hususiyatlariga egaligi bilan tanani himoyalovchi a’zosi hisoblanadi. Bu faoliyat
bolalarda sust rivojlangan. Bolalar terisi shox qavatini sust keratinizatsiyasi,
yupqaligi, shuningdek mahalliy immunitet sust rivojlanganligi sababli tez
shikastlanadi. Bolalar teri yuzasi kattalarnikiga nisbatan quruq, fiziologik
parakeratoz va teri bez apparatining sust rivojlanganligi sababli po’st tashlash
5
hususiyati yuqoriroq. Shuning uchun talabalar bolalar teri, teri osti yog’ qavati
embriogenezi, anatomo-fiziologik hususiyatlarini keng o’rganishlari lozim.
Ko’rsatilgan hususiyatlar bola terisini oson shikastlanishi va yallig’lanishga
moyilligiga, hamda ular bu yoshdagi bolalarda tez-tez uchraydigan teridagi
kasallik alomatlariga (eritemalar, bichilishlar, seboreyali dermatit va x.k.) sabab
bo’ladi.
Bolalar terisini
oson
matseratsiyalanish
hususiyatlari,
oson
infektsiyalanishi, namligi, qon tomirlarga boyligi teridagi simptomlarini o’ziga
xosligini (masalan bolalar yuqumli kasalliklarida toshmalar yorqin tabiatiga ega)
namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: