O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/166
Sana10.12.2021
Hajmi2 Mb.
#179781
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   166
Bog'liq
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2017 yil 6 aprel, 
185-son 


159 
 
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son 
qaroriga
 
1-ILOVA 
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1.  Ushbu  Nizom  «Dori  vositalari  va  farmatsevtika  faoliyati  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonuniga
  muvofiq  dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  ishlab  chiqaruvchilar  va 
ulgurji  realizatsiya  qiluvchi  tashkilotlar  tomonidan  tibbiyot  amaliyotida  qo‘llanilishiga  ruxsat 
etilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibini belgilaydi. 
2.  Ushbu  Nizom  talablari  tashkiliy-huquqiy  va  mulkchilik  shaklidan  qat’i  nazar,  dori 
vositalari  va  tibbiy  buyumlar  ishlab  chiqaruvchilar  (keyingi  o‘rinlarda  ishlab  chiqaruvchilar  deb 
ataladi), shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar 
(keyingi o‘rinlarda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar deb ataladi) uchun majburiydir. 
3. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini 
amalga  oshirish  uchun  tegishli  litsenziyaga  ega  bo‘lgan  ishlab  chiqaruvchilar  hamda  ulgurji 
realizatsiya  qiluvchi  tashkilotlar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi 
tasdiqlagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish qoidalari bo‘yicha amalga 
oshiriladi. 
4. Ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlari ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy buyumlarni 
ulgurji  realizatsiya  qilish  huquqiga  ega,  dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  ulgurji  realizatsiya 
qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno. 
5.  Dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  ulgurji  realizatsiya  qiluvchi  tashkilotlar  dori 
vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  ishlab  chiqaruvchilardan,  dori 
vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  ulgurji  realizatsiya  qiluvchi  boshqa  tashkilotlardan,  shuningdek 
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya 
qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega. 
CHetdan  olib  kelinadigan,  shuningdek,  mamlakatimiz  ishlab  chiqaruvchilaridan  sotib 
olinadigan  dori-darmon  vositalari  va  tibbiyot  buyumlarini  ulgurji  sotish,  ularni  etkazib  berishda 
ishtirok  etuvchi  vositachilar  sonidan  qat’i  nazar,  ulgurji  savdo  uchun  sotib  olingan  qiymatidan  15 
foizdan  ortiq  bo‘lmagan  miqdorlarda  belgilanadigan  cheklangan  savdo  ustamalari  qo‘llanilgan 
holda amalga oshiriladi. 
6.  Ulgurji  realizatsiya  qiluvchi  tashkilotlar  dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni 
farmatsevtika  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  litsenziyaga  ega  bo‘lgan  tashkilotlarga,  tibbiyot 
tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida 
o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega.  
7. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarini 
va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling