O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
- Mavzu : ULGURJI SAVDO FAOLIYATINI
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
6- Mavzu
: ULGURJI SAVDO FAOLIYATINI TASHKILLASHTIRISHDA MEYORIY QONUNIY BAZA. Reja: 1.YAxshi distribyutorlik amalieti xakida tushuncha 2.Uzbekiston davlat standarti GDPning bulimlari xakida malumot Tayanch iboralar:yaxshi distribyutorlik amalieti,davlat standarti Good distribution practices (GDP) YAxshi distribyutorlik amaliyoti yani O‘zbekiston davlat standarti 2013-yil 1- martda tasdiqlandi amal qilish muddati esa 1- mart 2018-yilgacha.Ushbu standart qo‘llash muomalasi bo‘yicha tegishli disrtibyutorlik amaliyoti tarmog;ida foydalanish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar sifat standartlarini yagona tartibini belgilaydi.Ushbu standart distribyutorlik amaliyoti tarmog‘ida foydalanish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan.Ushbu standart 17 ta bo‘limdan tashkil topgan: 1.Qo‘llanish doirasi 2.Atamalar va tariflar 3.tamoyillar 4.Xodimlar 5.Xujjatlarni yuritish 6.Uslublar 7.Bayonnomalar 8.Jihozlar va binolar 9.Qabul qilish 10.Saqlash 11.Buyurtmachilarga jo‘natish 12.Kamchiligi bo‘lmagan dori vositalarni va tibbiy buyumlarni qaytarilishi 13.Favqulotdagi holatlarda harakat rejasi va dori vositalari va tibbiy buyumlarni qaytarib olish. 14. Qalbakilashtirilgan dori vositalari 15.Ichki tekshiruv 16.Sotuv uchun mo‘ljallanmagan deb turkumlangan dori dori voitalari va tibbiy 46 buyumlarga nisbatan ehtiyot choralari 17.Ulgurji savdo tashkilotlar bilan aloqa qilishda davlatlarga qo‘shimcha ma’lumot Dori vositalari:Kelib chiqishi tabiiy va suniiy bo‘lgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan ,kasalikni oldini olish ,tashhis qo‘yish va davolash uchun qo‘llashga ruhsat etilgan dori vositalar. Kontaminatsiya(ifloslanish) :boshlang‘ich yoki oraliq material yoki tayyor mahsulotga uni ishlab chiqarish na’muna olish,qadoqlash yoki qayta qodoqlash saqlash yoki tashish jarayonida kimyoviy hamda mirobga mansub aralashmalarni nomaqbul kiritish. Seriya:Boshlang‘ich mahsulotning muayyan miqdori YAroqlilik muddati:Dori vositasi butunlay Davlat sifat standartiga muvofiq barcha talablarga javob beradigan davr. Ulgurji savdo tashkiloti(destribyuter):Dori vositalarni va tibbiy buyumlarni ulgurji yo‘l bilan sotib olish va sotishni amalga oshiruvchi tashkilot. Akkreditatsiya:Muayyan sohadagi baholashga javob beruvchi jismoniy yoki yuridik shahsning omilkorligini akkreditatsiya organlari tomonidan rasmiy etirof etilishi . Tamoyillar.Dori vositalar va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish hamda ulgurji savdo tashkilotlarining ish faoliyati yuqori sifatli taminot darajasi bilan belgilanadi.Distribyutorlik amaliyotining asosiy prinsiplari quyidagilar: -ishlab chiqaruvchi ulgurji savdo tashkilot dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanish uchun farmasevtik litsenziyaga ega bo‘lgan subektlarga hamda tibbiy faoliyat uchun litsenziyasi bo‘lgan sog‘liqni saqlash tashkilotlariga sotadi. Personal:Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlanishiga aolqador ulgurji savdo tashkilotlarining asosiy hodimlari o‘z lavozimlariga muvofiq holda kerakli tajriba va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. Xodimlarga o‘z kasb majburyatlarning bajarilish qoidalari o‘rganilgan bo‘lishi kerak,o‘qish o‘tganligi to‘g‘risida yozuvlar olib borilishi kerak. Xujjatlarni yuritish.Dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarakatini aniqlavchi barcha hujjatlar tegishli mutasadi tashkilotlar so‘rovi bo‘yicha taqdim etishga tayyor bo‘lishi kerak. Dori vositalari va buyumlarni qabul qilish va jo‘natilishini aks ettiruvchi hujjatlar mahsulot haqida quyidagi ahborotlarni o‘z ichiga olish kerak: Mahsulotni nomi,qabul qilgan yoki etkazib berilgan miqdori,seriyasi ,partiyasi,sertifikati,tayyorlangan sanasi,yaroqlilik muddati,saqlash sharoiti,tibbiy buyum mahsulotlari uchun kafolatlangan majburyatlari va h.k. Uslublar.YOzma uslublari dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoki distribyuterlik faoliyatining sifatiga ta’sir qiluvchi harakatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Bayonnomalar.har bir ish jarayoni paytida shunday to‘ldirilishi kerakki unhda barcha muhum harakat va hodisalarni kuzatish mumkin bo‘lsin. 47 Jihoz va binolar.Jihoz va binolar yaroqlik holda va etarli miqdorda bo‘lishi kerak. Qabul qilish.Dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish zonasi ularni tushurish jarayonida noqulay ob havo sharoitidan saqlanish maqsadida talablarga javob berishi kerak. Saqlash.Yrug‘lik namlik yoki harorat ta’sirida tarkibiy buzulishlarning oldini olish maqsadida dori vositalari va tibbiy buyumlar moshqa mahsulotlarda hamda ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan sharoitda GOST 3399- 79,GOST,ISO 40741093 standartlar talablariga muvofiq saqlanishi kerak. Buyurtmachilarga jo‘natish.Mahsulotni etkazib berish Oz Res hududidagi aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni olib kirishga ruhsatnomasi bo‘lgan shahs yoki litsenziyalangan distribyuterlar tomonidan amalga oshiriladi Kamchligi bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarning qaytarilishi. Ulgurji savdo tashkiloti tomonidan nazoratdan chiqqan,avvalroq jo‘natilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ulgurji savdo tashkiloti omboriga quyidagi holatlarda qaytarilishi mumkin: -Mahsulot orginal o‘ramda ekanligi va unda buzulganlik izlari yo‘q bo‘lsa -mahsulotlar bilan harakatlar o‘rnatilgan tartibda amalga oshgan bo‘lsa -qolgan yaroqlilik muddati qoniqtirilsa Favqulotdagi holarlarda harakar rejasi va dori vositalari va tibbiy buyumlarni qaytarib olish.Dori vositalari va tibbiy buyumlarni qaytarib olish yuzasidan ulgurji savdo tashkilotlariga yuborilgan qayd etish guvohnomasi egasi zarur bo‘lsa tegishli mutasaddi organlari tomonidan maqullangan murojatnoma chakana savdoda dori vositasi va tibbiy buyumlarni qaytarib olish zarurligi to‘g‘risida malumotga ega bo‘lishi kekak. Qalbakilashtirilgan dori vositalari. Distribyutsiya tarmog‘ida aniqlangan qalbaki mahsulot boshqa dori vositalari alohida salanishi kerak. Qalbaki mahsulot (sotish uchun emas) deb aniq belgilangan yozuv bo‘lishi kerak.Barcha qalbakilashtirilgan mahsulotlar bo‘yicha aniqlangan dalillar o‘z vaqtida hujjatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Ichki tekshiruv.Ushbu standart talablarini sifatli tadbiq etish maqsadida ichki tekshiruvlar o‘tkazilishi va hujjatlashtirilishi kerak. Sotuv uchun mo‘ljallanmagan deb turkumlangan dori vositalari va tibbiy buyumlarga nisbatan ehtiyot choralari. Ulgurji savdo tashkilotining sifat buycha vakili,zarur holatda esa qaid etish guvohnoma egasi vakili,zarur xolatda esa kayd etish guvoxnoma egasi vakili karor kabul kilish jaraeniga jalb etilishi kerak Ulgurji savdo tashkilotlari bilan aloka kilishda davlatlarga kushimcha malumot Davlatning mutassada ulgurji organlarni savdo tashkilotini ushbu xududda dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarkatish bilan boglik bulgan unga kuyilayotgan majburiyatlardan xabardor etadi Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling