O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#226164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
bolalar teri teri osti yog qavati propedevtikasi.

Yog’  bezlari.  Yog’  bezlarining  boshlang’ich  kurtagi  homilaning  5-7 

haftaligidan hosil bo’lib, homilaning 7-oylarida yaxshi taraqqiy etadi va faol sekret 

ishlab  chiqarishni  boshlaydi.  Shu  davrda  yog’  bezlarining  morfologik  tuzilishi 

kattalardan farq qilmaydi. Ularning ishlab chiqargan mahsuloti chaqaloqlar terisini 

qoplagan mumsimon moylovchi modda asosini tashkil etadi. Yosh bolalarda  yog’ 

bezlarining  yuz  terisidagi  miqdori  1  sm

2

  satxda,  kattalarga  nisbatan  4-8  marta 



ko’pdir.  Bu  bezlar  bir  yoshgacha  boʻlgan  bolalarda  xajmi  katta  va  ko’p  mahsulot 

ishlab chiqaradi. 

Yangi  tug’ilgan  chaqaloqlarda  yog’  bezlari  mahsulotini  ko’p  ishlab 

chiqarilishi  va  bez  yo’llarida  turib  qolishi  sababli,  burun  uchida  va  qanotlarida, 

lunjda, yuz chakkasida oq-sarg’ish rangdagi nuqtalar (milia) kuzatiladi. Ularning 

kattaligi  ko’knori  uruqidek  bo’lib,  bir  necha  kun  yoki  1,5-2  hafta  davomida 

saqlanadi,  so’ngra  o’z-o’zidan  yo’qoladi.  Terida  yog’  bezlarining  faolligi  bir 

yoshdan keyin pasayib, balog’atga yetish davrida yana ko’payadi. Bu bez yo’llarini 

sekret  bilan  berkilib,  noqulay  sharoitda  mikroblar  ta’sirida  yallig’lanib,  o’smirlar 

yuzida husnbuzarlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling