O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana07.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1694945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

 
 
 



I-BOB. “MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA 
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR” 
MAVZUSINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI 
 
1.1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani taraqqiyotining
ustivor yo‘nalishlari 
Mustaqil Respublikamizning ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz 
tarixini haqqoniy va to‘laqonli o‘rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi. Bu 
haqda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov 
mamlakatimizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida va 
boshqa mazkur soha bilan bog‘liq yig‘ilishlarda bir necha marta ta’kidlab o‘tgan
2

Tarixdan ma’lumki, O‘zbekiston hududida azaldan turli xalqlar va millatlar uchun 
yagona umumiy makon bo‘lgan. Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, 
«Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va 
elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, 
ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doim xos 
bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi»
3
.
Shuningdek, bu vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qator Qarorlarida ham o‘z aksini topgan
4
. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Milliy 
davlatchiligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan bu ulug‘ zotning xalqimiz, 
Vatanimiz oldidagi tarixiy xizmatlarini baholashning o‘zi qiyin. Mustaqillik 
yillarida buyuk ajdodimizning xotirasini tiklash borasida qanday katta ishlar 
amalga oshirilganini barchangiz albatta yaxshi bilasiz
5

Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov e’tirof etganidek: “Bizning qadimiy va 
go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri 
bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu ko‘hna 
tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv 
inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori 
atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik 
madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan 
2
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q // Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. T., O‘zbekiston, 
1999. B. 128-132; Karimov I.A. Ozod va obod, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. T., 2000. B. 
430, 448, 467, 476; Karimov I.A. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar // Vatan ravnaqi uchun har 
birimiz mas’ulmiz. 9-jild. T., 2000. B. 201-205; Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., 2008.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil 
etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqi. // «Xalq so‘zi», 2017 yil, 25 yanvar. 
4
“O‘zbekistonning Yangi tarixini tayyorlash va nashr etish to‘g‘risida”gi O‘zR Vazirlar Mahkamasining Qarori // 
Xalq so‘zi, 17 dekabr 1996 yil; “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zR Vazirlar Mahkamasining Qarori // Xalq so‘zi, 27 iyun 1998 yil.
5
. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T. “O‘zbekiston”, 2017. B. 
309. 



dalolat beradi”
6

Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoev 
tomonidan 
bugun 
uchrashuvimizda odat bo‘lib qolgan an’anaga ko‘ra, men avvalo qoraqalpoq 
xalqining betakror tabiati, qadimiy tarixi va boy madaniyati haqida, bu elga xos 
go‘zal insoniy fazilatlar haqida fikr yuritishim kerak edi
7
.
XXI asr O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy 
innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol shaxs, 
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy 
zaruratga aylandi. Bu zarurat Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan 
“ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” masalasiga 
e’tibor qaratishni talab etdi.
Ushbu fanni o‘qitish ta’lim-tarbiya birligiga asoslanib, o‘sib kelayotgan yosh 
avlodda siyosiy, g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy fazilatlarni, yuksak ong va 
madaniyatni shakllantiradi. Demak, yosh avlod, bo‘lajak mutaxassislarning, 
umuman, millatning qanday siyosiy, g‘oyaviy, axloqiy, g‘oyaviy tamoyillar asosida 
yashashi va mehnat qilishi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan 
uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog‘liq.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat 
muhitini asrash, mustaqillikning qadriga yetish, Vatan taraqqiyoti uchun daxldorlik 
tuyg‘usini anglash, har qanday xavf-xatar va tahdidlarning oldini olishda gumanitar 
va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning o‘qitilishini puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil 
etish va ularning ta’sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan 
kechirayotgan hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, bu jarayon o‘ta aniq 
maqsad va vazifalarni belgilash asosida amalga oshirilmog‘i zarur.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston tarixi fani sohasidagi eng 
so‘nggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda mavjud holatni ilmiy-
nazariy o‘rganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish hamda islohotlar 
talablariga to‘la javob beradigan darajaga keltirish tamoyillariga asoslanish zarur. 
Tizimning muvaffaqiyati fanlarning o‘qitilish sifati, fanlar o‘rtasidagi o‘zaro 
integratsiya, “uzluksiz tarbiya ob’ekti va sub’ekti” bo‘lgan talabalarning kamoloti, 
ongu tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonining samarali 
tashkil etilishiga bog‘liq.
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlarning dunyoqarashini boyitish, 
ularda Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g‘ururni 
shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, 
hozirgi zamondagi keskin intellektual-ma’naviy raqobatga javob bera oladigan, 
mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan yuksak malakali mutaxassislar etib 
6
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., 2008. B. 30. 
7
. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T. “O‘zbekiston”, 2017. B. 
206. 


10 
tarbiyalash oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar 
oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘zining qadimiy tarixi mobaynida ko‘p 
sinov va mashaqqatlardan o‘tgan, hayotning ma’nosi, insonning qadr-qimmatini 
yaxshi anglaydigan Xorazm ahli bu siyosiy jarayonda o‘zining siyosiy yetukligini, 
faol grajdanlik pozitsiyasini namoyish etadi, deb ishonaman
8

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas 
kuch” asarida, ilgari surilgan konseptual fikr-g‘oyalar, ilm-fan sohasida qo‘lga 
kiritilayotgan yutuqlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar mazmunini yanada 
takomillashtirishni talab etadi.
O‘tgan davr mobaynida oliy ta’lim tizimida o‘zbekiston tarixi fanlarining 
me’yoriy hujjatlari, o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirish va ularni o‘qitish 
samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirildi. 
Bu ishlar kelgusida yana izchil davom ettiriladi. Fanlarni o‘qitishda uzviylik 
va izchillikni ta’minlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilm-fan 
sohasidagi yangiliklarni ularda aks ettirish, bugungi va istiqboldagi vazifalarni 
yoritish, mustaqil ta’lim, o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlari 
hisobga olinadi.
O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitish borasida milliy va xorijiy tajribalarni 
o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, fanlarning namunaviy o‘quv dasturlarini 
takomillashtirish va ular asosida ma’ruza matnlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, 
elektron adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish 
ishlari amalga oshirilmoqda. 
O‘quv fani bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanni 
o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fan 
bo‘yicha bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya 
sifati va samaradorligini oshiradi. 
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy 
pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, 
professor-o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan 
qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari 
tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim 
tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. 
8
. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T. “O‘zbekiston”, 2017. B. 
249. 


11 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling