Qavariq (urtika) - o’tkir yallig’lanish jarayoni elementi hisoblanib, teri
so’rg’ich qavatida chegaralangan shish paydo bo’lishi natijasida yuzaga keladi.
Xajmi 20 mm dan katta bo’lib, teri satxidan ko’tarilib turadi. Qavariq asoratsiz
tezda so’rilishi yoki o’rnida jigarrang dog’ pigmentatsiya qoldirishi mumkin.
Pufakcha (vesikula) - teri ustidan biroz ko’tarilgan 1-5 mm xajmda bo’lib,
ichida seroz yoki gemarragik suyuqlik tutadi. Ko’pincha septik holatlarda,
chaqaloqlar zaxmida, saramasda, oddiy va o’rab oluvchi pufakchali lishayda,
suvchechakda, issiqlikda kuzatiladi. Suvchechakda avval toshma bola boshining
sochli qismiga, tana va oyoqlariga, shilliq qavatlarga dog’li - papula holida toshadi.
Keyin qisqa vaqt ichida toshma no’xatdek pufakchaga aylanadi va 1-2 kun ichida
qurib, qobiq hosil qiladi. Qobiq 1-2 hafta davomida tushib ketadi.
Pufak (bul1a) - bu pufakchadan o’zining kattaligi bilan farqlanib, xajmi 5-
15 mm va undan katta bo’ladi. Ichida seroz, gemarragik yoki yiringli suyuqlik
tutadi. O’zidan keyin qobiq yoki ho’l eroziya qoldirishi mumkin. Pufak kuyishda,
o’tkir dermatitda kuzatiladi.
Terining ikkilamchi morfologik elementlariga quyidagilar kiradi.
Yara (ulcus) - bu terining va teri osti qismlarining chuqur shikastlanishi
bo’lib, birlamchi teri toshmalarining limfa, qon aylanishining buzilishi, trofik
o’zgarishlar natijasidagi parchalanishdan paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |