O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


-bob. Manzillar va xodimlar reestri


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/166
Sana10.12.2021
Hajmi2 Mb.
#179781
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   166
Bog'liq
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs

10-bob. Manzillar va xodimlar reestri 
55.  Litsenziyalovchi  organ  qonun  hujjatlari  talablari  buzilganligi,  shu  jumladan  dori 
vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  narxini  belgilash  tartibi  qo‘pol  ravishda  buzilganligi  oqibatida 
litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reestri va xodimlari 
reestrini shakllantiradi. 
56.  Litsenziyalovchi  organ  qonun  hujjatlari  buzilganligi,  shu  jumladan  dori  vositalari  va 
tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyasining 
amal qilishi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi sudning qarorini olgan kundan e’tiboran bir kun muddatda 
qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tuzilgan tekshiruv dalolatnomasi asosida manzillar reestri 
va xodimlar reestriga dorixona va dorixona filiallari manzillari va xodimlari haqidagi ma’lumotlarni 
kiritadi. 
57.  Manzillar  reestri  va  xodimlar  reestri  litsenziyalar  reestrining  bir  qismi  hisoblanadi  va 
quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: 
a) tashkilotning to‘liq nomi va uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; 
b)  qonun  hujjatlari  talablari  buzilganligi,  shu  jumladan  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarning  narxini  belgilash  tartibi  qo‘pol  ravishda  buzilganligi  aniqlangan  dorixona,  dorixona 
filialining to‘liq manzili; 
v) qonun hujjatlari talablarini buzgan, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning 
narxini belgilash tartibini qo‘pol buzgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
g)  qonun  hujjatlari  talablari  buzilganligi,  shu  jumladan  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarning  narxini  belgilash  tartibi  qo‘pol  ravishda  buzilganligi  oqibatida  litsenziyaning  amal 
qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sudning nomi, qaror qabul qilingan sana va ro‘yxat 
raqami. 
58. Litsenziyalovchi organ mazkur Nizomning 
55-bandida 
ko‘zda tutilgan manzillar reestri 
va  xodimlar  reestriga  kiritilgan  ma’lumotlarni  ular  kiritilgan  vaqtdan  e’tiboran  uch  yil  o‘tganidan 
so‘ng reestrdan chiqarib tashlaydi. 
59. Manzillar reestri va xodimlar reestridagi ma’lumotlar tanishish uchun ochiq bo‘ladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling