O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


-bob. Dorixonaning filialini ochish tartibi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/166
Sana10.12.2021
Hajmi2 Mb.
#179781
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   166
Bog'liq
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs

5-bob. Dorixonaning filialini ochish tartibi 
32.  Litsenziat  tomonidan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  chakana  realizatsiya  qilish 
bilan  shug‘ullanish  uchun  berilgan  litsenziya  doirasida  dorixona  filiali  ochilgan  taqdirda  litsenziat 
litsenziyalovchi  organga  mazkur  Nizomning 
9-bandida 
belgilangan  tartibda  tegishli  ariza  bilan 
murojaat qiladi. 
33.  Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  chakana  realizatsiya  qilish  bilan  shug‘ullanish 
uchun  berilgan  litsenziya  doirasida  dorixona  filiali  ochilgan  taqdirda  dorixona  maydoni,  filiali 
mavjud  bo‘lgan  dorixonalarga  qo‘yiladigan  sanitariya-epidemiologik  me’yorlarga  mos  bo‘lishi 
kerak. 
34. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziatdan eng kam oylik ish haqining ikki baravari 
miqdorida yig‘im undiriladi. 
Ariza  ko‘rib  chiqilganligi  uchun  yig‘im  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarini  chakana 
realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi ochiladigan filiallar soni barobaridagi miqdorda undiriladi. 
Litsenziatning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi YAgona portal orqali taqdim etilganda 
yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. 
«YAgona  darcha»  markaziga  o‘zi  kelib  murojaat  qilingan  taqdirda  litsenziya  berish 
to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib  chiqish  uchun  belgilangan  yig‘imning  10  foizi  belgilangan  tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. 
35.  Arizani  ko‘rib  chiqish  mazkur  Nizomning 
4-bobida 
belgilangan  tartibda  amalga 
oshiriladi. 
36. Dorixona filiali uchun litsenziya quyidagi qo‘shimcha talablarni nazarda tutgan holda, 
mazkur Nizomning 
27-bandiga 
muvofiq rasmiylashtiriladi: 
«tire»  belgisi  orqali  litsenziatga  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  chakana  realizatsiya 
qilish bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya ro‘yxat raqami hamda ochilayotgan filial tartib 
raqamini ko‘rsatish; 
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish amalga oshiriladigan filial 
manzilini ko‘rsatish. 
37. Dorixona filiali uchun litsenziya berishda davlat boji undirish talab etilmaydi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling