ASOSIY QISM - „Image Pro“dan „Photoshop“ga oʻtilishi Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo boʻlganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop koʻringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ koʻringanday. Qizigʻi shundaki, koʻp dastur tuzuvchilar oʻz yoʻnalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur boʻlgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni oʻz mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200 ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlar-ga qo'shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog'larni o'chirish, eski rasm-larni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo'shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o'tish, suratdagi ranglami o'zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo'lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. Tasvir o'lchami Adobe Photoshop dasturida tasvir o'lchamlarini ekranda tasvirning barcha qismini yoki tasvirdagi kichik detallami ko'rish uchun xohlagancha kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Ayni jarayon fotalar hisobida orttiriladi. Masalan, 100% — bu tasvirdagi piksellar soniga ekrandagi piksellar soni tengligini anglatadi. Ya'ni 1:1. Tasvir 200% ga kattalashtirilganda ekrandagi bir pikselga katta miqdordagi piksellar to'g'ri kelayotganligidan dalolat beradi. Tasvirning bosma shakldagi o'lchami (Размер печати) Adobe Photoshop dasturi tasvirning printerda chop qilingandagi korinishini chop qilmasdan awal ekranda ko'rish imkonini beradi. Buning uchun Menyular satrida Изображение menyusi tarkibidagi Размер изображения buyrug'ini tanlanadi. Ammo tasvirning ekrandagi ko'rinishi bilan chop etilgandagi o'lchamlari hamma vaqt ham aynan mos tushavermaydi. Tasvir kattaliklari 0,2% dan 16 000%gacha miqdor o'rtasidagi sonlar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |