61
Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarishga nisbatan esa, 1988 yildagi
konvensiya noqonuniy o‘stiriladigan, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni
yo‘q qilishga doir qoidalarni o‘z ichiga oladi.
2.2 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika
sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Narkotiklar nazorati qo‘mitasining Nizomi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy
texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Narkotiklar nazorati qo‘mitasi Birlashgan
Millatlar Tashkilotining 1961 yil Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi YAgona
Konvensiyaning 18-moddasi, Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi 1971 yil Konvensiyasining
16-moddasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988 yil Giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risidagi
Konvensiyaning 12-moddasi asosida faoliyatini yuritadigan milliy vakolatli idorasidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib kirish) uchun sertifikatlarni berish;
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar
va prekursorlar tranziti uchun taqdim etilgan arizalarni o‘rganib, belgilangan tartibda
ruxsatnoma berish;
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yopiq turdagi bojxona
omboriga joylashtirish, arizalarni belgilangan tartibda o‘rganib, ruxsatnoma berish;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961, 1971, 1988 yillar Konvensiyalari
tavsiyalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatlarini
tuzish ustida ish olib borish;
Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan hamkorlikda litsenziyaga ega
bo‘lgan yuridik shaxslarni litsenziya shartlari va talablarini bajarishlarini tekshirish;
Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga O‘zbekiston Respublikasida
Davlat nazoratiga olingan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning
muomalasi bo‘yicha maslaxatlar berish.
2.3 Giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi
Do'stlaringiz bilan baham: