Teri osti yog’ qavatini tekshirish. Bolani kuzatganda teri osti yog’
qavatining xajmiga va taqsimlanishiga ahamiyat berish zarur, ammo uni
baholashda faqat paypaslab ko’rilgandan so’ng hulosa chiqariladi. Bunda teri osti
yog’ qavatining o’g’il va qiz bolalar tanasida taqsimlanishiga (ayniqsa, balog’at
yoshida) alohida ahamiyat berish kerak. O’ng qo’lni bosh va ko’rsatkich barmog’i
bilan teri va teri osti yog’ qavatini qo’shib burma hosil qilib ushlanadi. Teri osti
yog’ qavatining qalinligini quyidagi tartibda aniqlanadi: avval yuzda - lunj
atrofida, ko’krakda - to’sh suyagining chekkasida, kuraklar orasida, yelkaning
tashqi va orqa yuzasida, qorinda - kindik atrofida va undan tashqarida, sonning
ichki yuzasidа.
3 yoshgacha bo’lgan sog’lom bolalarda teri osti yog’ qavati qalinligi quyidagicha:
−
yuzda - lunj sohasida - 2-2,5 sm,
−
qorinda - kindik sohasida - 1-2 sm,
−
tanada, o’mrov va kurak suyaklari sohasi ostida 1-2 sm,
30
−
yelkaning orqa va tashqi sohasida 1-2 sm,
−
sonning ichki sohasida - 3-4 sm.
Teri osti yog’ qavatining qalinligi 5 yoshdan katta bolalarda kaliper yordamida
to’rt teri burmasi: bitseps ustida, tritseps ustida, kurak suyagi ostida, yonbosh
suyagi ustida o’lchanib, ular yig’indisiga qarab baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |