikishiga imkon beradi va bachadon shilliq pardaso homiladorlikka tayyorlaydi. Bunda fakat sekresiya ta’sir qilib qolmasdan, balki yuzada joylashgan bezlarda glikogen ajralishiga imkon beradi. Estrogenlar. Kup olimlarning fikricha, ovulyatsiyadan keyin ham sarik tanadan ajralgan progesterondan tashqari, oz mikdorda estrogen gormonlar ham mavjud. Bachadon Shilliq qavatining burtib kalnnlashishiga sabab bo’ladi. Shuni aytish kerakki, tuxumdondan ajraladigan follikulin gormoni bachadonni kiskartiradi, progesteron esa kiskarishni tuxtatadi, natijada bachadon Shilliq qavatiga joylashgan spermatozoid bilan kushilgan tuxum hujayrasiga kulay sharoit yaratilad
Vaziyatli masala.
Qishloq uchastka kasalxonasining tug’ruq bo’limiga 32 yoshli tug’uvchi ayol dard boshlanishi bilan keltirilgan. Ikkinchi homiladorligi, muddatiga yetgan. Bekmorning umumiy ahvoli qoniqarli. Chanoq o’lchamlari normal holatda. Homila bo’ylama vaziyatda, boshi oldinda jlylashgan, yurak urishi aniq, bir daqiqada 125 marta. Qog’onoq suvlari ketmagan. Qin orqali tekshiruvda bachadon bo’yni kaltalashgan, 3-barmoqni osongina o’tkazadi, homila pufagi butun, homila boshi kichik chanoqning kirish tekisligida. Homila pufagi ortida peshona dumboqlari, peshona choki, qosh usti yoylari. Dumg’aza burni papaslanadi. DIAGNOZI, qanday asorat yuzaga kelgan? Tug’ruqni boshqarish taktikasi qanday?
A. Homila yuzining oldinda yotishi, tug’ruqni tabiy tug’ruq yullari orqali o’tkaziladi.
B. Anatomik tor chanoq, buning oqibatida tug’ruqning I davrida homila peshonasining oldinda yotishi sodir bo’lgan tug’ruq Kesar-kesish operatsiyasi bilan tugallanadi.
V. Umumiy tekis toraygan chanoq tug’ruqning I davri. Tepa oldinda yotishi, kutish pozitsiyasida turiladi, bachadon bo’yni to’liq ochilishi bilan klassik o’z vaqtida burish operatsiyasi o’tkazilad


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling