O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


 yildagi psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiya


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/166
Sana10.12.2021
Hajmi2 Mb.
#179781
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166
Bog'liq
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs

1971 yildagi psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiya 
   
Xalqaro hamjamiyatning mazkur moddalarning zararli ta’siridan tashvishlanishi 
oqibatida 1971 yildagi Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi. 1976 yil 
16 avgustda kuchga kirgan 1971 yildagi Konvensiyaga muvofiq ushbu moddalar xalqaro 
huquqiy nazorat ostiga olindi. 
    
 
Birlashgan Millatlar tashkilotining Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning 
noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risida 1988 yildagi Konvensiyasi 
 


61 
 
  Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarishga nisbatan esa, 1988 yildagi 
konvensiya noqonuniy o‘stiriladigan, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni 
yo‘q qilishga doir qoidalarni o‘z ichiga oladi.  
 
 
2.2  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika 
sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Narkotiklar nazorati qo‘mitasining Nizomi 
 
 
  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy 
texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Narkotiklar nazorati qo‘mitasi Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining 1961 yil Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi YAgona 
Konvensiyaning 18-moddasi, Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi 1971 yil Konvensiyasining 
16-moddasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988 yil Giyohvandlik vositalari va 
psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risidagi 
Konvensiyaning 12-moddasi asosida faoliyatini yuritadigan milliy vakolatli idorasidir. 
   
O‘zbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari, 
psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib kirish) uchun sertifikatlarni berish; 
   
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar 
va prekursorlar tranziti uchun taqdim etilgan arizalarni o‘rganib, belgilangan tartibda 
ruxsatnoma berish; 
   
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yopiq turdagi bojxona 
omboriga joylashtirish, arizalarni belgilangan tartibda o‘rganib, ruxsatnoma berish; 
   
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961, 1971, 1988 yillar Konvensiyalari 
tavsiyalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatlarini 
tuzish ustida ish olib borish; 
   
Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan hamkorlikda litsenziyaga ega 
bo‘lgan yuridik shaxslarni litsenziya shartlari va talablarini bajarishlarini tekshirish; 
   
Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga O‘zbekiston Respublikasida 
Davlat nazoratiga olingan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning 
muomalasi bo‘yicha maslaxatlar berish.  
 
2.3 Giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling