178
pasportga oid ma’lumotlar (seriyasi, ro‘yxat raqami, berilgan vaqti, pasportni bergan
organning nomi);
dorixona mudiri uchun — oliy farmatsevtik ma’lumot haqidagi diplomi ma’lumotlari
(seriyasi, ro‘yxat raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan), farmatsevti assistenti
(yordamchisi)ning o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi diplomi ma’lumotlari;
mutaxassislik nomi;
v) litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan manzil (manzillar), ish telefoni,
faks;
g) litsenziya berilgan sana va tartib raqami;
d) litsenziyaning amal qilish muddati;
e) litsenziyalanadigan faoliyat turi;
j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, uning amal qilish
muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
z) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishning asoslari va sanasi;
i) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
53. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reestrini yuritish vakolatini ishchi organga berish
huquqiga ega.
54. Litsenziyalarning reestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning
veb-saytida «Litsenziya» axborot tizimi kompleksida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: