Amaliyot o‘tuvchi talabada bo‘ladigan hujjatlar:
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi.
Amaliyot o‘tish jadvali.
Amaliyotda bajarilishi lozim bo‘lgan amaliy muolajalar va harakat ko‘nikmalar ro‘yxati.
Mustaqil ishlar ro‘yxati.
Kundalik daftar.
Tavsifnoma.
Amaliyot yakuni bo‘yicha yozma hisobot.
3-shakl
Ishlab chiqarish amaliyotiga yo’llanma
Qarshi davlat universitetining
II – bosqich “___________ ” – guruhi talabasi
______________________________________________________
(F.I.Sh)
Universitet rektorining 2023- yildagi № ____ sonli buyrug’iga asosan 2023- yil ____ fevraldan boshlab Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida ishlab chiqarish (malaka) amaliyotini o’tash uchun yuborilmoqda.
Universitetdan biriktirilgan amaliyot rahbari
_____________________________________
(F.I.Sh)
___________________________________
_________________________________________________________
(Lavozimi)
Universitet rektori: ________________ D. Nabiyev
(muhr,imzo)
Sana:
Qarshi davlat universiteti talabalarining ichlab chiqarish (malaka) amaliyoti vaqtida texnika xavfsizligi, mehnat muxofazasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi haqida ogohlantirish va tegishli ko‘rsatmalar.
Elektr tarmoqlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
O‘zbilarmonlik bilan tibbiy asbob uskunalardan foydalanmaslik.
Ko‘cha yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik, sigaret, nos chekish, pista chaqish qat’iyan man etiladi.
Yuqumli kasalliklar bilan ishlashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish.
Shifoxonada maxsus forma (toza oq xalat, qalpoq, yengil shippak, niqob)da bo‘lish.
Palatalarda, yo’laklarda, muolaja va bog‘lov xonalarida tozalikka doimo rioya qilish.
Shifoxonada talab etiladigan sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish.
Bemorlarga yordam ko‘rsatishda oqilona yondoshish, xushmuomala bo‘lish.
Shifoxonadagi xar bir jihozni asrab avaylash va uning buzilishi yoki shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Yuqori va ultra yuqori chastotali toklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
Ultrabinafsha nurlaridan foydalanganda ko‘zni nur ta’siridan asrash.
Davolash profilaktika muassasasi tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish, amaliyotdan so‘roqsiz, o‘zbilarmonlik bilan ketib qolmaslik.
Shifoxonada talab etilgan rejimga rioya qilish.
Amaliyot vaqti tugagandan so‘ng yashash joylariga o‘z vaqtida borish, ko‘cha ko’yda behuda yurmaslik.
Amaliyotning kunlik vaqtiga rioya qilish: Boshlanishi ____dan, tugashi ____ da.
Shifoxonadagi ma’sul kishilarga kundalik bajarilgan ishlar va holatlar bo’yicha hisobot berib borish.
Tungi navbatchilik majburiy emas.
Amaliyot yakunini o‘z vaqtida topshirish.
Uslubiy rahbar ko‘rsatmalariga qatiy rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |