O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni omborxonada qabul qilish va berish


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/166
Sana10.12.2021
Hajmi2 Mb.
#179781
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166
Bog'liq
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs

5-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni omborxonada qabul qilish va berish 
26. Omborxonada dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish omborxonaning qabul 
qilish  bo‘limi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  YUklash-tushirish  ishlarini  olib  borishda  dori 
vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  yog‘in-sochinlardan,  quyosh  nurlarining  bevosita  ta’sirlaridan, 
yuqori yoki past haroratdan himoya qilish ta’minlanishi kerak.  
27.  Dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  qabul  qilish  va  saqlash  joylari  bir-biridan 
ajratilgan bo‘lishi kerak.  
28. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori 
vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni,  O‘zbekiston  Respublikasida  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  dori 
vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar 
ularning  inson  sog‘lig‘iga  zararli  ta’sirini  tasdiqlovchi  faktlar  aniqlangan  taqdirda,  belgilangan 
tartibda  muomaladan  chiqarilishi  va  dalolatnoma  tuzilib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  tartibda  yo‘q  qilib  tashlanishi  kerak.  Bunda  ular 
identifikatsiya  yoki  belgilangan  tartibda  yo‘q  qilingunga  qadar  boshqa  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlardan alohida maxsus izolyasiya qilingan joyda dalolatnoma asosida saqlanishi kerak. 
29. Omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ular bo‘yicha belgilangan 
tartibda qaror qabul qilingunga qadar identifikatsiya qilinib, alohida joyda saqlanishi kerak. 
30.  Texnik  jihatdan  tartibga  solishi  sohasidagi  normativ  hujjatlar  va  boshqa  hujjatlar 
talablariga muvofiq bo‘lmagan holatlarda tahlillar natijalariga ko‘ra omborxonaga qaytarilgan dori 
vositalari va tibbiy buyumlar asosiy saqlash xonasiga o‘tkazilishi mumkin. 


162 
 
31.  Texnik  jihatdan  tartibga  solishi  sohasidagi  normativ  hujjatlar  va  boshqa  hujjatlar 
talablariga muvofiq bo‘lmagan holatlarda tahlillar natijalariga ko‘ra omborxonaga qaytarilgan dori 
vositalari  va  tibbiy  buyumlar  dalolatnoma  asosida  rasmiylashtiriladi  va  belgilangan  tartibda  yo‘q 
qilinadi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling