O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
-bob. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori bevosita «yagona darcha» markaziga o‘zi kelib yoki YAgona portal orqali elektron tarzda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha litsenziya berish to‘g‘risida ariza (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi); litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida YAgona portal orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi. 10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tegishli hududiy komissiyalarning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi. Ishchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda elektron axborot almashinuv sxemasiga muvofiq mustaqil oladi. 12. Bevosita murojaat etilgan holatlarda «yagona darcha» markazi xodimi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat xizmati pasportiga muvofiq ariza to‘liq to‘ldirilganligini tekshiradi. Ariza ro‘yxatga olingandan so‘ng «yagona darcha» markazi xodimi litsenziya talabgoriga qayd etish raqamini ko‘rsatgan holda ariza qabul qilinganligi haqida yozma ma’lumot beradi yoki ariza nusxasiga tegishli belgini qayd etadi. 13. «YAgona darcha» markazi xodimi o‘zi kelganida ariza qabul qilingan kunda, arizada qayd etilgan ma’lumotlarni maxsus shaklga tushirib, YAgona portal orqali tegishli litsenziyalovchi hamda ishchi organga yuboradi. 14. Litsenziya talabgori o‘zi yashamaydigan joydan boshqa joydagi «yagona darcha» markaziga o‘zi kelib murojaat qilgan hollarda ariza «yagona darcha» markazi tomonidan tegishlicha ishchi organga YAgona portal orqali yuboriladi. Litsenziya talabgori arizani «yagona darcha» markaziga elektron saqlovchida taqdim etgan taqdirda «yagona darcha» markazi xodimi «yagona darcha» markazining o‘ziga o‘zi xizmat qilish uchun ajratilgan xonasida ariza YAgona portal orqali jo‘natilishida yordam beradi. 15. YAgona portal orqali jo‘natilgan ariza noyob ro‘yxatga olish raqami berilgan holda avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling