O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Qipiqsimon  tangachali  qoplama  (sguama)


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/45
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#226164
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
bolalar teri teri osti yog qavati propedevtikasi.

Qipiqsimon  tangachali  qoplama  (sguama)  -  epidermis  muguz  qavatining 

to’g’ilishidan  paydo  bo’ladi.  To’kilayotgan  qoplama  har  hil  kattalikda  bo’lishi 

mumkin:  5  mm  dan  katta  bo’lsa  yaproqsimon,  1-5  mm  oralig’ida  bo’lsa 

plastinkasimon,  juda  mayda  bo’lsa  -  qipiqsimon  teri  to’qilishi  deyiladi.  Teri 

to’qilishi qizamiq, skarlatinadan tashqari, seboreya va psoriazda kuzatiladi. 

Terini  ko’rikdan  o’tkazganda  soch  va  tirnoqlar  holatiga  ahamiyat  berish 

lozim.  Odatda  soch  yarqiroq  ko’rinishda  bo’ladi.  Sochni  baholashda  uning 

o’sishiga, ko’p (ayniqsa orqa va oyoqlarda) yoki kamligiga ahamiyat beriladi. 

Boshda sochning taroqsimon o’sishi, bolalarda ekssudativ diatezda uchraydi. 

Mayin  tukning  peshonada  ko’p  o’sishi  bolalarda  pilorospazmda,  ensa  sohasida 

sochni  to’kilishi-  raxitda,  perinatal  entsefalopatiyada,  qo’l-oyoqlarda  va  orqada 

sochni  ko’p  o’sishi  silda  kuzatiladi.  Sochni  siyrak,  qattiq,  mo’rt  bo’lib  o’sishi 

gipoteriozga  xosdir.  Qov  sohasida  sochni  bevaqt  o’sishi  ichki  sekretsiya  bezlari 

vazifasini  buzilishi  bilan  bog’liqdir.  Umurtqa  pog’onasining  bel  va  dumg’aza 

sohasida  sochni  ko’proq  o’sishi  umurtqaning  tug’ma  berkilmay  qolishida  (spina 

bifida)  kuzatiladi.  Boshda  sochning  o’choqli  to’klishi  (kallik)  zamburug’ 

kasalliklariga  xos.  Soch  va  tirnoqning  tug’ma  rivojlanmaganligi,  terini  irsiy 

distrofiya belgisi bo’lishi mumkin. 

Tirnoqlar shaklini o’zgarishi, noto’g’ri o’sishi tirnoq zamburug’ kasalligida, 

qalqonsimon  bez  kasalligida  yoki  tirnoqni  tug’ma  ektodermal  distopatiyasida 

kuzatiladi.   

Paypaslash  -  avval  yuzaki,  muloyim  o’tkazilib,  bunda  bola  hech  qanday 

og’riq  sezmasligi  zarur.  Shifokorning  qo’li  iliq,  toza,  quruq  bo’lishi  shart. 




 

23 


 

Tekshirish davomida bolaning holati, mimikasini kuzatib turish va uning diqqatini 

boshqa  tomonga  chalg’itish  kerak.  Terining  qalinligi,  elastikligi,  egiluvchanligi, 

namligi  va  haroratini  paypaslab  aniqlanadi.  Terining  elastikligini  aniqlash  uchun, 

teri  osti  yog’  qavati  sust  rivojlangan  sohadan  (ko’krak  qafasi  oldi  qismida 

qovurg’alar ustida, qo’l  kaftining ustki  qismida,  tirsak bo’g’imida)  o’ng qo’lning 

katta  va  ko’rsatkich  barmoqlari  bilan  burma  hosil  qilib  yig’iladi  va  qo’yib 

yuboriladi. Agar burma birdan tekislanib ketsa, teri elastik, agar burma sekin asta 

tekislansa,  elastikligi  pasaygan  hisoblanadi.  Kuchli  kaxeksiyaga  olib  keluvchi 

kasalliklarda,  me’da-ichak  kasalliklarida,  qisqa  vaqtda  suyuqlik  yo’qotish 

natijasida teri yupqalanadi va elastikligini yo’qotadi. 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling