O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/166
Sana10.12.2021
Hajmi2 Mb.
#179781
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   166
Bog'liq
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs

8-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish 
48.  Litsenziyaning  amal  qilishini  to‘xtatib  turish,  to‘xtatish  va  bekor  qilish  «Faoliyatning 
ayrim  turlarini  litsenziyalash  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining 
22

23
  va 
24-
moddalarida 
nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. 
Amal  qilishi  to‘xtatib  turilgan,  to‘xtatilgan  va  bekor  qilingan  litsenziyalar  haqidagi 
ma’lumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli axborot resurslariga kiritiladi. 
49.  Litsenziyaning  amal  qilishi  belgilangan  tartibda  to‘xtatilishiga  olib  keladigan, 
litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
muntazam  ravishda  (bir  yil  davomida  ikki  va  undan  ortiq  marta)  litsenziya  talablari  va 
shartlari, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlariga narx belgilash tartibi buzilishi; 
dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  muvofiqlik  sertifikatlarisiz  saqlash  va  (yoki) 
realizatsiya qilish; 
O‘zbekiston  Respublikasida  ro‘yxatdan  o‘tkazilmagan,  sifatsiz,  qalbakilashtirilgan  dori 
vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasida  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan 
dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish; 
dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  farmatsevtik  ma’lumotga  ega  bo‘lmagan  shaxs 
tomonidan realizatsiya qilinishi; 
dorixonaga  oliy  farmatsevtik  ma’lumotga  ega  bo‘lmagan  shaxs,  dorixona  filialiga 
farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxsning mudirlik qilishi; 
dorixona filiali tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat litsenziyasiz amalga oshirilishi. 
50.  Litsenziyalovchi  organning  litsenziyaning  amal  qilishini  to‘xtatib  turish,  to‘xtatish  va 
bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ 
qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat 
oldida uning ko‘rgan zarari miqdorida javob beradi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling