Teri fiziologiyasi. Teri ko’pgina vazifalarni bajaradi. Terining asosiy
vazifalaridan biri himoyadir. Teri a’zoizmni zararli mexanik va ximik, hamda
infektsiya ta’siridan saqlaydi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va bir yoshgacha
bo’lgan bolalarda bu hususiyat kattalarga nisbatan kam rivojlangan bo’lib, bu
terining o’ziga xos hususiyati: asosan teri muguz qavatini kam taraqqiy etganligi,
kapillyar to’rini yuzaligi, hamda terida mahalliy immunitet faolligini sustligi bilan
tushuntiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar terisini kollagen sekretidagi muhit pH
neytral (6,3-5,8) ga yaqin, hamda melanin donachalar miqdori kam bo’ladi. Erta
yoshdagi bolalarda terida so’rilish jarayoni faollashgan, ajratish jarayoni esa kam
rivojlangan bo’ladi. Shu sababli bola terisi bu yoshda oson jarohatlanishga, har hil
kasallik tarqatuvchi mikroblar va zaxarli ximik qitiqlovchi ta’sirotlarga, ortiqcha
ultrabinafsha nurlarga tez beriluvchan bo’ladi. Shuning uchun, bola terisini
nihoyatda toza saqlash lozim. O’ta zaxarli ta’sir etuvchi malhamlar surtish tavsiya
etilmaydi.
Teri 5 ta sezgi a’zolarning biri hisoblanadi. Teridadagi taktil, og’riq,
haroratni sezuvchi retseptorlar tanani tashqi muhitga moslashuvida muhim
ahamiyatga ega. Oyoq kafti, yuz terilari o’ta sezuvchan bo’ladi.
Haroratni boshqaruv markazi sust rivojlangani sababli, bola tez isishi yoki
sovishi mumkin. Haroratni boshqaruv markazlari bola 3-4 oyligidan rivojlanadi.
Teri nafas olishda ham faol ishtirok etadi. Erta yoshdagi bolalarda, ayniqsa
12
bir yoshgacha bo’lgan bolalarda gaz almashinuvida ishtirok etadi, chunki bu
yoshda teri muguz qavati yupqa va qon aylanish yuzada, terining satxi
kattalarnikiga nisbatan 6-8 marta ko’p bo’ladi. Teri fermentlar, biologik faol
moddalar, melanin, vitamin D
3
sintezida faol ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |