O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs
7-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
45. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. 46. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida maxsus vakolatli organ — Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qarori bo‘yicha litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishining tekshirishlarini o‘tkazish; litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazishda tegishli ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish; 177 litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish; tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishni yuklovchi qarorlar chiqarish va litsenziat aniqlangan bunday buzilishlarni bartaraf etishi shart bo‘lgan muddatlarni belgilash; litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallar, shu jumladan tekshirish uchun xarid qilish va nazorat ostida olish bo‘yicha materiallar asosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining tekshiruv hujjatlari asosida dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi uchun dorixona, dorixona filialiga berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror chiqarish; 47. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling