O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti ijtimoiy fanlar
Download 68.16 Kb.
|
Jo\'rayev Elshod falsafa-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tabiatshunoslikning ilmiy asoslari
Tabiatshunoslik— insoniyat m a’naviy madaniyatining eng muhim va ajralmas qismidir. Uning hozirgi zamon asosiy ilmiy qoidalari, dunyoqarash va metodologik xulosalari haqida bilimga ega bo'lish, har qanday sohada umummadaniy tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashning zaruriy ehtiyoji sanaladi. Bilimning turli sohalarini tashkil etuvchi tabiatshunoslik, texnikaviy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bir-biri bilan uzviy bog'liq holdagina tabiat, jamiyat va inson to‘g‘risida yaxlit bilim berishi mumkin. Falsafa ham maxsus bilimga suyanmasdan turib xususan, tabiatshunoslikka asoslanmay bu vazifani bajara olmasligi aniq. Binobarin, falsafiy dunyoqarash o‘zida tabiat to‘g‘risidagi fan yutuqlari va uning muhim qoidalarini dam ning tabiiy-ilmiy manzarasi asosida konkretlashadi. Ilmiy bilish taraqqiyotning qonuniy va zaruriy yo‘nalishi fanlar differensiatsayasida ham, integratsiyasida ham namoyon bo‘ladi.2.Tabiatshunoslikning ilmiy asoslariTabiatshunoslikda ilmiy tadqiqot natijalari nazariyalar, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar va tamoyillar (prinsiplar) vositasida ifodalanadi. Ana shu ilmiy tadqiqot yakunlarining barcha majmuasi tabiatshunoslik konsepsiyasi deb yuritiladi.“Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” kursini o‘qitishda talabalar o‘zlarining dunyoqarashini tabiiy fanlami o‘rganish bilan mustahkamlash va kelajakda o‘z ixtisosliklarini chuqur egallashda va muhim masalalarini yechishda qo‘llashlari kerak. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi fani asosida olam evolyutsiyasi va uni tabiiy, iqtisodiy, sotsial va boshqa gumanitar fanlar ta’sirida sivilizatsion dunyoga munosabatlar va haqiqiy tabiat qonunlarini bilishga qaratilgan kursdir. Bu fanning vazifasi talabalarga, ya’ni yosh avlodga yangi malumotlar berish, ma’naviy va moddiy imtiyozlar yaratishga, jamiyatni rivojlantirishga, yagona umuminsoniy madaniyat yaratishga xizmat qilishdir.Shu o‘rinda “konsepsiya” atamasining mazmuni bilan tanishib o ‘tish o‘rinlidir. Ma’lumki, ilmiy tadqiqotlaming natijalari bular nazariyalar, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashmalar hisoblanadi. Bu tushunchalaming barchasini “konsepsiya” so‘zi ostida birlashtirish mumkin. Tabiatshunoslik deganda olamni, uni qanday bo‘lsa, shunday o‘rganish, uning tabiiy holatini insonga bog‘lamagan holda tadqiq etadigan bilim sohasi nazarda tutiladi. Hozirgi zamon tabiatshunosligiga XX asrda yuzaga kelgan konsepsiyalar tegishlidir. Fan tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ilmiy kashfiyotlar bizning ko‘z oldimizda yangilanib, takomillashib, shu bilan birga mukammallashib bormoqda.Download 68.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling