qizarish" (erithema neonatorum) deyiladi, odatda bu 1-2 kun davomida
saqlanadi. Chala tug’ilgan bolalarda bu fiziologik qizarishlik ko’proq intensiv
bo’lib, uzoq vaqt davom etadi. Fiziologik qizarishlik teri muguz qavatining
plastinkasimon yoki kepaksimon ko’rinishga ega bo’lgan po’st tashlashi bilan
almashinadi.
80% chaqaloqlarda hayotining 2-3 kunlarida terining, skleraning, shilliq
pardalarining sarg’ayishi kuzatiladi, bunga fiziologik sarg’ayish (icterus
neonatorum) deyiladi. Sarg’ayish darajasi biroz sarg’ayishdan (subikterichnost), to
to’q sariq ranggacha bo’lishi mumkin. Sariqlik ikki-uch kunda o’zining eng yuqori
darajasiga yetib, so’ngra asta-sekin rangsizlana boshlaydi va 7-10 kunda butunlay
yo’qoladi. Ayrim xollarda terining sariqligi 3-4 haftagacha davom etadi, ammo
axlat va siydikning rangi o’zgarmaydi. Chala tug’ilgan, gipotrofik bolalarda, kasal
ayollardan tug’ilgan bolalarda sariqlik juda yaqqol rivojlanib, 6-8 haftagacha
davom etishi mumkin. Bu holatning zaminida eritrotsitlarning gemolizi yotib, bu
o’z navbatida bilirubinemiyaga (qonda bilirubinning ko’payishiga) olib keladi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda bu belgilarni kelib chiqishi jigarning yaxshi
rivojlanmaganligi bilan tushuntiriladi. Terini o’tkinchi sarg’ayishini kelib
13
chiqishida ona suti ta’siri ham sabab bo’lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Uzoq
davom etgan sarg’ayish qo’shimcha laborator tekshiruvni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |