Teri osti yog’ qavati va teri osti kletchatkasi
Yog’ to’qimasi bola tanasida, kattalarnikidek, turli faoliyatlarni bajaradi,
ya’ni mexanik himoya, ichki a’zolar, tomirlar va nerv stvollari holatini stabillash.
Shuningdek, faqat bolalar yog’ to’qimasiga xos bo’lgan teploizolyatsiya, issiqlikni
saqlash, termogenez, qisqarmaydigan teploproduktsiya faoliyatlarini bajaradi.
Teridagi issiqlik chiqarishni boshqaruvchi qon tomirlar va ter bezlari bilan tana
haroratini gomeostazlash faoliyatini bajaradi. Nihoyat, yog’ to’qimasi organizm
uchun energetik va qisman nutrient "seyf" bo’lib, zarur vaqtda darhol yo’qotilgan
energiyani qoplash va kritik holatlarda ozuqa manbai vazifasini bajaradi. Yog’
xujayralari eruvchi yog’lar va asosan - triglitseridlarni to’playdi. Ular insulin
ta’sirida, uglevod va aminokislotalardan yog’ kislotasi va triglitseridlarni
sintezlovchi fermentlar tutadi. Ammo ularning asosiy vazifasi gormonal -
boshqariluvchi gidroliz va erkin yog’ kislotalarini ozod qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |