Pigment o’zgarishlar. Ko’pincha terida har hil kattalikdagi qoramtir dog’lar,
ba’zi yuqumli kasalliklarda, jumladan qizamiqda toshmalar o’rnida paydo bo’ladi.
Qavariqda mexanik qattiqlanish natijasida teri avval pushti rangda qavarib,
ko’tarilish paydo bo’ladi, keyin o’rnida jigarrang dog’ paydo bo’ladi. Teri rangini,
ko’pincha tanada, kamroq yuz va oyoq-qo’llarda yo’qolib, har hil kattalikda oqarib
qolishi pesda (vitiligo) kuzatiladi.
Qon tomir o’zgarishlar. Yangi tug’ilgan sog’lom bolalarda terining ustki
qavatidagi vena tomirlari ko’rinmaydi. Ammo ba’zi kasalliklarda (raxitda, zaxmda,
miya ichida suyuqlik aylanishining buzilishida, bosh miya o’smasida, haddan
tashqari ozib ketganda) vena tomirlari bo’rtib turadi. Ko’krakda va kurak oralig’ida
vena kapillyarlarining yaqqol ko’rinishi ko’pincha bronxial va mediostenal limfa
tugunlari kattalashganida kuzatiladi. Kapillyar qon tomirlarining VII bo’yin
umurtqasi
sohasida
kengayishi
bronxopulmonal
limfa
tugunlarining
kattalashganini (Franka belgisi) ko’rsatadi. Qorin devorida vena tomiri to’rining
paydo bo’lishi v.portaeda qon dimlanganda, qorin yonidagi venalarning
kengayishi, pastki kavak venada qon dimlanganda kuzatiladi. Ba’zan teri tomirlari
birlashib, teridan biroz ko’tarilib turgan, qon tomirli yulduzchalarni hosil qiladi.
Odatda bunday yulduzchalar surunkali jigar kasalliklarida uchrab, bunda qo’l-oyoq
kaftlari biroz qizargan bo’ladi. Ba’zan bolalarda har hil kattalikdagi qon tomirlar
18
o’smasi - angioma kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |