O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmasevtika Instituti Kafedra
Dorixona sharoitida dozalarga ho'lishning 3 xil usuli ishlatiladi
Download 31.77 Kb.
|
Farm tex 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarozilar turi.
Dorixona sharoitida dozalarga ho'lishning 3 xil usuli ishlatiladi.
1. Tortib olish. 2. Hajm bo'yicha o'lchash. 3. Tomchi bo'yicha o'lchash. Eng ko‘p ishlatiladigani tortib olish usuli hisoblanib, u juda keng qo’llaniladi Tortish usuli qadimdan ishlatib kelinadigan usul bo'lib, bunda asosan o'lchov asboblaridan foydalaniladi. Ularning tuzilishi va shakli turlichadir. Rossiyada savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi natijasida har xil tarozilardan foydalanilgan 1738-yilda Peterburg fanlar akademiyasining a'zosi L. Eyler tarozilar nazariyasini ishlab chiqdi. 1818-yilda o‘nli, 1831-yilda yuzli, XIX asrlar ikkinchi yarmida shkalalj, platformali tarozilar, avtomat, yarim avtomat, kvadrat va prujinali tarozilar ishlab chiqarila boshlandi. Tarozilar turi. Dorixonalarda 0,02 dan 100 grammgacha og'irlikdagi sochiluvchan dorivor moddalar va yordamchi moddalarni tortishga mo’ljallangan VR-I dan VR-100 gacha bo'lgan qo‘1 tarozilari ishlatiladi. Qo‘l tarozilarining pallasi plastmassa, chinni yoki mctalldan yasalgan bo‘ladi. Ular tuzilishi bo‘yicha teng yelkali richag qoidasiga asoslangan bo’maganligi uchun ularning tayanch nuqtasi o'rtada bo'lishi kerak. Tarozining ko'rsatkichi (stretkasi) richag o'rtasida tik joylashgan bo'lib, o'tkir uchi yuqoriga qaragan bo'ladi. Tarozi pallalari shayinning uchlariga 3-5 sm uzuntikdagi ipak ip yordamida osiladi Qo‘1 tarozilarini ishlatish vaqtida tarozi xalqasini chap qo'lning bosh va ko'rsatkich barmoqlari yordamida ushlab, keyingi ikki barmoq orasida ko'rsatkichning chap yoki o'ngga og'ishini sezish mumkin. Bu esa tortish jarayonini tez va to'g'ri bajarishga undaydi. Tarozining chap pallasiga tosh, o'ng pallasiga tortiladigan yuk qo'yiladi. Tortish vaqtida oldin katta toshlar qo'yib boriladi. Tarozilarni ishlatib bo'lgandan kcyin, ular uzoq xizmat qilishi uchun pallalarning birini ikkinchisini ustiga ustma-ust joylab qo'yiladi. Sochiluvchan kukunlar odatda to'g'ridan-to'g'ri pallada tortilib, o'yuvchi kuchli oksidlovchi moddalar, ishqorlar, yod, kaliy permanganat - pallaga pergament qog'oz, quyuq ekstraktlar esa filtr qog'oz qo‘yib o'lchanadi. Kukun dori tortish vaqtida tarozining iplariga bo'yovchi modda tegib ifloslanmasligi va chang hosmasligiga harakat qilish kerak va to'q rangli bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Download 31.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling